Mustafo Cho`qay



Download 0,91 Mb.
bet9/23
Sana01.07.2022
Hajmi0,91 Mb.
#726902
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Mustafo Cho`qay

keladi va siyosiy-inqilobiy faoliyatini davom ettiradi. Bu paytda u musulmonlar o‘lka sovetining («Sho‘roi islomiya») raisi edi. Qo‘qonda biroz bo‘lgach, vaziyatni o‘rganish, xalq kayfiyatini bilish uchun Marg‘ilonga boradi. Turkiston o‘lkasining Andijon, Toshkent, Samarqand, Chimkent, Avliyo-ota kabi shaharlari bilak yaqindan aloqada bo‘ladi. 1917 yilning 31 oktyabrida bir guruh bolshyoviklar Toshkentda hokimiyatni qo‘lga kiritishadi va Turkistonda sovet hokimiyatini e’lon qilishadi. O‘lkada siyosiy vaziyat favqulodda tus oladi. Bunday sharoitda O‘lka musulmonlar Soveti ham o‘z faoliyatini kuchaytiradi.

1917 yilning 9 dekabrida ertalab soat 10 da Qo‘qon shahrida o‘lka musulmonlarining favqulodda qurultoyi ochiladi va Turkiston muxtoriyati e’lon qilinadi. Qurultoyda muxtoriyatni idora qiluvchi Xalq Kengashi saylanadi. Kengash o‘z navbatida Muxtoriyat hukumatini saylaydi, Uning birinchi raisi taniqli jamoat arbobi, Alash O‘rda partiyasining rahbarlaridan biri Tinishboyev bo‘lgan edi. Ammo u bori-yo‘g‘i bir hafta raislik qildi. Hozircha bizga noma’lum sabablarga ko‘ra u iste’foga chiqadi, o‘rniga Mustafo Cho‘qay tayinlanadi.

Biroq uning hukumati ham uzoq yashayolmaydi — oradan uch oy o‘tar-o‘tmas bolsheviklar tomonidan tor-mor etiladi. Shu yerda andak to‘xtab, boshqa bir masalaga e’tiboringizni jalb qilamiz.

Biroq uning hukumati ham uzoq yashayolmaydi — oradan uch oy o‘tar-o‘tmas bolsheviklar tomonidan tor-mor etiladi. Shu yerda andak to‘xtab, boshqa bir masalaga e’tiboringizni jalb qilamiz.

So‘nggi 75 yil davomida Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, bu yerdagi bosqinchilik harakati, fuqarolar urushi, Qo‘qon muxtoriyati haqida yuzlab asarlar bitildi. Shunisi qiziqki, ularning hammasida muxtoriyatni tor-mor keltirgan bolsheviklar va qizil askarlar Turkiston xalqiga beqiyos yaxshilik qilgan buyuk qahramonlar sifatida ta’riflanadi, Qo‘qon muxtoriyati esa eng yaramas, eng zararli bir hodisaday talqin etiladi. Men bu o‘rinda faqat tarixshunos olimlarning asarlarini ko‘zda tutayotganim yo‘q. Biz adabiyotshunoslar ham tarixni buzishda ulardan qolishgan emasmiz. Adiblar, shoirlar, dramaturglar, kinochilar ham aynan sho‘ hodisalarni o‘ta soxtalashtirib tasvirlaganlari, «Yasha sho‘ro!» deb hayqirishdan nariga o‘tmaganlari busun hammaga ma’lum. Gina-kuduratlarni qo‘yayligu boshqa bir savolga javob izlaylik: nima uchun mana shu asarlarning hammasida Mustafo Cho‘qay yakdillik bilan qoralanadi? Nazarimda, sho‘roning nonini yeb ulg‘aygan olimu fuzalo, adibu shuaro Mustafo Cho‘qayning inqilobgacha bo‘lgan faoliyatida ortiqcha salbiylikni ko‘rmaydi-yu, lekin muxtoriyat hukumati raisligiga saylanganligini sira-sira kechirolmaydi. Buning boisi shundaki, umri qisqa Qo‘qon muxtoriyati o‘lka hayotida


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish