MUSIQALI DRAMA TEATRI AKTYORLARI
LUTFIXONIM SARIMSOQOVA
(1896-1991)
Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktrisasi Lutfixonim Sarimsoqova 1896 yilda Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi Rishton qishlog‘ida tug‘ilgan.
Lutfixonim Sarimsoqova mehnat faoliyatini 1923 yilda Qo‘qon xotin-qizlar havaskorlik to‘garagida boshlagan. U 1924-28 yillarda Qo‘qon teatrida, 1928—31 yillarda Andijon viloyat musiqali drama teatrida, 1931—34 yillarda Marg‘ilon teatrida, 1934-39 yillarda Toshkentdagi O‘zbek Davlat musiqali teatrida aktrisa, 1939-40 yillarda O‘zbek Davlat filarmoniyasi qoshidagi dutorchi xotin-qizlar ansamblining badiiy rahbari, 1940-73 yillarda Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrining yetakchi aktrisasi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
1925 yilda Qo‘qon teatrida qo‘yilgan U.Hojibekovning «Arshin mol olan» spektaklidagi Asqarning xolasi L.Sarimsoqovaning teatr sahnasida yaratgan birinchi obrazidir. Keyinchalik aktrisa drama va musiqali dramalarda — Xurshidning «Layli va Majnun» asarida (1925) Layli, «Farhod va Shirin» dramasida (1926) Shirin, K.Goldonining «Ikki boyga bir malay» asarida (1929) Smerildina, K.Yashin, T.Sodiqov, R.Glierning «Gulsara» dramasida (1935) Oysara, Xurshid, Uspenskiy, G.Mushelning «Farhod va Shirin» musiqali dramasida Yosuman kabi obrazlarni yuksak mahorat bilan yaratdi.
L.Sarimsoqova Muqimiy teatrida Maysara (Hamza, X.To‘xtasinov, «Maysaraning ishi», 1943), Xayri xola (K.Yashin, T.Jalilov, «Oftobxon», 1943), Oyijon (S.Ablulla, T.Jalilov. B.Nadejdin, «Alpomish», 1950-1962), Mastura satang (Hamza, T.Jalilov, G.Sobitov, «Paranji sirlari», 1946—1960), Risolat chevar (S.Abdulla, T.Jalilov, G.Mushel, «Muqimiy», 1949-1967), Kimyo (K.Yashin, T.Jalilov, G.Sobitov, «Nurxon») singari obrazlari bilan katta iste'dod sohibasi, yetuk san'atkor sifatida ko‘pchilikning hurmat va e'tiboriga sazovor bo‘ldi.
L.Sarimsoqova yaratgan obrazlar hayotiyligi, jonliligi va tabiiyligi bilan alohida ajralib turadi. Bu qahramonlar tabiati aktrisaning ulkan mehr-muhabbati, beqiyos iste'dodi va ajoyib ijrochilik mahorati bilan yo‘g‘rilgan. Ular shu darajada mohirona ijro etilganki, ularning birini ikkinchisidai ustun qo‘yish ham, kamsitish ham mumkin emas. «Nurxon»dagi Kimyo bag‘ritosh, johil er qo‘lida bir umr jabru zulm ko‘rgan huquqsiz, haqsiz ayol. U qizi Nurxonning hayotda baxtli bo‘lishi uchun har qanday azoblarga bardosh berishga tayyor mehribon ona. Kimyo xarakteridagi ana shu xususiyatlarni aktrisa nihoyatda ishonchli tarzda ifoda etgan.
L.Sarimsoqova kino san'atida ham yorqin, esda qolarli obrazlar galeriyasini yaratib, o‘zining betakror iste'dodini namoyish etdi, 1931 yilda suratga olingan “Ozod” filmidagi ip yigiruvchi ayol obrazi aktrisaning kinodagi bnrinchi roli edi. A.Usoltsevning «Qasam» filmida (1937) Ona, N.G‘aniyevning «Shohi so‘zana»sida (1947) Xolnisa, Z.Sobitovning «Farzandlar»ida (1959) telba ayol, Sh.Abbosovning «Sen yetim emassan» filmida (1962) Fotima opa, «Mahallada duv-duv gap»da (1960) Mehriniso, A.Akbarxo‘jayevning «Hadya» filmida (1972) Hadya kabi psixologik teran obrazlar faqat aktrisa ijodidagina emas, balki o‘zbek kinosi tarixida ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, «Sen yetim emassan»dagi Fotima opa, «Mahallada duv-duv gap»dagi Mehriniso, «Farzandlar»dagi telba ayol L.Sarimsoqovaning kinodagi katta yutug`i bo‘ldi. U o‘zbek musiqali drama teagri sahnasida va milliy kinomizda ona obrazining betakror va benazir ijrochisi sifatida shuhrat qozondi. Milliy kino san'atimizning «Aya»si degan yuksak ehtiromga erishdi.
L.Sarimsoqova «Quling», «O‘zgancha», «Yor-yor», «Uyg‘on, bolam», «Xakalakam o‘ynasam man», «Jambilxon», «Yorginam», «Omon bo‘laylik» va boshqa xalq ashulalarining mohir ijrochisi ham edi.
L.Sarimsoqovaning ijodiy mehnati yuksak taqdirlandi, «O‘zbekiston xalq artisti» unvoniga sazovor bo‘lli. Bir qator orden va medallar bilan mukofotlandi.
Lutfixonim Sarimsoqova 1991 yilla Toshkentda vafot lli. Betakror iste'dodi va o‘lmas ijodiy merosi bilan o‘zbek milliy madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shganligi, butun hayotini el-yurt taraqqiyoti, xalqimiz ma'naviyatining yuksalishiga baxsh etgani uchun u 2001 yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
HOJIAKBAR АHMEDOV
(1906-1980)
Xushovoz xonanda va iqtidorli aktyor Hojiakbar Ahmedov 1906
yilda Namangan viloyatining Qoratepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning aktyorlik faoliyati 30-yillarning o‘rtalarida boshlangan. 1936 yilda Chortoq tumani teatrida, 1940 yildan boshlab Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrida uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatib, Sardor (S.Abdulla, T.Jalilov, «Tohir va Zuhra»), Xisrav (Xurshid, Uspenskiy, G.Mushel, «Farhod va Shirin»), Dehqon ota (K.Yashin, X.To‘xtasinov, «Oftobxon»), Hoji (K.Yashin, T.Jalilov, G.Sobitov. «Nurhon»), Rais (Uyg`un, M.Leviyev, «Oltin ko‘l») kabi bosh rollarni maromiga yetkazib ijro etgan.
H.Ahmedov snektakllarda ko‘proq salbiy rollarni ijro etib, qahramonining razil ichki dunyosini, jirkanch qiyofasini nihoyatda mohirlik bilan ochib bera oladigan sana`tkor edi. «Nurxon» spektaklidagi Hoji aktyor talqinida johillikning timsoli sifatida gavdalanadi. U oilada shunday og‘ir muhit paydo qilganki, uning zulmidan na xotini Kimyo, na qizi Nurxon ro‘shnolik ko‘radi. Nihoyatda qattiqqo`l va bag‘ritosh Hoji ularni doimo tutqunlikda saqlaydi, erk va huquqlaridan mahrum etadi. Shu darajaga borib yetadiki, teatr san'atiga mehr qo‘ygan yakkayu yagona qizi Nurxonning o‘limiga sababchi bo‘ladi. Asar fojia bilan tugaydi.
H.Ahmedov Sardor, Xisrav, Dehqon ota, Rais va boshqa rollarni ham qiyomiga yetkazib ijro etgan. Ayniqsa, u o‘z qahramonlarining ichki dunyosini, ular xarakterining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatishda piching, kesatiq usullaridan ustalik bilan foydalanar edi. Bular esa obrazlarning jonli, hayotiy va haqqoniy ifoda etilishida muhim ahamiyatga ega.
H.Ahmedov faqat sahnada salbiy tiplarning manfur qiyofasini to‘laqonli ifoda etuvchi iste'dodli aktyorgina emas, balki «Hormangiz», «Ey, ko‘ngil», «Ilg`or suvora», «Bir qamar», «Mehnat ila», «Hur diyorim», «O‘zingdandir», «O‘rgandim» kabi mumtoz va xalq qo‘shiqlarini bosiq, shirali va yoqimli ovoz bilan vazmin kuylovchi xonanda, xalq e'tirof etgan taniqli hofiz ham edi. U ko‘p yillar davomida yetuk o‘zbek hofizlari va xonandalari bilan Katta Farg`ona kanali, Shimoliy Toshkent kanali, Kattaqo‘rg‘on va Kosonsoy suv omborlari qurilishlarida mehnatkashlarga madaniy xizmat ko‘rsatgan. Ustoz san'atkor sifatida ko‘pgina shogirdlarni tarbiyalagan.
Hojiakbar Ahmedovga 1941 yilda «O‘zbekiston xalq hofizi» faxriy unvoni berildi. U 1980 yilda Namanganda vafot etdi.
MASHRAB YUNUSOV
(1907-1997)
O‘zbek sahnasining faxriylari avlodiga mansub bo‘lgan Mashrab Yunusov 1907 yilda Farg‘ona viloyatidagi Yaypan qishlog‘ida tug`ilgan. 1927 yilda Qo‘qon pedagogika bilim yurtini tugatgan.
Mashrab Yunusov avval eski maktabda o‘qiydi. 1923 yildan u yangi maktabning uchinchi sinfiga boradi. Musiqa, qo‘shiq va she'riyatga qiziqqan yosh Mashrabjonni Hamza Hakimzoda G‘ulom Zafariyning «Erk bolalari» musiqali pyesasidagi Oyxon roliga taklif etadi. Uch kunlik repetitsiyadan keyin «Erk bolalari» spektakli Beshariq qishlog‘i aholisiga ko‘rsatiladi. Hamza Oyxon rolini ijro etgan yosh Mashrabjonga kelajakda aktyor bo‘lishni maslahat beradi.
1930 yilda qishloqda kolxoz teatri ochiladi. Unga o‘sha davrda sozanda sifatida tanilgan Ahmadjon Umrzoqov, Muxtorjon Murtazoyev, Qodirjon Hamdamov, rejissyor va aktyorlardan Akbar Muhamedov, Eryigit Ismoilov, Odiljon Quvvatbekov, Rashod Muhammadjonov, Havoxon Usmonova a'zo bo‘lib kiradilar. Shu kolxoz teatrida K.Yashinning «Lolaxon», «Ajiy-Ajiy» pyesalari asosida sahnalashtirilgan spektakllarda Mashrab Yunusov Ergash va Teshavoy rollarini ijro etadi.
San'atkor 1930 yildan Andijon teatrida artist sifatida mehnat faoliyatini boshlab, Isoq qori Karimov, To‘xtasin Jalilovlardan sahna san'ati sir-sinoatlarini o‘rganadi, professional teatr sahnasida ilk bor S.Abdullaning «Bog‘bon qiz» asarida Mahkam, G‘.Zafariyning «Halima» dramasida Ne'mat rollarini ijro etadi. Shu tarzda u birin-ketin Farhod (Xurshid, Sh.Shoumarov, To‘ychi Hofiz, Yu.Rajabiy, «Farhod va Shirin»), Asqar (U.Hojibekov, «Arshin mol olan»), Xolmat (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Norboyvachcha («Xolisxon»), Qodir (K.Yashin, M.Muhamedov, Glier, «Gulsara»), Paris (V.Shekspir, «Romeo va Julyetta») kabi obrazlarni yaratib, Andijon teatrining yetakchi aktyorlari qatoridan o‘rin oladi.
Mashrab Yunusov 1941-1945 yillarda Muqimiy teatriga ishga kelib, bu yerda ham yetakchi rollarni ijro etadi. Tohir («Tohir va Zuhra»), Ravshan («Ravshan va Zulxumor»), Haydar («Nurxon»), Cho‘pon («Maysaraning ishi») singari obrazlarni mahorat bilan talqin etib, madaniy jamoatchilikka yaqindan taniladi.
Respublikamizdagi eng mashhur musiqali drama teatri bo‘lmish Muqimiy teatrida Lutfixonim Sarimsoqova, Mariya Kuznetsova, Asad Ismatov, Soyib Xo‘jayev, Razzoq Hamroyev, Maryam Yoqubovalar bilan birga ishlash aktyorning ijodiy kamolotida muhim ahamiyat kasb etdi.
Mashrab Yunusov 1945-1963 yillarda yana Andijon teatrida ishlab, yodda qolarli o‘nlab rollarni qoyilmaqom qilib ijro etdi.
Aktyor 1963 yilda yana Toshkentga qaytib, umrining oxirigacha Muqimiy teatrida faoliyat ko‘rsatdi. S.Abdulla, D.Zokirov, K.Jabborovning «Mening jannatim» asarida Abdurahmon, N.Xalilov, A.Muhamedovning «Olifta» spektaklida Yakvalxo‘ja kabi o‘z yoshiga, tabiatiga munosib obrazlarni yaratadi.
Mashrab Yunusov kino san'atida faol ishtirok etgan, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida suratga olingai «Tohir va Zuhra», «O‘tkan kunlar», «Olovli yo‘llar», «Abdulla Nabiyev», «Semurg‘», «Abu Rayhon Beruniy» kabi qator badiiy filmlarda o‘ziga topshirilgan rollarni maromiga yetkazib o‘ynagan. Videofilmlarda yorqin obrazlar yaratgan.
Mashrab Yunusovga 1952 yilda «O‘zbskiston xalq artisti» faxriy unvoni berilli.
U 1997 yilla Toshkentda vafot etdi.
ASAD ISMATOV
(1907-1953)
Taniqli teatr va kino aktyori Asad Ismatov 1907 yilla Andijon shahrida tug`ilgan. 1924 yili Andijonda yangi tashkil etilgan drama truppasiga ishga kirib, «Makr va muhabbat», «Revizor» spektakllarida rollar ijro etdi. Shuninglek, teatrda «Farhod va Shirin», «Ikki boyga bir malay», «Ichkarida» va boshqa pyesalarni sahnaga qo‘ydi. O‘sh shahri teatrida uning «Adolat» nomli spektakli 40 yil mobaynida sahnadan tushmadi.
Keyinchalik A.Ismatov Muqimiy teatrida K.Yashinning «Nurxon» dramasida Hoji, S.Abdullaning «Tohir va Zuhra»sida Qora Botir, Hamza teatrida Uyg‘un va I.Sultonning «Alisher Navoiy» spektaklida Husayn Boyqaro rollarini maromiga yetkazib ijro etdi.
Qisqa davr ichida san'atkor katta e'tibor qozondi. Yaratgan obrazlari, sahnalashtirgan asarlari tomoshabinlarga manzur bo`lib, sahna shinavandalarini mamnun etdi. Farg`ona kanali qurilishida artistlar ham faol qatnashib, kunduzi kanal qazishsa, kechqurun mehnatkashlarga tomosha ko‘rsatishgan. Usmon Yusupov Farg‘ona kanali qurilishiga kelganda, A.Ismatov bilan L.Sarimsoqovalar ter to‘kib ishlayotganlarini, kechqurun esa spektaklda rol ijro etayotganlarini ko‘rib, ularga «O‘zbekiston xalq artisti» unvonini bergan.
1936 yilda Toshkent kino fabrikasi taklifiga binoan A.Ismatov respublikamiz poytaxtiga keladi. 1937 yili A.Usoltsev-Gaft tomonidan suratga olingan «Qasam» filmi Toshkent studiyasida ishlab chiqarilgan birinchi ovozli film bo‘ldi. Bu filmda Asad Ismatov birinchi marta kino artisti sifatida qatnashib, filmdagi Azim obrazini yaratdi. Keyin «Azamat» filmida Umar rolini ijro etdi.
Rejissyor Ya.Protazanovning «Nasriddin Buxoroda» filmidagi choyxonachi epizodik rolida A.Ismatov haqiqiy xalq farzandi obrazini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. 1945 yili N.G‘aniyevning «Tohir va Zuhra» filmidagi Boboxon roli A.Ismatovga katta shuhrat keltirdi.
1947 yili rejissyor Komil Yormatov suratga olgan «Alisher Navoiy» tarixiy-biografik filmida Husayn Boyqaro rolini ijro etgan Asad Ismatov Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi.
1948 yili Nabi G‘aniyev o‘zbek mehnatkashlarining hayoti aks ettirilgan «Farg‘ona qizi» filmini yaratdi. A.Ismatov unda Jabbor ota obrazini yaratdi. 1952 yili «Paxtaoy» filmida Bobomehnat rolini ijro etdi.
Vulqondek kuchli temperament, beqiyos iste'dod egasi Asad Ismatovning o‘zbek teatr va kino san'ati ravnaqiga qo`shgan hissasi munosib baholanib, u «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni va Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Asad Ismatov 1953 yilda vafot etdi.
Teatrdagi bir qator obrazlari, «Qasam», “Tohir va Zuhra”, «Alisher Navoiy» badiiy filmlarida yaratgan betakror obrazlari bilan A.Ismatov o‘zbek san'ati tarixida o‘ziga xos nom qoldirdi.
HADICHA AMINOVA
(1909-1989)
Hadicha Aminova 1909 yilda Andijonda tug‘ilgan. Bastakor To‘ychi Aminov oilasida tarbiyalanib, voyaga yetgan H.Aminova aktyorlik faoliyatini 1930 yilda Andijon teatrida boshlagan. K.Yashin pyesasi asosida sahnalashtirilgan «O‘rtoqlar» spektaklidagi Xosiyat uning teatr sahnasida yaratgan birinchi obrazi bo‘ldi. So‘ngra u Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Maysara («Maysaraning ishi»), Dilbar (K.Yashin, «Tor-mor»), Guli (Uyg‘un, I.Sulton, «Alisher Navoiy»), Xolnisa xola (A.Qahhor, «Shohi so‘zana») kabi qator rollarni ijro etib, ), el nazariga tushdi, teatr san'atida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Shundan keyin H.Aminovani kinoga taklif etishadi. U «O‘zbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan bir necha badiiy filmlarda qatnashib, «Farg‘ona qizi»da Jamol opa, «Kutlug‘ qon»da Gulsumbibi, «Yorqin yo‘l»da Hadicha opa kabi rollarni mohirona ijro etadi. H.Aminovaning teatr va kinoda yaratgan obrazlari hayotiyligi, ta'sir kuchining zo‘rligi va inson ma'naviy olamini mukammal gavdalantirishi bilan diqqatga sazovordir.
Hadicha Aminovaga 1939 yilda «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berildi. Hadicha Aminovaning san'atdagi faoliyatini uning tarbiyasini olgan farzandi, o‘ziga xos ovoz, yorqin iste'dod egasi Aziza Aminova davom ettirdi.
Hadicha Aminova 1989 yilda Andijonda vafot etdi.
ABBOS BAKIROV
(1910-1975)
Taniqli teatr va kino aktyori, Andijon teatrining bosh rejissyori Abbos Bakirov 1910 yilda Andijonda tug‘ilgan. Boshlang`ich ma'lumotini Andijon shahridagi maktablardan birida oladi. 1928-1929 yillarda kasb-hunar bilim yurtini tamomlagach, Uchqo‘rg‘on temiryo‘l ko‘prigi qurilishida beton quyuvchi va suvoqchi bo‘lib ishlaydi. 1952 yilda Moskvadagi Lunacharskiy nomli Davlat teatr san`ati institutining rejissyorlik fakultetini tugatadi.
«Qurilishda ishlab yurgan paytlarimda, — deydi A.Bakirov, — Andijon teatriga kirmagan vaqtim kamdan-kam bo‘lar edi. San'atga qiziqishim shu darajaga yetdiki, aktyor bo‘lishga ahd qildim. 1931 yilda teatr direktori M.Qoriyoqubov meni aktyorlikka qabul qildi. Mening aktyor bo‘lib yetishishimda ustozlarim Muhiddin Qoriyoqubov, Isoq Qori Karimov, Asad Ismatov, Tojizoda, Abduvahob Azimov, Lutfixonim Sarimsoqovalarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Men shu davrda Rahimovning «Xoin» pyesasida Qosim, Sobir Abdullaning «Bog‘bon qiz» dramasida Mahkam rollarini ijro etdim. Ushbu spektakllarning premyerasi O‘sh shahrida bo‘lgan edi. Spektakllar tamom bo‘lgandan keyin rejissyor M.Qoriyoqubov meni tomoshabinlar oldiga olib chiqib, aktyorlik mahoratim haqida gapirdilar. 1933 yilda ikkinchi laborant-rejissyor etib tayinlandim. Mening ijodiy ishimga Hamza teatrining bosh rejissyori Yetim Bobojonov katta yordam bergan. Moskvadan Andijonga kelib teatrimizda rejissyor bo‘lib ishlagan Dimov, Vilenskiy, Muratov va Naximovlarning qimmatli maslahatlarini oldim, ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. 33 yil mobaynida 150 dan ortiq ro`l o‘ynadim».
Abbos Bakirov sahnada yaratgan Xisrav (Xurshid, «Farhod va Shirin»), Romeo (V.Shekspir, «Romeo va Julyetta»),
Do'stlaringiz bilan baham: |