Mavzu: Said Ahmad hayoti va ijodi
Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad: Said Ahmad hayoti va ijodi yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlash, o’quvchilarni adibning romanlari, hikoyalari bilan tanishtirish, asardagi obrazlar olami xarakterlar badiiyligi va hayotiyligi darajasini anglatish;
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda o’zaro hamkorlik tuyg’ularini shakllantirish, o’z haq-huquqini bilish va himoya qila olish kabi xislatlarni rivojlantirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni og’zaki nutq malakalarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish;
Dars turi: yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi va nazorat qiluvchi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
“ortiqchasini toping” usuli
“ikki xil talab” usuli
Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Said Ahmad hayoti va ijodiga bir nazar
2. Said Ahmad hikoyalarining tasvir mahorati
3. Said Ahmad romanlarida xalqimizga xos milliy xususiyatlar
4. Xulosa
Yangi mavzuni mustahkamlash
“lift” usuli
savollar
O’zbek adabiyotini yetakchi nosirlaridan biri Said Ahmad Husanxo’jayev 1920-yili Toshkentning Samarqand darboza mahallasida ziyoli oilada dunyoga keldi. Shu yerda o’rta maktabni bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida ta’lim oldi. (1938-1941). Bobosi Dadaxo’jabiy Toshkentning eng katta boylaridan bo’lgan. Said Ahmadning o’zi bu haqda: Bobom boyligining ko’pchilik qismini yurt obodonligiga , o’zbek yoshlarini o’qitishga sarflagan.
Onam Zulfiyaxon savodli, husnixati chiroyli ayol edilar. Fuzuliy, Huvaydo, Mashrab g’azallaridan o’qirdilar. U kishiga negadir Huvaydo g’azallari ko’proq yoqardi. Huvaydo bu g’azallarini xudoning jamoliga oshiq bo’lib bitgan, deb aytardilar.
Dadam Husanxo’ja Dadaxo’ja o’g’li rus tilini mukammal bilardi. Ruscha xatni mutlaqo bexato yozardi. Hatto o’rislar ham xat yozsalar dadamga bir ko’rsatib olardilar.
Katta akam Imomxon Husanxo’jayev oltmish oliy maktablarda pedagoglikdan dars berdi. O’ttizdan ortiq darslik va qo’llanma kitoblari bosilib chiqdi. “Navoiyning pedagogik qarashlari” mavzuida kandidatlik dissertasiyasini yoqladi. U 1926-yilda o’zbek stenografiya yozuvini ijod qildi. Maxsus kurs ochib, stenograflar tayyorladi. Shu kursni bitirib chiqqan o’rtancha Zuhriddin akam bilan Ahmad Shorahmedov (“Ota” romanining avtorlaridan biri) to urush boshlangunga qadar bo’lgan jami qurultoy va kengashlardagi dokladlarni, nutqlarni yozib olishgan. O’zbekistonning o’n besh yillik hujjatli yilnomasini shu ikki kishi yaratgan, desam xato bo’lmaydi Zuhriddin akam ellik yildan ortiq Toshkent irrigasiya institutida suv inshootlari qurilishidan dars berdi. Uning yigirmaga yaqin darsligi hozir ham oliy maktablarda o’qitiladi deb yozgan edi.
Yozuvchi o’z ijodini hajviy asarlar yozishdan boshlagan. Uning “Ishqivoz” degan hajviyasi “Mushtum” jurnalida chop etilgan. Said Ahmad Nizomiy nomli TDPU da bir muddat o’qigach, “Mushtum” jurnalida, 1942-1943 yillarda respublika radiosida va bir qancha gazeta hamda jurnallarda ishlaydi. Uning birinchi kitobi “Tortiq” nomli hikoyalar to’plami bo’lib, 1940 yilda nashr etilgan.
Adibning “Ey yurak” (1942), “Farg’ona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949), “Qadrdon dalalar” (1949), “Cho’l shamollari” (1961), “Onajonlar” (1962), “Xazina” (1963), “Ta’zim” (1966), “Qissa va hikoyalar” (1968), “Yo’qotganlarim va topganlarim” (1999), “Qora ko’z Majnun” (2001), “Kiprikda qolgan tong” (2003), “Umrim bayoni” (2003) va boshqa kitoblarida Said Ahmadning ijodiy kamolot yo’li yaqqol ko’zga tashlanadi.
2. Said Ahmad ijodi urushdan so’ng, xususan, XX asrning 60-yillariga kelib shira .bog’ladi va o’z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko’tarildi. Shu davrning mahsuli bo’lgan “Turnalar”, “Onajonlar”, “Ko’klam taronalari”, “Xazina”, “To’lqinlar”, “Hayqiriq”, “Cho’l burguti”, “O’rik domla”, “Lochin”, “Odam va bo’ron”, “Bo’ston”, “To’yboshi” kabi hikoyalar Said Ahmadning so’zga xasis, fikrga saxiy, yumorga boy yozuvchi bo’lib yetishganligidan, A. Qodiriy, G’. G’ulom, Oybek, A. Qahhoran’analarini muvaffaqiyat bilan davom ettirayotganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, professor Laziz Qayumov qayd qilganidek, “Said Ahmadning hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G’afur G’ulomning yumori, Abdulla Qahhorning bayondagi lakonizmi mujassam”.
Do'stlaringiz bilan baham: |