Musiqa madaniyati manbalari insoniyatning qadimiy tarixiga borib taqaladi. Shunga qaramasdan, biz uning ming yillik tarixini chetlab, musiqa adabiyoti kursini XVII asrdan boshlaymiz



Download 2,11 Mb.
bet5/8
Sana28.02.2022
Hajmi2,11 Mb.
#474369
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11. J.Bize hayoti va ijodi---

19.1. «Karmen» operasi « K a r m e n » operasi — yorqin xalq hayoti fonida ommadan chiqqan oddiy odamlar, lo'li qiz Karmen va soidat Xoze muhabbati tarixini jonlantiruvchi musiqali drama. Prosper Merime sujetining musiqiy talqinida Bize ko'p jihatlar bo'yicha novelladan chetlashdi. Bosh qahramonlar obrazlari ijobiylashtirildi. Chunonchi, Merime novellasida Karmen nazokatli lo'li qizning o'g'rilikka moyilligi bilan ko'rsatilgan, askar Xoze esa nafaqat xushtor, balki qaroqchi ham. Operaga yangi personaj — Xozening qallig'i, qishloq qtzi Mikaela kiritilgan, u Karmenning o'ziga xosligi va maftunkorligini bo'rttirib turadi. Torero Eskamilio (novellada Lukas) operada novelladagidan yanada yorqinroq tavsifga ega. Uning xushchaqchaq, kekkaygan obrazi Xozening qayg'uli va rashkli tuyg'usiga qarama-qarshidir. Merimening asarida Ispaniya ma'yiis romantika ruhida ko'rsatilgan. Voqealar tunda,,zulmatli, yovvoyi tog' ungurlarida, qorong'i shaharvayronalarida bo'lib o'tadi. Bizening operasida Ispaniya yorqin quyosh nurlariga to'lgan holda ko'rsatiladi. Voqealar jonli olomonga to'la Sevilya maydonlariga olib chiqiladi. Faqat uchinchi pardada novellaning zulmatli romantik kayfiyati saqlab qolingan. Bize musiqiy vositalardan, mohirona foydalangan ispancha rang-baranglikni yaratdi. Operada uchta xalq kuyidan foydalanilgan: xabaneraga asos bo'lgan Iradyer to'plamidan olingan kubincha qo'shiq, to'rtinchi parda muqaddimasida foydalanilgan ispancha polo raqs kuyi, birinchi parda qo'shig'i va melodramasidagi ispancha Goblas raqsi. «Karmen» operasi hajviy opera janrida yozilgan va unda musiqiy nomerlarni birlashtiruvchi so'zlashuv dialoglari kiritilgan. Biroq hajviy opera janri shartli ravishda belgilangan. Ernest Giro so'zlashuv dialoglarini musiqiy-rechitativlarga aylantirdi va buning natijasida hajviy opera janri qirralari yo'qoldi. Fransuz operasining boy an'analaridan Bize barcha qimmatli va progressiv narsalarni oldi: «katta operadan» — teatr voqealarining yorqinligini, lirik operadan — dramani ochib berishdagi nafislikni, hajviy operadan —janr-maishiy va xalq sahnalarini va hokazo. Shu tarzda, Bize realistik musiqali drama janrini yaratdi, bunda u milliy operaning yaxshi yutuqlariga tayandi va uning eng
303
muhini unsurlarini isloh qildi. Operaning kompozitsiyasi o'ziga
xos bo'lib, unda musiqali-dramatik dialogga asoslangan «yalpi
rivojlovli sahnalar» va tugallangan qo'shiq, ariozolar uyg'unlashgan. Operaning barcha sahnalari o'ziga xos qirralari bilan ajralib
turadi. Ularning aksariyati simmetriyali va reprizali tuzilmalardan iborat.
Uzluksiz simfonik rivojlanish dramaning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari bilan bo'g'liq bo'lgan uchta mavzu: Karmenning
mash'um ehtirosli mavzusi, Xozening sevgi mavzusi va Eskamilyo
mavzusini yalpi o'tkazilishida namoyon bo'ladi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish