Bitiruv malakaviy ishimizning nazariy ahamiyati musiqiy ta‘limda ijodiy faoliyatni tashkil etishga doir ilmiy-metodik adabiyotlar tahlil qilinganligi va ulardan ilmiy izlanishlar davomida foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Tadqiqotimizning amaliy ahamiyati esa ilmiy tadqiqotimiz davomida Musiqa madaniyati darslarida o'quvchilarni ijodiy faoliyatni tashkil etishga doir ishlab chiqilgan tavsiyalar va ularning qo'llanuvchanligi bilan belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asosini shaxs qobiliyatlariga doir pedagogik-psixologik qarashlar va shaxs tafakkurining jamiyat rivojiga ta'siriga doir Prezident I.Karimov asarlari tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida kuzatish, qiyosiy tahlil, suhbat, anketa kabi ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalandik.
Bitiruv malakaviy ishimiz kirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |