18
to`qimasining o`lishi ham vaqt o`tishi bilan surunkali periodont yallig`lanishini yuzaga
keltiradi.
Infeksiyali surunkali periodontitlar ko`pchilik hollarda birlamchi surunkali
periodont yallig`lanish sifatida kechadi. Surunkali periodontitlarda sut tishlari ildiz
kanallari mikrobiologik tekshirilganda (4-8 yashar bolalarda) 70% Streptococcus
Salivarius, 23% Stafilacoccus Albus topilgan.
Bolalar
yoshida periodont, pulpa va tish qattiq to`qimalarining o`ziga xos
anatomik, gistologik va fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, surunkali periodontitlar
bir qator o`ziga xos klinik xususiyatlar bilan kechadi:
1) Sut va shakllanmagan doimiy tishlarda surunkali periodontitlar unchalik
chuqur bo`lmagan kariyes kovagi mavjud tishlarda pulpa bo`shlig`ining yopiq bo`lishi
bilan kechadi;
2) Sut tishlarida asosan periodontitning granulyatsiyalanuvchi turi ko`proqq
yuzaga keladi va ildizlarning patologik so`rilishi kuzatiladi;
3) Yosh bolalarda kechadigan granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontit
mavjud tishlar atrofidagi milk to`qimasida, katta yoshdagi o`smir bolalarga nisbatan
deyarli barcha hollarda oqma yo`l borligi kuzatiladi;
4) Ko`pchilik hollarda surunkali periodontit tish ildizlari
bifurkatsiyasi sohasida
suyak to`qimasining yemirilishiga olib keladi;
5) Surunkali periodontitlarda pulpa nekrozi va o`suvchi soha to`qimasining
o`sishi shakllanmagan ildizlarning o`sishini to`xtashiga sabab bo`ladi;
6) Sut tishi ildizi atrofida paydo bo`lgan granulyatsiyalanuvchi to`qima doimiy
tish follikulasiga tarqalib uning me’yordagi rivojini buzadi;
7) Ko`p ildizli tishlar ildizi atrofida har xil yallig`lanish jarayonlari sodir bo`lishi
mumkin (granulyatsiyalanuvchi, fibroz, granulematoz);
8) Katta yoshdagi kishilarnikidan farqli o`laroq surunkali granulyatsiyalanuvchi
periodontit bolalarda, aksariyat hollarda surunkali limfadenit va periost yallig`lanishi
bilan kechadi.
Surunkali kechadigan sut tishlari periodontiti yallig`lanish jarayonining va
jadallik
darajasiga qarab, uzoq muddat kechishi vaqtiga qarab har xil asoratlarga sabab
bo`lishi mumkin.
1. Sut tishlari periodont to`qimasidagi surunkali yallig`lanish jarayoni doimiy
tishlar kurtagida ohaklanish jarayoni yuz bermasdan oldin shu kurtaklarni qamrab olib
yallig`lanish jarayoniga tortgan bo`lsa, mazkur doimiy tish kurtaklarining o`lishi yuz
beradi. Rentgen tasvirda tish kurtaklarini o`rab, ajratib turuvchi kortikal suyak
plastinkasi erib ketganligi va tish kurtagining mavjudmasligi aks etgan bo`ladi.
2. Bir qadar oxaklashgan doimiy tish follikulalarida uning atrofidagi surunkali
perikoronal yallig`lanish tish kurtaklaridagi modda almashinuv
va mineral almashinuv
jarayonlarini buzishi oqibatida mahalliy gipoplaziyaning har xil ko`rinishlari yuz beradi.
Shu bilan bir qatorda odontoblast hujayralar funksiyasi buzilsa bunda tishlar shakli va
rangi buzilishi kuzatiladi. (Turner tishlari).
3. Doimiy tish kurtaklarining sut tishlarining surunkali periodontiti tufayli
nekrozga uchrashi oqibatida shakllanishi to`xtaydi va u sekvestrlarga ajralib parchalana
boshlaydi. Sut
tishlari olib tashlansa, alveola bo`shlig`ining yiring bilan to`lganligi va
19
doimiy tish sekvestrlari mavjudligi aniqlanadi. Bunday tish oldirib tashlashdan
boshqaga yaramaydi.
4. Sut tishlari periodontining surunkali granulyatsiyalanib yallig`lanishi doimiy
tish kurtagini ajratib turuvchi kortikal suyak plastinkasini erta yemirilishiga va doimiy
tishning muddatidan oldin chiqishiga sabab bo`ladi. Bunday xol o`z navbatida juft – juft
bo`lib chiqish tartibini buzadi va tishlar qatori prikusining deformatsiyasiga olib keladi.
Bunday bar vaqt chiqqan tishlar tezda kariyes jarayoniga uchraydi.
5. Sut tishlari periodontitidagi surunkali granulyatsiyalanuvchi yallig`lanish
jarayoni va muntazam ravishda yig`ilib turadigan yiringli ekssudat doimiy tish kurtagini
o`rnidan siljitishi, uning holatini o`zgartirishi, o`z o`qi atrofida aylantirishi mumkin. Bu
esa keyinchalik shu
tishning vaqtida chiqmasligiga, til yoki lunj tomondan yorib
chiqishiga sabab bo`ladi.
6. Sut tishlari ildizi atrofidagi surunkali yallig`lanish jarayoni shu sohadagi
doimiy tish kurtagining retensiyaga uchrashini, chiqmay qolishini ham ta’minlashi
mumkin.
7. Sut tishi ildizidan doimiy tish kurtagiga tarqalgan surunkali yallig`lanish
doimiy tish kurtagini qamrab olgan ildiz kistasining hosil bo`lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: