15
evfemizmlardan ko`proq, ba’zan esa imkonsiz
qolganda vulgarizmlardan
foydalanishga majbur bo`lishga moyilligini ko`rsatib beradi.
6
V.V.Potapov
7
til va gender munosabatlari muammosini, shuningdek, ayol va
erkak nutqini o`rganish borasida lingvistik tadqiqotlarni quyidagi asosiy
yo`nalishlarga ajratish mumkin, deb hisoblaydi:
- ayollar va erkaklarning idroki, ongidagi tilning fonetika, morfologiya,
semantika va sintaksi kabi sathlar bo`yicha tafovutlarni aniqlash;
- ayol va erkak nutqining ijtimoiy genezisiga bo`lgan
yondashuv, ya’ni
jamiyatdagi ijtimoiy vazifalarning qayta taqsimlanish xususiyatlari bilan
izohlanuvchi semantic tafovutlarni aniqlash;
- ayollar va erkaklar nutqining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda, ayol va erkaklar tilini tadqiq qiluvchi lingvistik nazariyalarni ishlab chiqish;
- aniqlangan ko`rsatkichlarni kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan
tushuntirib berish. Bu yerda nafaqat tafovutlarning takrorlanish darajasini,
balki
dunyo manzarasining turli jihatlari bilan aloqalarini aniqlash muhim ahamiyat kasb
etadi.
Albatta, olimlarning qarashlari turlicha, subyektiv munosabatdan kelib
chiqib ayrim kamchiliklardan holi bo`lmasa-da, ular keyinchalik tilshunoslikda
nutqiy faoliyat tadqiqida gender jihatlarni ham e’tiborga olish lozimligini
isbotladilar.
Lisoniy hodisalar mohiyatini yoritishga gender nuqtayi nazardan yondashuv
rus tilshunosligida ham kuzatiladi. Rus tilshunosligida Ye.I.Goroshko,
O.L.Kamenskaya,
A.V.Kirilina, O.V.Ryabovlar, V.VPotapov, A.Bodrova,
Ye.Kartushina, A.Kostikova, Ye.Nazarova, Ye.Badmayeva kabi tadqiqotchilar
tomonidan tilshunoslikda gender xususiyatlarni tadqiq
etish borasida amalga
oshirilgan ishlarda til va gender munosabati, sotsiopragmatik xususiyatlari
ma’lum darajada tahlilga tortilgan. Bu borada muntazam ravishda xalqaro
konferensiyalar ham o`tkazilib kelinayotganligi ham fikrimizni dalillaydi.
6
Alimova B. Badiiy matnda “lisoniy shaxs” namoyon bo`lishining sotsiopragmatik talqini.
Magistr.akad.daraj.olish…diss. – Samarqand, 2014. -58-b.
7
Qarang: Qurbonova M. Genderolingvistik tadqiq yangi paradigm sifatida // O`TA, 2014/ №2, 44-b.
16
Shuni alohida qayd etish lozimki, jahon tilshunosligida muloqotning gender
xususiyatlarini aniqlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgani holda o`zbek
tilshunosligida ayrim ishlarda yo`l-yo`lakay bildirilgan ba’zi fikrlarni hisobga
olmaganda ko`zga ko`rinarli ishlar deyarli yo`q. Bugungi kunda o`zbek
tilshunosligida Sh.Iskandarova, S.Mo`minovlarning ilmiy tadqiqotlarini hisobga
olmaganda xotin qizlar nutqini o`rganishga bag`ishlangan ijtimoiy lisoniy aspektda
olib borilgan ishlar juda kam. Shuning uchun atoqli tilshunos olimlar Sh.Safarov
va S.Boymirzayevalarning «Jamiyatda jinsga oid faoliyat ko`rsatmalari,
me’yorlarini belgilovchi ma’lum qoidalar, o`ziga xosliklar, tafovutli holatlar paydo
bo`ladi va shunga nisbatan ijtimoiy hayotda ayollarga va erkaklarga xos bo`lgan
ayricha
tushunchalar, g`oyalar tug`iladi. Ijtimoiy guruh sifatida toifaga
ajratiladigan ayollar va erkaklarning nutqiy, lisoniy faoliyatini ikki turdagi, juda
ko`p o`ziga xosliklari, farqli jihatlariga ega bo`lgan alohida uslublar sifatida
o`rganish lozim»
8
ligi to`g`risidagi fikrlariga to`liq qo`shilish mumkin.
Ko`rinadiki, o`zbek tilshunosligida hali gender
lingvistika atroflicha
o`rganilgani yo`q. Erkak va ayol faqat biologik jihatdangina farqlanmaydi, balki
ularning nutqiy faoliyati, xatti-harakati va imo-ishoralarida ham o`xshashlik va
tafovutlar ko`p. Ayniqsa, ular nutqining asosi bo`lgan murojaatlar o`ziga xosdir.Bu
o`zgachalikni aniqlash biz filolog talabalarning oldimizda turgan zimmalardan
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: