Murojaat gaplarda gender shakllarining ifodalanishi


KIRISH  1. Mavzuning dolzarbligi



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana06.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#532137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
muhammadjonova zarnigor

KIRISH 
1. Mavzuning dolzarbligi. 
“Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun, «Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi» talablari bо‘yicha ta’lim tizimida о‘tkazilayotgan 
islohotlar katta qadamlar bilan davom etayapti. Qonunlar va DTS talablaridan biri 
barkamol shaxsni shakllantirishdir. Vatanimizning kelajagi kо‘p jihatdan ana shu 
yoshlarimizning bilimi va salohiyatiga bog‘liq. Qisqasi, ularga bugungi 
berilayotgan bilim, hosil qilinayotgan vatanparvarlik kо‘nikmasi ertangi 
kunimizning kafolatidir.
Mustaqillik davri talabi О‘zbekistonda о‘zbek tilshunosligining hozirgi 
holati bu sohada yangi yо‘nalishlarning shakllanishini taqozo qilmoqda. О‘zbek 
tilshunosligida XX asr sо‘nggida shakllanib, jadal rivojlanayotgan tilshunoslik
fanining yangi yо‘nalishlari sotsiolingvistika, psixolingvistika, sistem tilshunoslik, 
til va nutqni farqlash, til va millat, jamiyat va til kabi ilg‘or fan yо‘nalishlari 
yuzaga keldi. 
Hozirgi davr tilshunosligida shunday fanlar qatorida insonning, ya’ni erkak 
va ayolning jamiyatda tutgan o`rni, ularning ruhiy olami va til xususiyatlari bilan 
bog`liq bo`lgan gender lingvistikasi fani yo`nalishidagi tadqiqotlar kuchaydi. 
Gender lingvistikaning jamiyatda ahamiyati katta. Birgina jinoyat-qidiruv 
sohasini oladigan bo`lsak, aybdorni izlash jarayonida izquvar uning kimligini 
aniqlash uchun, avvalo, o`sha jinoyatni qilgan odamning shaxsini hamda jinsini 
aniqlashga harakat qiladi. Ularning yozuvlari, imzosi, xatti-harakatlari, gap-
so`zlariga qarab jinoyat sodir etgan shaxs aniqlanadi. Gender tilshunosligi ana shu 
muammolarni hal etishda asosiy manbaa bo`lib xizmat qiladi. 
Til-jamiyat munosabati masalasini tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq 
etish zamonaviy tilshunoslikning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi.Jamiyat va 
insoniyat taraqqiyotining о‘zi ham tilshunoslikning bu kabi yangi soha va 
yо‘nalishlarini taqozo etmoqda. Chunki har ikkijins vakilining о‘ziga xos, biri-
biriga о‘xshamaydigan muloqot me’yorlari, sо‘z va iboralari mavjudki, bularni 



bilmay turib ularning fikrini, o`y-kechinmalarini anglash qiyin, tushunish, 
muloqotga kirishish murakkab bo`ladi.
Ushbu yo`nalishda ilmiy kuzatishlar olib borish uchun dastlab 
genderologiyaning nazariy-metodologik asosini to`g`ri uqish, o`zbek tilida bu 
sohaga oid tushunchaviy apparatni shakllantirish, aynan shu sohaga muvofiq 
keladigan tadqiq va tahlil yo`nalishlarini belgilab olish lozim bo`ladi. Ana 
shundagina o`zbek tilshunosligida mazkur sohaning mustaqil ilmiy yo`nalish 
sifatida ajralishi va taraqqiy etishiga zamin hozirlanadi.
Gender lingvistikasining dolzarb muammolaridan biri gender munosabatda 
pragmatik o`xshatish, pragmatik shakldoshlik, pragmatik ma’nodoshlik, pragmatik 
ziddoshlik kabi hodisalar tadqiqi hisoblanadi. 
Mazkur ishimiz mavzusi til va tafakkur munosabati, ayol va 
erkaklarningdunyoqarashi, tafovutlarning takrorlanish darajasi bilan birgalikda, 
ularning 
dunyo 
manzarasining 
turli 
jihatlaribilan 
aloqalarini 
aniqlash 
tilshunoslikning yangi yо‘nalishi bo`lgan genderolingvistikaning dolzarbligini 
belgilab beradi. 

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish