Murodov Abdulla
15-variant
1-savolga javob:
Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Eron kabi ko‘p mamlakatlarni bo‘ysundirilib, behisob o‘ljalarga ega bo‘lgandan so‘ng Arab xalifaligi harbiy yurishlarni bizning o‘lkamizga qaratdi. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. So‘ngra hozirgi Afg‘onistonning shimoliy, eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri edi. Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘oniyondan boshlanadi. Manbalarda qayd etilishicha, bu davrda Xorazm arablar tomonidan ikki marotaba talon-toroj etilgan. Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661–680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro hukmdori qo‘shinlarini yengadi va o‘z foydasiga sulh tuzib, bir lak (yuz ming) dirham hajmida tovon undiradi. Tovondan tashqari arablar to‘rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat
ko‘p o‘ljalar bilan Marvga qaytadilar. Yo‘l-yo‘lakay arablar
Termiz shahrini egallaydilar. VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr hududini to‘liq
bosib olishga kirishadilar. Xurosonga noib qilib tayinlangan Qutayba ibn Muslim arablarning Movarounnahrga harbiy yurishiga boshchilik qiladi. Qutayba harbiy yurishni 705-yilda Balx viloyati atrofl arini zabt etishdan boshlaydi. 710-yilda Qutayba Naxshab va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko‘radi. Biroq Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo‘shin tortishga jalb etadi. Negaki, Xorazm shohi Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib,
711-yilda Qutaybaga yordam so‘rab murojaat qiladi. 715-yilning boshida esa Farg‘ona vodiysini uzilkesil egallab, Koshg‘argacha kirib boradi. Hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlanadi. Lekin Qutayba xalifa Sulaymonga qarshi isyon ko‘targani oqibatida Farg‘onada arab askarlari tomonidan o‘ldirilad.Zabt etilgan shahar va qishloq aholisidan oltin, kumush,qimmatbaho buyumlar va ko‘plab qurol-yarog‘lar tortib olindi.
Sulh tuzishga majbur bo‘lgan Buxoro, Poykand, Sug‘d hukmdorlaridan katta miqdorda boj-u tovonlar undirib olindi. Xalifalik qo‘shinlariga minglab nafar mahalliy yigitlarni jalb etdilar. Istilochilar harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar
undirib, aholini xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarda shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlar (eronliklar)ga bo‘shatib beriladi. “Xiroj”, “ushr”, “zakot”, “jizya” kabi soliqlar joriy etiladi. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o‘rniga jome masjidlari bino qilinadi. Masalan, Qutayba Buxoro shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi, sug‘diy yozuvda bitilgan asarlarni yo‘qotdi. Mahalliy aholini Islom diniga kiritishga harakat qildi. Shu maqsadda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun hatto 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi. Aholini islomlashtirish yo‘llari. Islom dinini qabul qilish. Mahalliy sug‘d yozuvida bitilgan diniy va ma’rifiy kitoblarni, ilmiy asarlarni va qimmatli hujjatlarni ham da sanamlarni gulxanlarda yoqib, yo‘q qilib tashlaydilar. Quvadagi budda ibodatxonasi haykallarning parchalab tashlangani,
Afrosiyob saroy devorlariga solingan suratlardagi odam rasmlarining ko‘zlari o‘yilib, bo‘yinlariga qilich bilan chizib yuborilganligi bunga yaqqol misoldir. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717–719) murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy islohot o‘tkazish to‘g‘risida farmon berdi. Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va jizya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko‘pchiligi o‘zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to‘lamay
qo‘yadi. So‘ngra xalifalik ma’muriyati bir yo‘la hammadan jizya olish haqida buyruq beradi. Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738–748) mamlakatda o‘z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jizyadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Umaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, xalifa Marvon II (744–750) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani
hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo‘ladi. 749-yilda Abu Muslim boshliq qo‘zg‘olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo‘l oladilar. Xalifalikning poytaxti Damashq shahri qo‘lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag‘dariladi. Uning o‘rniga abbosiylar xonadonidan bo‘lgan Abul Abbos Saffoh (750–754) xalifalik taxtiga ko‘tariladi. Joylarda umaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlandi.Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulug‘ vazir)ga tayangan. Amir ul-umaro harbiy ishlar uchun mas’ul bo‘lgan. Xalifa turli masalalarni kengashda – devon addarda ko‘rib chiqar edi. Devon ad-dar uchta asosiy devonga bo‘lingan: devon al-mashriq, devon al-mag‘rib va devon alxaraj. Movarounnahrga tegishli masalalar devon al-mashriqda hal qilinar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |