7.5. Quduqlarni sementlashda qo‘llaniladigan
texnika va texnologiyalar
Quduqlarni sementlashda asosan quyidagi asbob-uskunalardan foydalaniladi: sementlash agregatlari, sement qorishtirgich mashinalar, sementlovchi kallaklar, quyuvchi tiqinlar va boshqa mayda uskunalar (yuqori bosimli kranlar, eritmalarni taqsimlaydigan moslamalar, yupqa egiluvchan metall shlanglar).
7.6-rasm. Quduqni sementlash jarayoni
Sementlash agregatlari. Sementlash agregatlari – sement eritmalarini quduqqa haydash va ularni quvurlarning tashqi muhitiga siqib chiqarishga mo‘ljallangan. Undan tashqari sementlash agregatlari sement ko‘priklarini, neft vannasinio‘rnatishda hamda burg‘ilash quvurlari birikmasining germetikligini sinashda ishlatiladi. Bu agregatlar avtomashinalarga o‘rnatiladi.
Ochiq platforma avtomashinalariga mustahkamlovchi quvurlar birikmasiga sement eritmalarini haydash uchun mo‘ljallangan yuqori bosimli porshen nasosi, sement eritmasini tayyorlash jarayonida qorishtirgichga suv uzatishga mo‘ljallangan rotatsion nasos, o‘lchash bloki, nasosga tok uzatuvchi
7.1-jadval
Sement qorishtiruvchi mashinalarni tavsiflari
Ko‘rsatkichlari
|
2SMN-20
|
US5-30
|
US6-30
|
SM-4M
|
1. O‘rnatilgan avtomashina rusumi
|
MAZ-200
|
KrAZ-250
|
KrAZ-250
|
ZIL-131A
|
2. Sement solinadigan idishining sig‘imi, t
|
20
|
25
|
20
|
10
|
3. Sement qorishmasini (=1850 kg/m3) tayorlashdagi mahsuldorligi, l/s
|
27
|
30
|
27
|
10
|
4. Tayyorlangan sement qorishmasini solishtirma og‘irligi, kg/m3
|
1300-2400
|
1300-2400
|
1300-2400
|
1700-2000
|
5. Sement qorishmasini tayyorlovchi jihozni tuzilishi
|
Gidro-
vakuum
|
Gidro-vakuum
|
Gidro-
vakuum
|
Gidro-vakuum
|
6. Qorishma tayyorlash uchun zarur bo‘lgan gidravlik bosim, MPa
|
1,0
|
1,5
|
1,5
|
0,6
|
Bu yerda: 10, 20 sonlari – qorishtirgich mashinasi bunkeriga joylashtirish mumkin bo‘lgan sementning tonna hisobidagi miqdori. Misol sifatida 2SMN-20 konstruksiyasidagi sement qorishtirgich mashinasi ko‘rib chiqiladi. (13.7-rasm); sig‘imi 20 t, devorlarining qiyaligi 530 bo‘lgan yopiq metall bunkerdan 7 va ikkita dozalangan shnekdan tashkil topgan.
Shnekning aylanishi avtomashinaning dvigateli orqali yuzaga keladi. Ikkala shnekning yuk tushiruvchi qismi bunkerning tashqarisiga chiqqan bo‘lib, qabo’l qiluvchi o‘pqonga ulanadi. Sement eritmasining ikkala oqimi birlashib asosiy vertikal shnek orqali sement qorishtirgich mashina tomon yo‘naltiriladi. Uning oxirgisi gidravlik qorishtirgich hisoblanadi. Qorishtirgichning eritma bosimi, sementlovchi agregatning unumdorligi va sement eritmasining zichligini tartibga solib turishga mo‘ljallangan boshqargichlari mavjud.
7.7-rasm. 2SMN-20 turdagi sement qorishtirgich mashina
1-qorishtirgich massasi; 2-tarqatuvchi quticha; 3-kardon vali; 4-tushirish shneki; 5-shnek transporterining uzatuvchi vali; 6-shnekli transporter; 7-bunker; 8-qorishtirgich tuzilmasi; 9-qabo’l qiluvchi o‘pqon; 10-ko‘targich.
Do'stlaringiz bilan baham: |