Xvostoviklarni sementlash. Xvostoviklar quduqqa burg‘ilash quvurlari orqali maxsus chap rezbali o‘tkazgichlar yordamida tushiriladi (11.5-rasm). Xvostoviklarni sementlashni ajratgich sementlovchi tiqin yoki usiz ham amalga oshirish mumkin. Birinchi usul ancha takomillashgan. Chunki, xvostovik va tushiriladigan burg‘ilash quvurlarining diametrlari har xil. Shuning uchun sement eritmasini va bosish suyuqligini ajratish uchun ikki qismdan tashkil topgan sementlovchi tiqin qo‘llaniladi. Uning pastki qismi maxsus patrubok yordamida xvostovikka shtift bilan osib mahkamlanadi. Yuqori qismi esa burg‘ilash quvurlari birikmasi bo‘yicha sement eritmasi ortidan harakatlanadi. Tiqinning yuqorigi qismi pastki tiqin teshigiga o‘rnashib, uni berkitadi. Natijada ortiqcha bosim hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |