Burg’ilash quvurlar birikmasini texnologik jihozlash. Quduq qurishning sifati va sur’atiga ta’sir etuvchi burg’ilash quvurlari birikmasining ishlash sharoitlarini yaxshilash uchun ularga filtrlar, teskari to‘sqichlar, saqlagich halqalar, kalibratorlar, markazlashtirgich va barqarorlashtirgichlar qo‘llaniladi.
Filtr aylanish sistemasiga tushgan yuvish eritmalarini har xil aralashmalardan tozalashga mo‘ljallangan. U maxsus qopqoqli idish bo‘lib, quvurlar birikmasi va yetakchi quvurlar oralig‘iga o‘rnatiladi. Bu qopqoqlar teshikchalardan iborat bo‘lib, shu teshikchalardan suyuqlik flanets bo‘ylab oqib tushadi.
4.6-rasm. Quduq devorini kengaytiruvchi va markazlovchi
kolibratorlar.
Burg’ilash quvurlarini yeyilish darajasiga qarab uch xil sinfga ajratiladi:
1-chi sinfga yeyilish 50% gacha; 2-chi sinfga yeyilish 50% dan 85% gacha; 3-chi sinfga yeyilish 85% dan 100% gacha.
Keyin 100% yeyilgan burg’ilash quvurlari komplekti qayta ta’mirlanadi yoki maxsus joylarga topshiriladi.
Birinchi sinf quvurlari murakkab geologik sharoitlarda tayanch parametrik va qidiruv quduqlarini burg’ilashda qo‘llaniladi.
Ikki va uchinchi sinf quvurlari murakkab bo‘lmagan, chuqurligi 2000-3500 metrgacha bo‘lgan quduqlarni burg’ilashga mo‘ljallangan. Uchinchi sinf quvurlaridan chuqurligi 1000-1500 metr gacha bo‘lgan quduqlarni burg’ilashda ham foydalanish mumkin.
Rezina-metalli saqlagich halqa – yarim konusga biriktirilgan ikki sharnirli moslama. U rezina va metalli konussimon karkasdan tayyorlanadi va quvurga burg’ilash qulfining muftasi tomonidan biriktiriladi. Konussimon karkasning ichki sirti va yarim konussimon yupqa qistirmalari quvurlarini yeyilishini oldini olishga xizmat qiladi. Shuning uchun vertikal quduqlarni burg’ilashda har bir svechaga saqlagich halqa o‘rnatish talab etiladi.
Qiya quduqlarni burg’ilashda saqlagich halqa soni quduqning egrilanish jadalligiga qarab aniqlanadi.
Kalibratorlar, markazlashtirgichlar, barqarorlashtirgichlar burg’ilash quvurlari birikmasining pastki qismiga o‘rnatiladi. Ular vertikal quduqlarning o‘z-o‘zidan egrilanish sur’atini kamaytirishga hamda qiya quduqlarning egrilanish sur’atini oshirishga yoki kamaytirishga xizmat qiladi.
Kalibratorlar burg’u ustiga o‘rnatilib, quduq devorlarini tekislashga mo‘ljallangan.
Quduqni burg’ilash jarayonida ko‘p sharoshkali yoki bir sharoshkali kalibratorlar keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari har xil o‘tmas ko’rakli kalibratordan ham foydalaniladi. Odatda, kalibrator va burg’uning diametrlari teng bo‘ladi. Markazlashtirgich quduqning o‘rnatilgan joyida uning o‘qi bilan burg’ilash quvurlari birikmasining bir xil yo‘nalishda harakatlanishini ta’minlaydi.
Preventor quduqning germetikligini ta’minlovchi va undan suyuqlik yoki gazning otilib chiqishini oldini oluvchi quduq og‘ziga o‘rnatiladigan maxsus moslama.
Preventor metall korpusdan iborat bo‘lib, uning ichiga quduq utanasiga zichlashtirilgan plashka joylashtirilgan bo‘ladi.
Barqarorlashtirgich – og‘irlashtirilgan burg’ilash quvurlarining mustahkamligini ta’minlashga hamda quduq tanasining egrilanishini va kengayishini oldini olishga xizmat qiladi. U markazlashtirgichni uzunligiga nisbatan bir necha marta uzun bo‘lib, quduqning zenit burchagini barqarorligini ta’minlaydi. Barqarorlashtirgich kalibrator ustiga yoki uning yaqin joyiga shunday o‘rnatiladiki kalibrator va markazlashtirgich oralig‘ida joylashgan og‘irlashtirilgan burg’ilash quvurlari burg’uga tushadigan yuk ta’sirida egilmasligi kerak. Barqarorlashtirgichning tashqi diametri 55/811 (0,1428 m)dan 171/211 (0,4445 m) gacha. Uning burama kertigining diametri esa 3 dan 75/811 gacha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |