Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish


Muvozanatlab og‘irlashtirilgan burg’ilash quvurlari (MOBQ



Download 21,56 Mb.
bet40/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

Muvozanatlab og‘irlashtirilgan burg’ilash quvurlari (MOBQ). Muvozanatlab og‘ilashtirilgan burg’ilash quvurlari davlat nomasi bo‘yicha xrom-nikel-molebdenli po‘latdan tayyorlanadi. Bu burg’ilash quvuri uchining 0,8-1,2 m uzunligiga maxsus indikator yordamida termik ishlov beriladi. OBQ ning ichki muhiti burg’ilash yo‘li bilan ochiladi. Bu quvurlarga termik ishlov berish quvurlarni yaxshi muvozanatlashga imkon beradi. MOBQ-2 oddiy og‘irlashtirilgan quvurlarga nisbatan yuqori mustahkamligi (7,5-6,5 MPa) va yeyilishga barqarorligi bilan farqlanadi. Muvozanatlab og‘irlashtirilgan burg’ilash quvurlari 0,178, 0,273 va 0,299 m diametrlarda tayyorlanadi. Ariqchalarining egiklik diametri 0,120, 0,133 m bo‘lgan quvurlar uchun 0,45 m; 0,146 va 0,178 m uchun 0,30 m va boshqa diametrlar uchun esa 0,20 m ga teng bo‘ladi. Burg’ilash quvurlari devorlarining xar xilligi 0,120, 0,133 va 0,146 m li quvurlar uchun 0,5 m, qolgan quvurlar uchun 0,35 m dan oshmasligi kerak.

Muvozanatlab og‘irlashtirilgan burg’ilash quvurlari 38XN3MFA markali po‘latlardan tayyorlanadi va termik ishlov berilgandan keyin quyidagi Mexanik xossalarga ega bo‘ladi:

Oquvchanlik chegarasi - 735 MPA

Nisbiy chqzilishi - 10 %

Egiluvchanligi KSU - 588 KDJ/m2

Qattiqligi, NV - 285-341



4.4-rasm. Og’irlashtirilgan burg’ilash quvulari (OBQ).

Qulfli og‘irlashtirilgan burg’ilash quvurlari. Quduqni burg’ilash jarayonida rezbaning yeyilishga barqarorligini va rezbali birikmalarning mustahkamligini oshirish hamda ta’mirlash jarayonlarini yengillashtirish uchun qulfli og‘irlashtirilgan burg’ilash quvurlari qo‘llaniladi. Bu quvurlar yuqori mustahkamlik xossasiga ega bo‘lgan 40XN, 40XN2MA markali pqlatlardan tayyorlanadi. Burg’ilash jarayonida ishdan chiqqan qulflarni maxsus moslamalar yordamida yengil almashtirish mumkin. Bu quvurlarning diametrlari 146, 178, 203 va 229 ga teng. Quvurlarni qulflar bilan TT kesimli trapetsiyasimon rezbalar yordamida ulanadi.

Og‘ir geologik sharoitlarda quduq burg’ilashda quvurlarning dinamik mustahkamligini va yeyilishga barqarorligini oshirish uchun rezba qadamlarini 0,7 va 0,8 m ga oshirib MK va SK-90 kesimlarini qo‘llash mumkin. MK-90 rezbasining yeyilishga barqarorligi 60-65% ga, chidamlilik chegarasi esa 25% ga oshadi. Kesim burchagi 900 bo‘lgan SK-90 rezbasi rotorli burg’ilash jarayonida quvurlar birikmasining pastki qismida ochiladi.

Burg’ilash quvurlari birikmasining o‘tkazgichlari

O‘tkazgichlar –quvurlar birikmasi qismlarini bir-biriga va ularni vertlyugga, quduq tubi dvigateliga va burg’uga ulashga mo‘ljallangan. Burg’ilash quvurlari uchun quyidagi turlardagi o’tkazgichlar tayyorlanadi:

O‘-o‘tmali yoki S-saqlagichli; M-muftali; N-nippelli.

1) O‘tmali yoki saqlagichli o‘tkazgichlar – bir burama rezbali turdan boshqa rezbali turga o‘tishni ta’minlashga, har xil diametrli burg’ilash quvurlari birikmasi elementlari (masalan, burg’ilash va og‘irlashtirilgan quvurlar) ni ulashga hamda quvurlar birikmasiga asboblarni birlashtirish (masalan, tutish asbobi) ga mo‘ljallangan.

2) Muftali (MO‘) va nippelli (NO‘) o‘tkazgichlar. MO‘ va NO‘ turidagi o‘tkazgichlar bir-biriga nippellari va muftalari qarama-qarshi joylashgan quvurlar birikmasi elementlarini ulashga xizmat qiladi. O‘tkazgich uchining qulf rezbalari diametriga qarab silindrli va pog‘onali bo‘ladi.

O‘tkazgichlar 40XN belgili pqlatlardan yoki tarkibida nikel bo‘lgan po‘latlardan tayyorlanadi. Ularning Mexanik xossalari quyidagilardan iborat:

Uzilishga vaqtinchalik qarshiligi, MPa - 882

Oquvchanlik chegarasi, MPa - 735

Nisbiy cho‘zilishi, % - 10

Nisbiy torayishi, % - 45

Egiluvchanligi KCV, KDJ/m2 - 685

Qattiqligi, NV - 285-341

O‘tkazgichlarning qo‘llanish sxemasi, o‘tmali, muftali va nippelli o‘tkazgichlarning ta’riflari keltirilgan.

a) muftali o‘tkazgichlar (MO‘);

b) nippelli o‘tkazgichlar (NO‘);

v) o‘tmali yoki saqlagichli o‘tkazgichlar.




Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish