4.5. Yengil qotishmali va og‘ilashtirilgan burg’ilash
quvurlar (YEQQ)
Yengil metalli burg‘ilash quvurlari (YEQQ) qidiruv va ishlatish quduqlarini burg‘ilashda keng qo‘llaniladi. Bu quvurlar silliq, protektorli qalinlashtirilgan va qulfsiz yig‘ma konstruksiya bo‘yicha D16T markali alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadi.
YEQQ ikki xil bo‘ladi: BQ - ichki qismi qalinlashtirilgan quvurlar BQP – ichki qismining uchlari qalinlashtirilgan quvurlar.
Ichki qismining uchlari qalinlashtirilgan rezbasiz quvurlarning o‘lchami ma’lumotnomalarda ifodalanadi.
Rezbali ichki qismining uchlari qalinlashtirilgan va po‘lat qulf bilan mahkamlangan quvurlarning o‘lchamlari, protektorli qalinlashtirilgan quvurlarni o‘lchamlari ma’lumotnomalarda keltirib o‘tiladi.
Protektorsiz qalinlashtirilgan quvurlarning nominal uzunligi diametrlariga qarab o‘zgarib turadi. Masalan, 0,54 m da 4,5 m; 0,64 m da 5,3 m; 0,64 dan 0,110 m gacha 12 metr. Ularning diametrlari 0,114, 0,129, 0,147 m ga teng bo‘ladi. Protektorli qalinlashtirilgan quvurlarning uzunligi barcha diametrlar uchun 12 metrga teng. D161 belgili yengil qotishmali burg’ilash quvurlar alyumin qotishmasidan, D16T markali yengillashtirilgan burg’ilash quvurlari esa Al-Ca-Mg sistemasidagi qotishmalardan tayyorlanadi D161 qotishmasidan tayyorlangan.
Bu qotishmalar quyidagi fizik-Mexanik xossalarga ega: zichligi 2780 kg/m3, oquvchanlik chegarasi 330 MPa, chqzilishga mustahkamlik chegarasi 470 MPa, nisbiy cho‘zilishi 10-12, uzilishga vaqtinchalik qarshiligi 392 MPa. Shuningdek, burg’ilash jarayonida bir metr quvurning og‘ishi 0,13-0,15 m dan oshmasligi kerak.
Odatda, quvurlarning yuza tekisligida darzlik, g‘ovaklik, korrozion dog‘lar, qatlamlanish, cho‘zilish, ezilish va boshqa har xil asoratlarning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Agar quvurning tashqi yuza tekisligida qatlamlanish chuqurligi 0,15 m, ichki yuza tekisligida esa 0,3 m bo‘lsa, bunday quvurlardan foydalanish mumkin emas.
Hozirda qulfli quvurlardan tashqari qulfsiz konstruksiyadagi quvurlar ham qo‘llaniladi. Bu quvurlarning mustahkamligi yig‘ma konstruksiyadagi quvurlarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
Burg’ilash quvurlar birikmasining og‘irligini va pastki qismining mustahkamligini oshirish uchun burg’u (turbobur, elektrobur) ustiga og‘irlashtirilgan quvurlar o‘rnatiladi. Bunday quvurlar burg’uga yuk berishni va burg’ilash quvurlar birikmasining yaxshi ishlashini ta’minlaydi. Og‘irlashtirilgan burg’ilash quvurlar butun uzunligi bo‘yicha silliq va konussimon oqadigan qilib tayyorlanadi.
Og‘irlashtirilgan quvurlarning komplekti bitta burg’u usti quvuri va bir necha oraliq quvurlaridan tashkil topadi.Og‘irlashtirilgan quvurlarning diametri va uzunliklari quyidagilardan iborat:
Diametri, m 0,146, 0,178, 0,203, 0,219, 0,245
Uzunligi, m 8 12 12 8 7
Bu quvurlar mustahkamligi D va K guruhlariga mansub po‘latlardan tayyorlanadi.
Og‘irlashtirilgan burg’ilash quvurlarining asosiy tavsiflari.
Do'stlaringiz bilan baham: |