Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish


Burg‘ilash quvurlarining ishlash sharoitlari



Download 21,56 Mb.
bet35/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

4.2. Burg‘ilash quvurlarining ishlash sharoitlari

Rotorli va quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilashda quvurlar birikmasining ishlash sharoitlari har xil bo‘ladi.

Rotorli burg‘ilashda aylanma harakatni rotordan burg’uga uzatishda va burg’uga yuklarni berishda burg‘ilash quvurlari birikmasi ayrim kuchlar ta’siriga duch keladi.

Agar burg‘ilash quvurlari birikmasi quduq tubiga yetmasa va aylanmasa, unda u faqat cho‘zilish kuchlanishi ta’siriga uchraydi. Bu cho‘zilish kuchlanishi vertlyugda maksimum darajaga yetadi. Quduqlarni burg‘ilash jarayonida quvurlar birikmasining yuqori qismi cho‘zilgan, quduq tubiga tiralgan pastki qismi esa siqilgan bo‘ladi. Shunday qilib, burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvurlar birikmasi cho‘ziluvchi va siqiluvchi kuchlarga ta’siriga uchraydi.

Burg‘ilash jarayonida cho‘zilish va siqilish kuchlanishlaridan tashqari rotordan burg’uga aylanma harakatni uzatilishida aylanuvchi moment kuchlanishi ham namoyon bo‘ladi. Bu kuchlanish quduq og‘zida maksimum qiymatga yetadi. Shuningdek, quduq og‘zidan tubiga qarab markazdan qochma kuch ta’sirida egilish kuchlanishi asta-sekin oshib boradi. Burg‘ilash quvurlarining og‘irligi, aylanuvchi moment va markazdan qochma kuchlar ta’sirida quvurlar birikmasida har xil tebranma harakatlar hosil bo‘ladi. Bunday tebranishlarni so‘ndirish uchun burg’u ustiga amortizatsiyalovchi moslama o‘rnatiladi. Amortizatorlarning ishlash prinsipi hosil bo‘ladigan tebranishlarni quduq tubi mexanizmlaridagi elastik elementlar yordamida so‘ndirishga mo‘ljallangan.

Yuqorida qayd etilgan barcha kuchlarning burg‘ilash quvurlari birikmasiga ta’siri rotorli burg‘ilashning ishlash sharoitlarini murakkablashtiradi. Natijada burg‘ilash quvurlari, ularning qulflari, quvurlar birikmasi elementlarida halokatlar sodir bo‘lishi mumkin.

Quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilashda (turboburli va elektroburli) burg‘ilash birikmasining ishlash sharoitlari ancha yengillashadi. Chunki bunda burg‘ilash quvurlari birikmasi aylanmaydi. Shuning uchun u cho‘zuvchi va siquvchi kuchlar ta’siri ostida bo‘ladi.


Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish