jang maydonni sinchiklab ko’zdan kechirishi, dushmanning qaysi tarfdan ustun
ekanligini o’rganishi, o’z nuqsonini tez orada yo’qota
olishhi dushman alohida
ajratilgan qismllar bilan hujumga o’tayotgani yoki bor qo’shinlarini birvarakayiga
jangga kiritganligini kuzatishi, unga qarshi ishonch bilan harakat qilishi,
muvofaqqiyqtga erishih uchun maxfiy rejalari bor yo’qligini bilish kerak edi. Amir
Temurning aytishich, dushman hujum
qilishi yoki chekinmoqchi, ekanligini
hujumni takrorlamoqchiligi yoki birinchi hujum bilan qanoatlanayotganligini
kuzatish va tezda o’qib olish katta san’at hisoblanadi. Sarkarda jangpaytida o’zini
yo’qotmasligi kerak. Kurashchi o’z tanasi qismlaridan- qo’llari, oyoqlar, boshi va
shu kabilardan qurol sifatida qanday
foydalansa, sarkarda ham o’z jangchilarining
lozim bo’lganda, kamon, oybolta, gurzi, qilichni shunday o’z o’rnida ishlatishlarini
kuzatib va boshqarib turishi lozim. Jangga qoravullardan so’ng, avong’or kirardi.
Markaziy avong’orga madad kerak bo’lganda jangga avvalo o’ng qanot avong’ori
(barong’or avong’ori) kirar edi. Agar madad kuchiga yana ehtiyoj sezilsa unda
jangga o’ng qanotninig chap bo’lagi (barong’orning brinchi favji) kirar edi. Agar
ular ham yetarli bo’lmasa, jangga ikki qanotning qolgan qismlari (barong’orning
ikkinchi favji va javong’orning ikkinchi favji) kirib, o’sha zahoti bu haqda Amir
Temurga habar berilardi. Umohir sarkarda sifatida dushmanning hujum qilush
usullari va xususiyatlarini bilish uchun boshqa biror maqsadni ko’zlab,
katta
bo’lmagan qismlarni oldinma- ketin jangga kiritar edi. Agar bu harakatlar ham natija
bermasa, Amir oxirgi hujum muvoffaqiyatli bo’lishiga ishongan holda, asosiy
kuchlarga qo’shilib, qo’l (ehtiyot qism) bilan ozi jangga kirishi lozim edi.
O’sha davrlarda deyarli barcha xalqlar urush vaqtida tartibli saflarda tizilmasdan,
to’da-to’da bo’lib, taktik mulohazalarsiz jang qiladigan, o’z jasurligiga berilib ketib,
dushmanga tartibsiz ravshda tashlanadigan bir vaqtda Amir Temur lashkarlari
tartibli saflarga tizilgan va bir necha qismlardan iborat bo’lib hamda ular jangga birin
ketin kiritilib nihoyat so’nggi hujumlar bilan
dushman kuchsizlantirilib, holdan
toydirilgach har doim g’alabani taminlashi mumkun bo’lgan, kuchli va bardam
rezerv jangga kiritilardi.Shuni qayt qilish kerakki,oldingi qator jangchilari unchalik
ko’p bo’lmasdan dushman hujumiga bas kelaolmas edi. Amir Temur ularga madad
berish uchun avval ikki qanot o’rtasidagi keyin esa
yon tomondagi askarlarini
yuborardi.Ular jangga kirganda juda kuchli hayqiriq bilan jang olibb borib, dushman
avong’ori tartibini buzishlari kerak edi.Tekis yerlarda jang olib borishning qulayligi
shunda ediki, O’rta Osiyo otliq askarlari mag’lubiyatga uchraganda, qirilib
ketishdan xalos bo’lish uchun tarqalib qochishar,
keyin esa kelishilgan joyda
uchrashishar, deyarli ar doim pistirmadan foydalanish oqibatida dushmanni
taxlikada ushlab turishar,bunday taxlika ularni mag’lubiyat keltiruvchi shiddatli va
kuchli taqibdan saqlab turardi.Bu usullar shunchalik puxta o’ylanganki ular olib
borgan janglarning deyarli hammasi hal qiluvchi bo’lib, dushman qo’shinlarining
tor-mor bo’lishiga olib keldi.