Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish



Download 339 Kb.
bet1/2
Sana08.02.2022
Hajmi339 Kb.
#437923
  1   2
Bog'liq
muqobil energiya manbalarida enhatni tasshkil etish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO`JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

MUSTAQIL ISH

MAVZU: Muqobil energiya manbalarida ENHAT ni qo’llash


Qabul qildi: Izzatullayev J
Topshirdi: MEM 118-guruh magistranti
Ibroximov U


Reja:

  1. Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish

  2. O’zbekiston hududida qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlari

  3. Elektr energiya tizimida energiya nazorati va hisobi (ENHAT) tushunchasi

  4. ELEKTR TA’MINOT TIZIMIDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI

  5. Foydalaniladigan adabiyotlar

Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi.


Respublikamizda qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirish, birinchi navbatda gidroenergetika salohiyatidan foydalanish borasida "O'zbekenergo" DAK tomonidan ma'lum ishlar amalga oshirilmoqda.

"O'zbekenergo" DAK tomonidan mavjud GESlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash bo’yicha ishlar boshlab yuborilgan. Quyi Bo’zsuv GESlar kaskadidagi 14-GES va Farhod GESni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish ko’zda tutilmoqda. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish natijasida 2015 yilga kelib energetika tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlash va energetikani yanada rivojlantirish, yiliga 1 mlrd. m3 dan ziyod hajmda tabiiy gazni tejashga erishish, elektr energiyasi hosil qilishga ketadigan energiya solishtirma sarfini 13% ga, atmosferaga chiqarib yuboriladigan zararli chiqitlar hajmini 10% ga kamaytirish rejalashtirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi 01.03.2013 yil PQ-4512- sonli farmoni va «Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish to’g’risida»gi 01.03.2013 yil PQ-1929-sonli qarorini bajarish doirasida «Fizika-quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida quyosh energiyasi instituti tashkil qilindi. «O’zbekenergo» DAK ushbu institutning ta'sischilaridan biri hisoblanadi.
"O'zbekenergo" DAK tomonidan quyosh energiyasidan foydalanish maqsadida respublikaning qator viloyatlaridagi «Muruvvat uylari», «Mehribonlik uylari» va qishloq vrachlik punktlarida gelioqurilmalar o’rnatildi. Bundan tashqari, Samarqand viloyatida Osiyo taraqqiyot banki kredit resurslarini jalb qilgan holda quvvati 100 MVt bo’lgan quyosh stansiyasini qurish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, 2013 yilda «Navoiy» EIIZda quvvati 50 MVt bo’lgan fotoelektr quyosh panellari ishlab chiqarish boyicha qo’shma korxonaning 1-bosqichi tashkil etiladi. Kelajakda bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari 100 MVt gacha oshiriladi.
Shu munosabat bilan «O’zbekenergo» DAKda yoqilg’i-energetika balansiga qayta tiklanuvchan energiya manbalarini kiritish borasida ishlar olib borilmoqda. Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan katta sanoat miqiyosida foydalanish respublikada elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz iste'molini kamaytirish va shuning natijasida atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarib tashlash hajmini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.
O’zbekiston hududida qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlarining yalpi va texnik salohiyatini baholash borasida o’tkazilgan taxlillar quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo’ladi: qator qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlari respublikaning barcha hududida yetarli ekanligi, uning ekologik havfsizligi, energiya resursi jihatidan qondirarli ekanligi, milliy energiya resurslaridan foydalanish strategiyasini ham yaqin istiqbolga, ham uzoq istiqbolga mo’ljallab tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini ko’rsatadi.

Markazlashtirishdan asoslangan texnik-iqtisodiy chegaralarda chiqarilgan energiya ta'minotiga o’tish yo’li bilan turli qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan keng miqiyosda foydalanishga o’tish qishloq joylarida, ayniqsa, borish qiyin bo’lgan olis joylardagi ob'ektlarning energiya ta'minotini yahshilash borasidagi qator muammolarni hal etishga imkon beradi.
Kelajakda O’zbekiston Respublikasida energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda hamda energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, shak-shubhasiz zarurdir. Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini o‘zlashtirish hisoblanadi.
So‘nggi yillarda respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida elektr energiyasini tejashni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishva respublikada energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatning asosiy qarorlaridan biri, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Energiya tejovchi texnologiyalar va tizimlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” to‘g‘risidagi qaror bilan tasdiqlangan “2017-2019 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi farmoni hisoblanadi.
Maishiy uskunalarini ishlab chiqarishda energiya tejamkor markirovkalarini qo‘yish standartlari joriy etildi. Ko‘chalar, turar-joy va ijtimoiy binolarni yoritishda energiya tejovchi lampalar hamda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari olib borilmoqda va respublika hududida 40 Vtdan ortiq kuchlanishli lampalarni sotilishi to‘xtatildi. Energetika sohasida zamonaviy bug‘ va gaz turbina qurilmalarini joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakat iqtisodiyotining energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini sanoat ishlab chiqarilishida jalb qilish hisobiga yoqilg‘i energetika balansini diversifikatsiya qilish darajasi jahon tendensiyalariga mos kelmaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy yoqilg‘i tarkibida tabiiy gaz va boshqa an’anaviy uglevodorod yoqilg‘ilarining turlari ustunlik qiladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakat Strategiyasida belgilangan sohadagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishda energiya sarfini qisqartirish, mahalliy ilmiy-texnik ishlanmalarning amaliyotda tatbiq etilishini muvofiqlashtirish va ilg‘or xalqaro energiya tejovchi texnologiyalarni tadqiq etish ishlariamalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “O’zbekenergo” AJ va “O’zbekgidroenergo” AJ tomonidan qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishning maqsadli parametrlarini o‘z ichiga olgan “Qayta tiklanadigan energetikani yanada rivojlantirish, 2017-2021 yillarda iqtisodiyot va ijtimoiy sohada energiya samardorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi”; “Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish uchun investitsiya loyihalari ro‘yxati”; “2017-2021 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Ushbu ko‘rsatmalarni bajarish maqsadida “O’zbekenergo” AJ manfaatdor idoralar bilan birgalikda tadqiqotlar olib bordi va O’zbekiston Respublikasining qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyatini o‘rganib chiqdi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi bilan “O’zbekistonda quyosh energiyasini ishlab chiqish va ulardan foydalanish” loyihasiga muvofiq 2012-2013 yillar davomida olib borilgan tegishli tadqiqotlar natijasida maslahatchilar tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar asosida ATB STA-Nixus (Ispaniya) texnik yordamida quyosh elektr stansiyalarini qurishga tavsiya etilgan 6ta maydon tanlab olindi.
Bundan tashqari, xorijiy sheriklar, “Inter Gopa” (Germaniya) va GEO NET (Germaniya) kompaniyalari tomonidan uyushgan holda, “Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish salohiyatini baholash” hamda O’zbekiston Respublikasida shamol energiyasi salohiyatini baholash ishlari bilan birgaamalga oshirildi. Ushbu ish natijalariga ko‘ra respublikaning shamol energetikasi salohiyatining atlasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda shamol energiya stansiyalarni ikki hududda qurish tavsiya etilgan. “Nukus” va “Zarafshon” hududlari shamol energetikasining kelajakdagi rivojlanishi uchun salmoqli salohiyatga egadir.
Shu munosabat bilan ushbu dasturga quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish uchun 4 ta investitsiya loyihalari kiritilgan bo‘lib, ulardan uchtasi Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida har biri 100 MVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh stansiyalari va Navoiy viloyatida 102 MVt quvvatga ega bo‘lgan bitta shamol stansiyasidir.
Yagona energetika tizimining operatori dispetcherlik rejasi bo‘yicha elektr energiyasini sotib olishnishida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish va ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanish, qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanib quvvat ishlab chiqaruvchi generatorlardan ustunroq hisoblanadi.
Bundan tashqari,tovarlarning import hajmini va tarkibini (ish va hizmatlar) tanqidiy tahlil qilish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish komissiyasi bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan, texnologik hujjatlar bilan ta’minlangan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tadbirlarni amalga oshirish uchun import qilinayotgan, ro‘yxat asosida chora-tadbirlar Dasturiga kiritilgan asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari)dan ozod qilindi.
Elektr ta’minoti tizimida energiya nazorati va hisobi (ENHAT) tushunchasi. Pog‘onalari. Energiya resurslari iste’molini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish. ENHATning texnik va tijorat asosidagi xisoblari. Texnik asosida hisobga olish tizimida elektr energiya iste’molini xisobga olish. Sanoat korxonalarida ENHAT joriy etilishining maqsadga muvofiqligi. Avtomatlashtirilgan tizim yordamida boshqarish zarur bo‘lgan sharoitlar. Inson va EHMning funksional imkoniyatlari va ularni taqqoslash. Sanoat korxonalarida ENHATning iqtisodiy samaradorligi. Korxona energiya iste’molini tashkil etuvchilari. Energiyani hisobga olish-energiya tejamkorligi uchun vosita. Ko‘p zonali tarifga o‘tish. Differensiallashgan tariflarning tadbiq etilishi. Hisobga olish aniqligini oshirish. O‘zbekistonda energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlarining joriy holati. O‘zbekistonda energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlarida axborot-o‘lchov tizimining qollanilish istiqbollari. Rele himoyalari tuzilishining umumiy prinsiplari Rele himoyalari tuzilishining umumiy prinsiplari. Relelar va ularning turli hillari. Operativ tok.Tok va kuchlanishni o‘lchash transformatorlari. Ularning rele ximoya sxemalarida ishlash shartlari. Relelar va o‘lchash transformatorlarining ulanish sxemalari.Elektr sistemalarida avtomatik rostlash. Avtomatik rostlash va boshqarish sistemalari tuzilishining asosiy prinsiplari. Qo‘zg‘atishni, kuchlanishni, reaktiv quvvatni avtomatik rostlash. Chastota va quvvatni avtomatik rostlash. Avtomatik qayta ulash va rezerv manbani avtomatik ulash.
ELEKTR TA’MINOT TIZIMIDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI bo‘yicha: O‘zbekiston energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, gidroelektr stansiyalar, gidroakkumulyasiyalovchi elektr stansiyalar va kichik gidroelektr stansiyalar, quyosh issiqlik ta’minoti tizimlari, quyosh energiyasini elektr energiyaga o‘zgartish, quyosh energetika qurilmalari va elektr stansiyalari, quyosh energetika qurilmalari elementlari, quyosh energetika qurilmalari elementlarini tanlash, shamol elektr qurilmalarini ishlash prinsipi bo‘yicha klassifikatsiyasi, shamol energetika qurilmalari va elektr stansiyalari, shamol qurilmasi elektr jihozlarini tanlash va ishlatish, biomassa energiya manbalari va ulardan foydalanish. Sinxron generatorlar va kompensatorlarning turlari, asosiy parametrlari va xarakteristikalari. Ularning sovitish sistemalari. SGlarning qo‘zg’atish sistemalari. Generatorlarni sinxronlash. Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining parametrlari, sxemalari va chulg’amlarining ulanish sxemalari. Sovutish sistemalari. Transformatorlarning yuklanish qobiliyati. Elektr stansiya va nimstansiyalarning elektr apparatlari va ularning vazifalari. Tok o‘tkazuvchi qismlari va izolyatorlari.Elektr yoyni hosil etilishi va uning xarakteristikalari. Elektr yoyni so‘ndirish usullari. Uzgichlar, ularning turlari va parametrlari. Ajratgichlar, avtomatik ajratgichlar va qisqa tutashrirgichlar, ularning turlari, parametrlari va vazifalari. Tok cheklovchi reaktorlar, ularni tanlab olish. Tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlari.Tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlari. Vazifalari, turlari va parametrlari. Elektr stansiyalar va nimstansiyalarni elektr ulanishlarining asosiy (bosh) sxemalari. Asosiy sxemalarning turlari. IES va GES larni asosiy sxemalarining maxsus xossalari. Elektr stansiyalarning o‘z ehtiyojlari. IES va GES o‘z ehtiyojlarni asosiy sxemalari. Taqsimlovchi qurilmalar ularga qo‘yiladigan asosiy talablar.Taqsimlovchi qurilmalar (TQ ). TQ larga qo‘yiladigan asosiy talablar. Bitta uzgich orqali ulanadigan TQ larning sxemalari. Bitta va ikkita yig’ma shinalar sistemalik sxemalar. Aylanib o‘tadigan shinalar sistemalik sxemalar. Ushbu sistemalarni qo‘llanish sohalari. TQ soddalashtirilgan sxemalari (ko‘prik sxemasi, halqa va boshqalar). Chaqmoqdan himoyalanish va uning hisobi. Himoyalovchi erga ulanishlar va ularning hisobi.


Download 339 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish