Piranometrlar – gorizontal yuzaga to’g’ri keladigan yig’indi radiatsiyani, hamda osmondan kelayotgan yoyilma (diffuz) radiatsiyani o’lchaydi.
Aktinometr va pirgeliometrlar quyoshdan va uning atrofidagi osmonning 50 radiusdagi quyosh atrofi zonasidan to’g’ri chiqayotgan quyosh radiatsiyasini o’lchaydi. Antinometr Aktinometr (yunoncha. Ino actino - nur va mέτρos - o'lchov) - elektromagnit nurlanishning intensivligini, asosan ko'rinadigan va ultrabinafsha nurlarini o'lchash uchun ishlatiladigan o'lchash moslamasi. Meteorologiyada u to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlanishini o'lchash uchun ishlatiladi. U 1834 yilda ixtiro qilgan, quyosh nurlarining issiqlik kuchini o'lchash uchun xizmat qiladigan asbob - Herschel. Herscheldan oldin ham, Sossyur xuddi shu maqsadda asbobni qurdi, uni geliotermometr deb atadi, keyinroq (1838) Pouler pireliometr deb ataldi.
Albedometr – yerning faoliyatli yuzasidan qaytarilgan quyosh radiatsiyasini o’lchaydi.
Balansomer – yerning faoliyatli yuzasidagi radiatsion balansni aniqlash uchun qo’llaniladi.
Geliograf – quyoshning yoritish davomiyligini, yani quyoshning bulutlar bilan qoplanmagan vaqtini avtomatik tarzda qayd qilish uchun ishlatiladi.
Amaliyotda eng ko’p qo’llaniladigani piranometrlar hisoblanadi ular yig’indi global va yoyilgan quyosh radiatsiyasini o’lchaydi.
1-misol quyoshning yoritish davomiyligini, yani quyoshning bulutlar bilan qoplanmagan vaqtini avtomatik tarzda qayd qilish uchun ishlatiladigan asbob nomini aniqlang
A)albedometr B)piranometr C)geloigraf D)altimetr
TopshiriqAlbedometr haqida tushunchaga ega bo’lish.
11-Amaliy mashg‘ulot Yerda Quyosh energiyasidan foydalanishning asosiy texnik sxemalari va ularning energetik ko‘rsatkichlarini o‘rganish. Quyosh energetik qurilmalarining sinflanishi va ularning xususiyati. Quyosh elementini ishlab chiqarishda qanday materillar haqida gapirish uchun u materillarni yorug’likni yutishi haqidagi mezonini ko’rib chiqishimiz kerak. bu mezon taqiqlangan zo’na kengligi deb ataladi. Fotoenergetika uchun klassik material sifatida monokristall kremniy hisoblanadi, ammo uning asosida strukturalar ishlab chiqish juda texnologik murakkab va qurilmadir. Shuning uchun oxirgi vaqtlarda amorf kremniy, arsenid galliy va polikristall yarimo’tkazgichlarga katta etibor qaratilmnoqda.
Polikristallquyosh elementlari 20 yildan kam bo’lmagan yaroqlik muddatiga ega bo’lib ularning samaradorligi quyosh nurlanishining tushish burchagiga bog’liq ko’pham emas.
Bunday quyosh elementlarini ishlab chiqarishda o’stirish operatsiyasi bo’lmaganligi sababli ularni ishlab chiqarishda iqtisodi yuqoriroq va istiqbolli hisoblanadi. Ammo polikristall kremniy strukturasi sohasida alohida kristalchalarning hosil bo’lishi sabab bunday quyosh elementlarining samaradorligi kichik sanaladi 15% va 16% o’rtasida bo’ladi.
Hozirgi vaqtda quyosh fotoelektrik panellarniing uchta turi keng tarqalgan
Monokristal kremniylik
Polikristal kremniylik
Yupqa qatlamli
Ularning ichida monokristal kremniylik panel hisoblanadi. Ularning FIK amaliyotda 18- 19.5% ni tashkil etadi va yaroqliklik muddati 25 yildan kame mas.
Bunday panel materiallarini toza kremniy moddasidan eritma shaklida sekin tortib o’stitrib olinadi. Bunda o’stirilgan kremniy sterjenlari qalinligi 0.2…0.4mkm holatda lazer qurilmasida kesiladi so’ng yedirish va silliqlash tozalash jarayonidan so’ng p-n o’tish amalga oshiriladi.