Yechish formula W=(m-m0)/m0 Hisoblash. W=(3-2.7)/2.7=0.111111
13-Amaliy mashg‘ulot. Minorali quyosh elektr stansiyalari va ularning energetik xususiyatlarini ko‘rib chiqish. Quyosh xavzalari va ularning energetik xususiyatlarini o‘rganish. Minora tipidagi quyosh elektr stansiyalari (mtQES) texnologik sikllari asosidagi g’oya bundan 370 yil oldin taklif etilgan. MtQES da termodinmik sikl yotadi bunda IES dagi organik yoqilg’ilarni yoqish hisobiga bug’ qozoni o’rniga shunga o’xshash qozon bo’lib quyosh energiyasi issiqligi hisobiga har xil bug’simon va suyuq issiqlik tashuvchilar ishlatiladi.
Quyosh energiyasini qabul qiluvchilar yerdan yuqorida balandlikda o’rnatiladiyani minorada unga ko’plab avtomatik boshqariladigan oyna akslantirgichlar yordamida quyosh nurlarini akslantiriladi. Quyosh nurlanishi zichlashtirib bir joyga yig’ilib bug’ va issiqlik tashuvchi hosil bo’ladigan qozonning issiqlik yutuvchi yuzasiga beradi so’ngra bug’ turbinasiga kelib tushadi. Bug’ turbinasi valiga mahkamlangan generator rotori joylashib u malum chstota va kuchlanishdagi elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Minora tipidagi QES foydali issiqlik quvvati Nqes quyidagi formula orqali anbiqlanadi.
Nqes(t)=R∑(t)*Fg*rg*sinα*Kbl*Kzat*Ktp*Kzap*rk
Nqes(t) va R∑(t) lar 1 m2 yuzaga to’g’ri keladigan quyosh radiatsiyasi (kW/m2 da) Fg geliostatlarning maydoni rg geliostatlarning akslantirish qobilyati (0.75) sinα geliostatlarga quyosh nurlanishining real tushish burchagi (0.75 va 0.8 oraliqda) Kzat geliostatlarda soya hosil bo’lish koeffitsiyenti Kbl geliostatlarda blokirovkalash koefitsiyenti (odatda Kzat va Kbl -1 ga teng) Ktp issiqlik yutish koeffitsiyenti Kzap changlash koeffitsiyenti 0.95 rk qozon issiqlik qabul qilgichi tomonidan quyosh nurlanishlarini yutish koeffitsiyenti odatda 0.93 va 0.95 orasida yotadi.
1-misol 1m2 yuzaga to’g’ri keluvchi quyosh radiatsiyasi 1360W/m2 ga teng geliostatlarning akslantirish qobilyati va geliostatlarga quyosh nurlanishining real tushish burchagi 0.75 ga teng ekanligi ma’lum bo’lsa geliostat maydoni 30m2 geliostatlarda soya hosil bo’lish koeffitsiyenti, geliostatlarda blokirovkalash koefitsiyenti -1 ga teng issiqlik yutish koeffitsiyenti, changlash koeffitsiyenti vaqozon issiqlik qabul qilgichi tomonidan quyosh nurlanishlarini yutish koeffitsiyenti 0.93 ga teng ekanligini bilgan holda QESni foydali issiqlik qobilyatini aniqlang.