Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

NAFAS MARKAZI 
 
     Uzunchoq  miyaning  kichik  bir  sohasi  shikastlanganda  ham  hayvonning  nafasi 
to‘xtashi XVIII arsda ma‘lum bo`lgan edi. XIX asr oxirlarida N.A.Mislavskiy uzunchoq 
miyaning ayrim nuqtalarini shikastlash va ta‘sirlash usullarini qo`llab, nafas markazining 
IV  qorincha  tubida  joylashganini  aniqladi.  Olim  tajribalari  natijasida  bu  markazning 
juftligi, har yarmi tananing o‘z yarmidagi nafas muskullarini boshqarishi, har qaysi nafas 
markazi  nafas  olish  va  nafas  chiqarishni  boshqaruvchi  qismlardan  iborat  ekanligi 
aniqlandi. Keyingi vaqtlarda zamonaviy elektrofiziologik usullar yordamida o‘tkazilgan 
tadqiqotlar N.A.Mislavskiyning bu fikrini isbotladai. 
     Hozir uzunchoq miyada bir necha guruh nafas neyronlari borligi aniqlangan. Ularning 
impuls  yuzaga  chiqarish  faolligi  nafas  bosqichlariga  bog‘liq  holda  o‘zgaradi.  Nafas 
olinganda  impuls  yuzaga  chiqarish  faolligi  ortadigan  inpirator  neyronlar  va  bu  faollik 
nafas  chiqarilganda  oshadigan  ekspirator  neyronlar  tafovut  qilinadi.  Bundan  tashqari, 
nafas  bosqichlari  almashganda  (nafas  olish  to‘xtab,  nafas  chiqarish  boshlanganda  yoki 
nafas chiqarish to‘xtab, nafas olish boshlanganda) qo‘zg‘aladigan neyronlar ham bor. 
     Nafas  neyronlarining  deyarli  hammasi  ikkita  yadrolar  guruhida  joylashgan.  Bu 
uzunchoq  miyaning  dorsal  va  ventral  yadrolaridir.  Yadrolarning  dorsal  guruhini  tashkil 
qiluvchi  neyronlarning  ko‘p  qismi  inspirator  neyronlar.  Ularning  aksonlari  diafragma 
nervini hosil qiluvchi motoneyronlarda (orqa miyaning bo‘yin segmentlarida) tugaydi. 
     Yadrolarning  ventral  guruhidagi  nafas  neyronlari  inspirator  va  ekspirator 
neyronlardan  iborat.  Ekspirator  neyronlar  asosan  orqa  miyaning  ko‘krak  va  bel 
segmentlaridagi  qovurg‘alararo  va  qorin  muskullari  faoliyatini  boshqaruvchi 
motoneyronlarga bog‘liq. 
      Nafasni  boshqarishda  ishtirok  etadigan  neyronlar  Varoliy  ko‘prigida  ham  bor.  Bu 
neyronlar yig‘indisi pnevmotaksis markaz, deb ataladi. Uning vazifasi nafas bosqichlari 
almashinishini ta‘minlashdan iborat. Pnevmotaksis markazning shikastlanishi nafas olish 
bosqichini juda cho‘zib yuboradi, nafas nihoyatda chuqurlashadi. 
     Nafas 
markazining 
faolligiga 
xemoretseptorlardan 
va 
nafas 
tizimining 
mexanoretseptorlaridan keladigan afferent impulslar kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. 
     Bu  impulslar  nafas  olish  davomida  inspirator  neyronlar  faolligining  bir  me‘yorda 
ortishini va nafas olish oxirida bu faollikning to‘satdan tugashini ta‘minlaydi. 
     Xemoretseptorlardan  keladigan  impulslar  qanchalik  kuchli  bo`lsa,  inspirator 
neyronlar  qo‘zg‘alishi  va  nafas  olish  shunchalik  tez  rivojlanadi,  Nafas  olish  bosqichi 
nafas  chiqarish  bosqichiga  shunchalik  tez  o‘tadi.  Natijada  nafas  olish  chuqurlashib, 
tezligi ortadi. 
     Nafas  markazi  neyronlariga  avtomatiya,  ya‘ni  o‘z-o‘zidan  qo‘zg‘alish  xos.  Ammo 
nafas  markazining  avtomatiyasi  yurak  avtomatiyasidan  farq  qiladi.  Nafas  markazi 
neyronlari o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib turishi uchun, birinchidan, ular o‘rtasidagi aloqadorlik 


 
 
171 
 
saqlangan  bo`lishi  lozim.  Ikkinchidan,  nafas  neyronlarining  retseptorlarga  aloqadorligi 
saqlangan holda, ularga afferent impulslar kelib turishi kerak. 
     Demak,  nafas  markazi  asosan  uzunchoq  miyada  joylashgan  va  bir  me‘yorda  nafas 
olishni,  shuningdek  bu  jarayonni  o‘zgaruvchan  sharoitga  moslashishini  ta‘minlovchi 
neyronlar  yig‘indisidir.  Nafas  markazi  o‘z  vazifasini  orqa  miyadagi  nafas  muskullari 
faoliyatini boshqaruvchi motoneyronlar orqali yuzaga chiqaradi. Markaz faoliyati uchun 
periferik retseptorlardan kelib turadigan afferent impulslarning ahamiyati katta. 
     Markaziy  nerv  tizimining  yuqori  qismlari  nafas  markazi  faoliyatiga  uzluksiz  ta‘sir 
ko‘rsatib turadi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish