Muqaddima


AVTONOM NERV TIZIMINING FAOLIYATLARGA TA'SIRI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

AVTONOM NERV TIZIMINING FAOLIYATLARGA TA'SIRI 
 
     Avtonom  nerv  tizimi  a'zolar  faoliyatini  uyg'unlashtirib,  hayotiy  jarayonlarning 
muvozanatini  ta'minlaydi.  Modda  almashinuvini,  a'zolar  va  markaziy  nerv  tizimi 
qo'zg'aluvchanligini ham boshqaradi. 
     A'zolarning  aksariyati  ham  simpatik,  ham  parasimpatik  nervlanishga  ega.  Ba'zilarini 
avtonom nerv tizimining uchinchi qismi – metasimpatik nerv tizimi ham boshqaradi. 
     Simpatik  nerv  tizimi  qo'zg'aalganda  organizmda  rivojlanadigan  o'zgarishlarni 
tasavvur  qilish  uchun  tashlanishga  yoki  qochishga  tayyorlangan  hayvonni  eslang.  Bu 
vaqtda  uning  qorachiqlari  kengayib,  ko'zlari  yonadi,  yuragi  gupillab  uradi,  teri  va 
ichkia'zolar qon  tomirlari torayib, skelet muskullari va  miya  tomarlari kengayadi. Havo 
yo'llarining silliq muskullari bo'shashib, kengayadi, o'pkaga havo ko'p kiradi. Shu tufayli 
organizmga  ko'p miqdorda kislorod yetkaziladi. Jigar va yog' hujayralari qonga ko'plab 
glyukoza va yog' kislotalar ajratadi, binobarin, miya va skelet muskullari energiya bilan 
yaxshi  ta'minlanadi.  Bu  o'zgarishlarning  barchasi  organizmning  qiyin  ahvoldan 
chiqishiga qaratilgan. 
     Parasimpatik tizimning qo'zg'alishi organizmda tinchlik va osoyishtalikka olib keladi. 
Yurak  urishi  soni  va  kuchi  kamayadi,  ichki  a'zolar  tomirlari  kengayadi,  qorachiqlar 
torayadi. Bronxlar ham torayadi. Bu vaziyat hayvon to'yib ovqat yegach, dam olayotgan 
holatga oxshaydi. Ko'pgina a'zolar faoliyatiga simpatik va parasimpatik tizimlar qarama-
qarshi  ta'sir  qiladi.  Masalan,  parasimpatik  nerv  bronxlarni  toraytirsa,  simpatik  nerv 
kengaytiradi,  birinchisi  yurak  qisqarishlarini  kamaytirsa,  ikkinchisi  ko'paytiradi.  Ammo 
bu qoidaga hamma faoliyatlar ham bir xil bo'ysunmaydi. Masalan, parasimpatik nervning 


 
 
92 
 
qo'zg'alishi  so'lak  bezlari  faoliyatini  kuchaytiradi.  Bunda  organik  moddalari  oz  bo'lgan 
so'lak ajraladi. Simpatok nervni ta'sirlash ham so'lak ajralishiga olib keladi. Ammo uning 
miqdori  oz,  organik  moddalarga  boy  bo'ladi.  Demak,  ba'zi  faoliyatlarni  boshqarishda 
avtonom nerv tizimining har ikkala qismi bir-biriga ko'maklashadi. 
     Yuqorida  simpatik  tizimnning  qo'zg'alishi  ko'z  qorachiqlarini  kengaytiradi, 
parasimpatik  tizim  esa  uni  toraytiradi,  degan  edik.  Ammo  bu  refleksda  avtonom  nerv 
tizimining bo'limlari o'rtasida qarama-qarshilik ham, hamkorlik ham yo'q. Gap shundaki, 
parasimpatik  nerv  rangdor  pardaning  xalqa  muskullarini,  simpatik  nerv  esa  radial 
muskullarni  nervlaydi.  Demak,  bu  nervlarning  effektori  boshqa-boshqa.  Simpatik  va 
parasimpatik tizimlar faqat faqat bitta effektorni nervlagandagina, raqiblik yoki hakorlik 
to'g'risida gap yuritish mumkin. 
     Avtonom nerv tizimining ahamiyatini aniqlashda ham olib tashlash usuli qo'llaniladi. 
Simpatik chegara stvoli butunlay olib tashlangan hayvonlarda bir qaraganda, ichki a'zolar 
faoliyati  uncha  o'zgarmaydi.  Qon  bosimi  me'yorida  bo'ladi,  hazm  tizimi  ovqatni 
yetarlicha  o'zlashtiradi,  urchish,  homilador  bo'lish,  bola  tug'ish  qobiliyatlari  saqlanib 
qoladi. Shunga qaramasdan, bunday hayvonlar issiq va sovuqqa, umuman, boshqa muhit 
o'zgarishlariga  yaxshi  moslash  olmaydilar.  Zararlovchi  omillarga  qarshilik  ko'rsatish 
qobiliyati susayib ketadi. Simpatoektomiya qilingan hayvonlarda xavf tug'ilganda, yurak 
urishining  tezlashishi,  qorachiqlarning  kengayishi,  skelet  muskullari  tomirlarining 
kengayishiga o'xshash himoya reaksiyalari kuzatilmaydi. 
     Parasimpatik nervlarni kesib tashlash ham a'zolar faoliyati uchun befarq emas. Sayyor 
nervni kesish yurak urishining tezlashishiga, ma'da bezlarida xlorid kislota ajralishining 
kamayishiga  va  boshqa  o'zgarishlarga  olib  keladi.  Ammo,  me'da-ichakning  harakati 
uncha  o'zgarmaydi.  Gap  shundaki,  preganglionar  parasimpatik  tolalar  hazm  a'zolari 
devoridagi silliq muskul tolalarida emas, balki metasimpatik tizim neyronlarida tugaydi. 
Bu  tolalar  kesilsa,  metasimpatik  tizim  me'da-ichak  harakatlarini  o'z-o'zicha  boshqarib 
turaveradi. 
     Metasimpatik  tizimning    yuqori  darajadagi  avtonomligi  shundaki, tarkibida  reflektor 
faoliyatni  to'la  ta'minlaydigan  tuzilmalar  bor.  Bu  tizimning  o'zida  sezuvchi  unsurlar  – 
mexano-,  xemo-,  termo-  va  osmoretseptorlar  mavjud.  Ulardan  tizim  tugunlari  sezuvchi 
tolalar orqali ichki a'zo devorlarining holati to'g'risida axborot olib turadi. Bu impulslar 
prqa va bosh miya markazlariga yetib borishi mumkin. 
     Metasimpatik  neyronlar  bir-biri  bilan  sinnapslar  yordamida  bog'lanib,  kovak  a'zolar 
devorida  to'rlar  hosil  qiladi.  Bu  yerda,  birinchidan,  sensor  axborot  tahlil  qilinadi. 
Ikkinchidan,  efferent  impulslar  shakllanib,  efferent  neyronlar  orqali  a'zo  harakatlariga 
o'zgartirish kiritib turiladi. 
     Yuqorida  simpatik  nerv  tizimining  ta'sir  o'tkazish  doirasi  kengligi  aytilgan  edi. 
Deyarli  hamma  a'zo  va  tizimlar  simpatik  nervlarga  ega.  Parasimpatik  tizim  nazorat 
qiladigan doira ancha tor. Ba'zi a'zo va to'qimalarda parasimpatik nervlar umuman yo'q.  
Metasimpatik  tizim  ta'siri  juda  chegaralangan.  U  faqat  o'z-o'zidan  harakat  qilish 
qobiliyati bo'lgan ichki a'zolarga tarqaladi. 
     Ichki  a'zolarda  metasimpatik  mahalliy  boshqaruv  tizim  mavjudligining  fiziologik 
mohiyati shundaki, u markaziy nerv tizimini bu faoliyatlarni boshqarishdagi ishtirokdan 
ko'p jihatdan xolis qiladi, boshqarish esa ishonchli bo'ladi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish