Muqaddima


AVTONOM NERV TIZIMINI BOSHQARUVCHI MARKAZLAR



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

AVTONOM NERV TIZIMINI BOSHQARUVCHI MARKAZLAR 
 


 
 
93 
 
     Gipotalamus  va  miya  stvoli  markaziy  nerv  tizimining  avtonom  nerv  tizimiga  kuchli 
ta'sir  o'tkazuvchi  qismlar  hisoblanadi.  Ammo  miyaning  boshqa  sohalari  ham  (limbik 
tizim, miyacha) ichki a'zolar faoliyatiga avtonom nervlar orqali boshqarishda va somatik 
faoliyatlar bilan bog'lashda ishtirok etadi. 
     Orqa  miyaning  oxirgi  bo'yin  segmenti  va  birincchi-ikkinchi  ko'krak  segmentlarida 
spinotsiliar simpatik markaz joylashgan. Bu markazdagi neyronlar ko'z soqqasining silliq 
muskullarini,  tepe  qovoq  muskullaridan  birini,  qorachiqlarni  kengaytiruvchi  muskulni 
nervlaydi.  Bu  markaz  yoki  undan  boshlangan  nerv  tolalari  ta'sirlanganda  qorachiq 
kengayadi,  qovoqlar  ochiladi,  ko'z  soqqasi  chaqchayadi.  Markaz  shikastlansa,  aks 
o'zgarishlar ro'y beradi – qorachiq va ko'z yorig'i torayadi, ko'z soqqasi botib ketadi. 
     Birinchi  beshta  ko'krak  segmentlaridagi  simpatik  neyronlarni  yurak  va  bronxlarni 
nervlashga  dahli  bor.  Ular  bilan  bog'liq  postganglionar  neyronlar  asosan  yulduzsimon 
tugunda  joylashgan.  Bu  neyronlarning  qo'zg'alishi  yurak  urishini  kuchaytiradi, 
tezlashtiradi, bronxlarni kengaytiradi. 
     Torako-lyumbal  simpatik  yadroning  hamma  segmentlarida  qon  tomirlarni  va  ter 
bezlarini  nervlaydigan  neyronlar  bor.  Bu  neyronlar  shikastlansa,  qon  tomirlar  tonusi 
yo'qoladi, ter ajralmay qoladi. 
     Orqa  miyaning  dumg'aza  segmentlarida  najas  va  siydik  chiqarish,  jinsiy  reflekslarni 
boshqarishda 
ishtirok 
etadigan 
parasimpatik 
neyronlar 
joylashgan. 
Ularning 
shikastlanishi  jinsiy  reflekslarning  yo'qolishiga,  to'g'ri  ichak  va  qovuq  faoliyatlari 
buzilishiga olib keladi. 
     Yuqorida  gipotalamusning  visseral  faoliyatlarni  boshqaruvchi  asosiy  po'stloqosti 
markaz  ekani  aytilgan  edi.  Gipotalamus  bu  mas'uliyatli  ishni  bir  nechta  mexanizmlar 
yordamida  boshqaradi.  Birinchidan,  gipotalamusning  gipofizotrop  sohasi  gipofizdan 
gormonlar  ajralishini  o'zgartirib,  moddalar  almashinuvuga  va  ichki  a'zolar  faoliyatiga 
doimo  ta'sir  o'tkazib  turadi.  Bu  gipotalarno-gipofizar  tizim  to'g'risida  batafsil  ma'lumot 
ichki sekretsiya bezlariga bag'ishlangan bobda berilgan. 
     Ikkinchidan,  gipotalamusdagi  ma'lum  hujayralar  qonning  pH,  kationlar  miqdori,  O
2
 
va  CO

 tarangligi  o'zgarishiga  juda sezgir. Supraoptik  yadroda  qonning  sistolik bosimi 
o'zgarishini  sezuvchi,  ventromedial  ydroda  –  glyukoza  miqdori,  oldingi  gipotalamusda 
esa  jinsiy  gormonlar  miqdori  o'zgarishini  sezuvchi  hujayralar  bor.  Demak, 
gipotalamusning 
hujayralari 
retseptorlar 
vazifasini 
bajarib, 
gomeostatik 
ko'rsatkichlardagi  o'zgarishlarni  nerv  impulsiga  aylantirib,  sodir  bo'lgan  o'zgarishlarni 
asli  holiga  keltiruvchi  mexanizmlarni  ishga  soladi.  Bu  impulslar  o'zgargan  gomeostatik 
ko'rsatkich tiklanmaguncha, yo'qolmaydi. 
     Uchinchidan,  ma'lumki,  gipotalamusning  orqa  yadrolarini  ta'sirlash  xuddi  simpatik 
tizim  qo'zg'alganidagi  kabi  natija  beradi.  Qorachiqlar  va  ko'z  yorig'i  kengayadi,  yurak 
urishi tezlashadi, qon bosimo ortadi, qonda adrenalin va noradrenalin, glyukoza miqdori 
ko'payadi va hokazo. 
     Gipotalamusning  oldingi  yadrolari  ta'sirlanganda  kuzatiladigan  o'zgarishlar 
parasimpatik  tizim  qo'zg'algandagi  o'zgarishlarga  o'xshaydi.  Qorachiq  va  ko'z  yorig'i 
torayadi,  qon  bosimi  pasayadi,  qonda  glyukoza  miqdori  kamayadi  va  hokazo.  Demak, 
gipotalamus  ichki  a'zolarga  va  gomeostaz  mexanizmlariga  simpatik  va  parasimpatik 
markazlar orqali ta'sir o'tkazadi. 
     Limbik  tizimning  yana  bir  nomi  visseral  miya  ekani  bejiz  emas.  Bu  tizimning  qaysi 
bir  tuzilmasiga  elektr  toki  bilan  yoki  kimyoviy  ta'sir  ko'rsatilmasin,  so'lak  ajralishi 
ko'payadi,  teri  tuklari  dikkayadi,  yurak-qon  tomir,  nafas,  hazm  tizimlari  faoliyatida 


 
 
94 
 
sezilarli  o'zgarishlar  paydo  bo'ladi.  Ayni  vaqtda  ancha  murakkab  bo'lgan  chaynash  va 
yutish harakatlari ham sodir bo'ladi. Limbik tizim ovqatlanish va suv ichish bilan bog'liq 
bo'lgan  xatti-harakatlarning  shakllanishida  yetakchi  o'rin  tutadi.  Asosan  harakatlarni  va 
muskullar  tonusini  boshqarishda  ishtirok  etadigan  miyacha  ichki  a'zolar  faoliyatini 
boshqarishda  ham  ishtirok  etadi.  Miyachaning  ma'lum  qismini  ta'sirlash  simpatik  nerv 
tizimi  qo'zg'alganda  kuzatiladigan  o'zgarishlarni  deyarli  to'la  takrorlaydi^  qorachiqlarni 
kengaytiradi,  qon  tomirlarni  toraytiradi,  yurak  urishini  tezlashtiradi  va  hokazo. 
Miyachasi olib tashlangan hayvonlarda me'da va ichak harakatlari o'zgaradi. 
     Bosh 
miya 
po'stlog'i 
organizmdagi 
jarayonlarning 
hammasini 
o'zaro 
monandlashtiribb, boshqaradigan markazdir. Shu jumladan, avtonom nerv tizimiga ham, 
beixtiyor  sodir  bo'layotgan  jarayonlarga  ham  ta'sir  o'tkazadi.  Miya  po'stlog'ining  ba'zi 
sohalari  elektr  toki  bilan  ta'sirlanganda  yoki  bu  sohalar  olib  tashlangandan  keyin 
rivojlanadigan o'zgarishlar shundan dalolat beradi. Avtonom tizim orqali boshqariladigan 
a'zolarning  har  qaysisidagi  o'zgarishlarning  qarama-qarshi  bo'lishi  xosdir.  Masalan, 
po'stloq  ta'sirlanganda  qon  bosimi  ko'tariladi  yoki  pasayadi,  me'da-ichak  harakatlari  
tezlashadi  yoki  tormozlanadi.  Po'stloq  sohalari  ichida  peshona  bo;limlari  ichki  a'zolar 
faoliyatiga  ayniqsa  kuchli  ta'sir  ko'rsatadi.  Ularni  avtonom  nervlanishining  oliy 
markazlari, deyilishi bejiz emas. 
     Miya  po'stlog'ining  nerv  tizimlariga,  ular  orqali  ichki  a'zolar  faoliyatiga  ta'sir 
ko'rsatishida  ichki  a'zolarda  interoretseptorlar  tufayli  uzluksiz  po'stloqqa  bevosita  kelib 
turadigan  impulslar  ahamiyatga  ega.  I.P.Pavlov  o'z  vaqtida  organizmda  maxsus 
interoretseptor  analizator  bor,  deb  bekorga  aytgan  emas.  Hozir  organizmda  murakkab 
kortiko-visseral  munosabatlar  borligi  isbotlangan.  Bu  munosabatlarni  po'stloq  va 
pos'tloqosti  tuzilmalarini  bog'lab  turuvchi  yo'llar  ta'minlaydi.  Visseral  faoliyatlarga 
po'stloq  nazoratini  yetkazib  turadigan  tolalarning  bir  qismi  piramida  yo'li  tarkibida 
o'tgan. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish