Muqaddima


ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FIZIOLOGIYASI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FIZIOLOGIYASI 
 
     Endokrin bezlar nerv tizimi bilan bir qatorda organizm faoliyatini  boshqarishda juda 
katta  ahamiyatga  ega.  Endokrin  tizimga    o'zaro  mustaqil  bo'lgan  uchta  bo'lakdan  iborat 
gipofiz,  jinsiy  bezlar,  buyrak  usti  bezining  po'stloq  va  mag'iz  qismlari,  me'da  osti 
bezining  Langergans  orolchalaridagi  hujayralar,  qalqonsimon  bez  va  qalqonsimon  bez 
oldi bezlari, epifiz, hazm a'zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrin 
tizim maxsus moddalar – gormonlar yordamida ta'sir qiladi. Gormon ishlab chiqaruvchi 
endokrin bezlarning chiqaruv yo'llari yo'q. Sintezlangan moddalar to'g'ridan-to'g'ri qonga 
o'tadi. 
     Gormonlarning o'ziga xos bir nechta xususiyatlari bor. 
1.  Har bir gormon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi. 
2.  Har bir gormon muayyan a'zo va faoliyatlarga ta'sir etib, ularda o'ziga xos o'zgarishlar 
paydo qiladi. 
3.  Gormonlar  yuqori  biologik  faollikka  ega  (1  g  adrenalin  10  mln  ajratib  olingan  baqa 
yuragining ishini tezlashtira oladi). 
4.  Gormon  ishlab  chiqaradigan  bez  bilan  u  ta'sir  qiladigan    nishon  a'zo  orasida  odatda 
ma'lum masofa bo'ladi (distant ta'sir). 
5.  Gormonlar hujayra membranalaridan o'tish qobiliyatiga ega. 


 
 
95 
 
6.  Gormonlar nisbatan tez parchalanadi. Yarim parchalanish davri bir necha sekunddan 
(peptid goormonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi. 
7.  Ko'pchilik gormonlarning turga oid spetsifik xossalari yo'q. 
8.  Gormonlar  faqat  hujayralarda  yoki  ularning  faol  tuzilmalarida  ro'y  beruvchi 
jarayonlarga ta'sir etadi. 
     Kimyoviy  tuzilishiga  ko'ra  gormonlarni  bir  necha  guruhga  bo'lish  mumkin.  Bular: 
aminlar,  yodtironinlar,  kichik  peptidlar,  oqsillar,  glikoproteinlar  va  steroidlar.  Amin 
gormonlar  guruhini  dofamin,  noradrenalin,  adrenalin  va  melatonin  tashkil  qiladi. 
Yodtironinlar  tiroksin  (T
4
)  va  triyodtironindan  (T
3
)  iborat.  Peptid  gormonnlar  guruhiga 
antidiuretik  gormon  (ADG),  oksitotsin,  melanotsitlarni  rag'batlantiruvchi  gormon 
(MSG),  tireotropin-rilizing  gormon  (TRG),  gonadotropin-rilizing  gormon  (GnRG), 
somatostatin  (SRIF),  kortikotropin-rilizing  gormon  (KRG),  somatokrinin  (STG-RF), 
angiotenzin kiradi. 
     Gormonlar guruhlari orasida oqsil gormonlar eng kattasidir. Uni quyidagi gormonlar 
tashkil  qiladi:  insulin,  glyukagon,  o'sish  gormoni,  platsentar  laktogen,  prolaktin, 
paratgormon,  enkefalin,  kalsitonin,  adrenokortikotrop  gormon,  sekretin,  xoletsistokinin, 
gastrin,  me'daning  ingibirlovchi  peptidi.  Glyukoproteid  gormonlarga  follikullarni 
rag'batlantiruvchi,  lyuteinlovchi,  qalqonsimon  bezni  rag'batlantiruvchi  gormonlar  va 
xorionik  gonadotropin  kiradi.  Glyukokortikoidlar,  estrogenlar,  testosteron,  progesteron, 
aldosteron steroid goormonlardir.    
     Vazifasiga ko'ra gormonlarni uch turga bo'lish mumkin: 
I. 
Nishon-a'zolarga bevosita  ta'sir qiluvchi gormonlar (effektor-gormonlar). 
II. 
Effektor  gormonlarning  sintezi  va  ajralishini  boshqaradigan  gormonlar 
(glandotrop gormonlar). 
III. 
Gipotalamusning nerv  hujayralarida  sintezlanuvchi va glandotrop gormonlarning 
ajralishini  boshqaruvchi  rilizing-gormonlar  va  ingibitor-gormonlar.  Shu 
gormonlar tufayli endokrin tizim markaziy nerv tizimi bilan bog'lanadi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish