204
Odam kun davomida bir necha marta ovqatlanadi, shu tufayli ingichka ichakda
deyarli doimo ximus bo`ladi. Shuning uchun ichak harakatlari davriyligini maxsus
sharoitda, 15—20soat ovqat iste‘mol qilmagandagina kuzatish mumkin.
Ovqatni iste‘mol qilish jarayoni ingichka ichak harakatlarini kuchaytiradi (5‘-rasm).
Tinch holatda bo`lgan ichakning ovqat istemol qilish natijasida faol holatga o
`
tishi shartli
reflekslarga bog'liq.
Agar ovqat ingichka ichak faol harakatda bo`lganda yeyilsa, uning. qisqarishlari 30—
‗0 sekundga tormozlanadi, keyin tiklanadi va bir necha soat uzluksiz davom etadi.
Ovqat yeyila boshlaganda kuzatiladigan ichak motorikasining tormozlanishi og
‘
iz
bo
`
shligidagi retseptorlardan yuzaga chiqadigan shartsiz reflekslarga bog`liq. Hazm
vaqtida ingichka ichak qisqarishlarining bir necha xilini kuzatish mumkin. Ammo,
hozirgacha ularning yagona tasnifi yo‗q. Oqibat natijasiga qarab, ximusning aralashishini
va ezilishini ta‘minlovchi mahalliy (chegaralangan) va katta masofaga tarqalib, ximusni
ichak bo‘ylab siljitadigan qisqarishlar tafovut qilinadi.
5‘-rasm. Tinch holatdagi ingichka ichakning ovqatga javobi. A—sogiom itda; В—12
кип; V—21 kun davomida fistula orqali o‘t-safro yo'qotganida. Ovqat berish vaqt
chizigida ko
‘
rsatilgan.
P. G, Bogach tasnifi bo‗yicha ovqat hazmi vaqtida kuzatiladigan ingichka ichakning
qisqarishlari uch turga bo`linadi. Birinchi turdagi qisqarishlar — bir fazali ritmik
qisqarishlar (mayatniksimon qisqarishlar. ritmik segmentlanish) ximusni deyarli
siljitmaydi, ammo uni yaxshi aralashishini ta‘minlaydi. Bu xildagi qisqarishlarning
chastotasi bir daqiqada 17—20 ga teng.
Ximusning ichak bo‗y lab tez siljishini ikkinchi turdagi qisqarishlar ta‘minlaydi. Ular
birinchi turdagi qisqarishlarni qamrab otgan ichak tonusi ortishini ifodalovchi
toiqinlardir. Bu qisqarishlarni peristaltik qisqarishlar ham deyishadi (55-rasm). Bunday
qisqarishlar 20—‘0—60 sekund davom etishi mumkin. To
‘
q hayvonlarda bir necha
minut davom etuvchi uchinchi turdagi tonik qisqarishlar ham kuzatiladi.
55-rasm. Ingichka ichakning mayatniksimon(a) va peristaltik. (b)qisqarishlari
Ingichka ichak harakatlarining xususiyati shuki, ritmik qisqarishlari juda turg'un
chastotaga ega. Ichak tashqi nervlarini kesish, nikotin yordamida ichak devoridagi nerv
chigallarini falajlash, narkotik moddalarni qollash ritmik qisqarishlar sonini uncha
o'zgartirmaydi. Bu o‗n ikki barmoq ichakka umumiy o
‘
t yo`li ochiladigan segmentda
joylashgan ritm yetakchisining faoliyatiga bog`liq. Ingichka ichakning ritmik
qisqarishlarini yuzaga chiqaradagan impulslar mana shu ritm yetakchisida paydo bo`lib,
asosan uzunasiga joylashgan silliq muskul tolalari orqali tarqaladi.
Bu tolalar kesilsa, impulslarning o
‘
tishi to'xtaydi, ichakning kesimdan yuqori qismi
oldingi ritmda. kesimdan distalroq qismi esa ancha past chastotada qisqaradi.
Ritm yetakchisining avtomatiyasiga ichakning tashqi nervlari ham, o'zidagi nerv
chigallari ham sezilarli ta‘sir o‗tkaza olmagan bir paytda organizmining jumladan, ichak
to'qimalarnmg modda almashinuviga ta‘sir qiluvchi omillar ritmik qisqarishlar sonini
o'zgartiradi. Tajribalarda ot-safroni fistula yordamida tashqariga chiqarib qo'yish,
qalqonsimon bezni olib tashlash, yuqori harorat va quyosh nurlari bilan ta‘sir etish
ingichka ichakning ritmik qisqarishlari sonini ancha
kamaytiradi,
Nerv tizimi ritmik qisqarishlar soniga ta‘sir qilmasada, amplitudasi va ichak
muskullari tonusini boshqarishda ishtirok etadi. Parasimpatik nervlar va ularning
oxirlarida ajraladigan asetilxolin ichak harakatlarini kuchaytiradi. Simpatik nerv tizimi
va uning mediatorlari—adrenalin va noradrenalin odatda ichak silliq muskullari
205
qisqarishlarini tormozlaydi. Shu bilan bir qatorda, noradrenalin va adrenergik nerv
tolalarining qo
‘
zg
‘
alishi sfinkterlarni qisqartiradi.
Parasimpatik va simpatik tolalar hazm tizimining turli qismlaridan yuzaga chiqib,
ingichka ichak harakatlariga ta‘sir qiladigan reflekslarning efferent yo`li bo`lib xizmat
qiladi. Bu reflekslarga qo‗zg‗atuvchi qizilo
‘
ngach-ichak, qo‘zg
‘
atuvchi me‘da-ichak,
qo‗zg
‘
atuvchi va tormozlovchi yo
‘
g
‘
on ichak-ingichka ichak reflekslari kiradi. Bu
reflekslar yuzaga chiqaradigan natija ma‘lum qoidaga bo'ysunadi: hazm tizimining qaysi
nuqtasi ta‘sirlanmasin, bu nuqtadan yuqoridagi qismlarining harakatlari tormozlanadi,
undan distalroq qismlarda harakat tezlashadi.
Adrenergik tormozlanishdan tashqari, ingichka ichakda tabiati noadrenergik va
noxolinergik bo`lgan tormozlanish ham kuzatiladi. Bu tormozlanishning yuzaga
chiqishida mediator vazifasini vazoaktiv ichak peptidi bajarsa kerak.
Markaziy nerv tizimining turli qismlari ichak harakatlarini boshqarishda ishtirok
etadi. Gipotalamusning oldingi va oraliq yadrolarini qo
‘
zg
‘
atish ichak harakatlarini
tezlashtirsa, orqa gipotalarnik yadrolarning qo`zg
‘
alishi tormozlaydi. Katta yarim
sharlarning po
‘
stlog
‘
i gipotalamus va limbik tizim orqali ichak harakatlariga ta‘sir qiladi.
Bu ta
?
sirlar ikkinchi signal tizimi orqali yuzaga chiqishi mumkin: tansiq ovqat
to
‘
g
‘
risidagi gapning o
‘
ziyoq ichak harakatlarini kuchaytiradi, ovqatga bog`liq noxush
gaplar aksincha, ichak motorikasini tormozlaydi. KaxdRyatning o
‘
zgarishlari
(g
‘
azablanish, - zerikish, qo
‘
rqish) ham ichak harakatlarini susaytiradi.
Ichki sekretsiya bezlarining ingichka ichak motorikasiga ta‘siri ancha kuchli.
Qalqonsimon bez gormonlari miqdorining qonda ko
‘
payishi ingichka ichak harakatlarini
jadallashtiradi va ovqatni ichakdan olish vaqtini qisqartiradi. Bu gormonlar miqdori
qonda kamayib ketsa, ichak harakatlari tormozlana boshlaydi: ritmik qisqarishlar soni va
amplitudasi kamayadi. Qalqonsimon bez olib tashlangandan keyin ingichka ichakning
reflektor reaksiyalari ham oVzgaradi. Odatda ovqat iste‘mol qilish bir necha
sekunddayoh tinch turgan ingichka ichakni harakatga keltiradi. Bu harakatlar bir necha
soatgacha uzluksiz davom etadi. Qalqonsimon bezi olib tashlangan hayvonlarda ichak
harakatlari ovqat berilganda 1,5—2,0 daqiqadan keyin boshlanib, bir ikki daqiqada
tugaydi. 10—12
daqiqa o'tgacha, qisqarishlar yana paydo bolib, uzoq davom etadi. Bu qisqarishlar
amplitudasi va chastotasi pastligi yaqqol bilmadi.
Buyrak usti bezining kortikoid gormonlari va ularning qonga o'tishini tezlashtiradigan
AKTG ingichka ichak tonusini orttiradi. Gipofizning orqa bo'lagi gormonlari ichak
harakatlarini tormozlash xususiyagtiga ega. Bir qator ichak gormonlari (motilin,
xolesistokinin-pankreozimin, R-modda, gastrin) ichak harakatlarini jadallashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: