Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

LEYKOTSITLAR 
 
     Leykotsitlar  qonning  maxsus  pigmentga  ega  bo`lmagan  yadroli  hujayralaridir. 
Rangsiz  bo`lganidan,  oq  qon  tanachalari,  deb  ham  atashadi.  Sog‘lom  odamning  1  mm
3
  
qonida 4000-9000 leykotsit uchraydi. Ularning soni doimo bir xilda turmaydi. Fiziologik 
sharoitlarda  organizmning  faollik  holatiga,  tun  va  kunga,  hamda  boshqa  omillarga 
bog‘liq  holda  leykotsitlar  soni    o‘zgarib  turadi.  Leykotsitlar  soni  10000  dan  oshib 
ketganda leykotsitoz to‘g‘risida, 4000 dan kamayib ketganda, leykopeniya to‘grisida gap 
yuritish mumkin. 


 
 
124 
 
     Fiziologik  va  reaktiv  leykotsitozlar  tafovut  qilinadi.  Ovqatlanish,  jismoniy  mehnat 
qilish,  qattiq  hayajonlanish,  biror  joyning  juda  og‘rishi  periferik  qonda  leykotsitlar 
sonining  ko‘payishiga  olib  keladi.  Bu  lekotsitoz  organizmdagi  oq  qon  tanachalarining 
qayta taqsimlanishi natijasi hisoblanadi. Taloq, ko‘mik, o‘pkada  bo`lib, qon aylanishida 
ishtirok etmagan leykotsitlar aytib o‘tilgan omillar ta‘sirida qonga o‘tadi va soni ortadi. 
Reaktiv  leykotsitoz  esa  qon  yaratish  a‘zolaridan  ko‘p  miqdorda  uncha  yetilmagan 
leykotsitlarning  ajralishiga  bog‘liq.  Leykotsitozning  bu  turi  ko‘pincha  o‘tkir 
yallaig‘lanishning belgisi bo`ladi. 
     Leykopeniya  ba‘zi  kuchli  toksinlar  ishlab  chiqaradigan  mikroblar  paydo  qilgan 
kasalliklarning  alomati  hisoblanadi.  Radioaktiv  nurlanish,  zaharli  moddalarning 
surunkali ta‘siri ham leykopeniyaga olib keladi. 
     Leykotsitlarning  barcha  turlari  amyobasimon  harakat  qilish  qobiliyatiga  ega.  Ba‘zi 
kimyoviy  ta‘sirlovchilar  leykotsitlarni  o‘ziga  tortadi.  Ular  kapillyarlar  devoridan  o‘tib, 
shu  ta‘sirlovchilar  (mikroblar,  organizmning  yemirilayotgan  hujayralari,  yot  tanachalar 
va  boshqalar)  tomon  harakat  qiladi.  Bu  hodisaga  musbat  xemotaksis,  deyiladi. 
Shikastlovchi omillarga yetib borgach, leykotsitlar ularni o‘z sitiplazmasi bilan qamrab 
olib,  fermentlar  yordamida  parchalaydi    -  faot  ro‘y  beradi.  Yakka  leykotsit  15-20  ta 
mikrob hujayrasini qamrab olishi mumkin. Fagotsitozdan tashqari, leykotsitlar organizm 
himoyasi  uchun  muhim  bo`lgan  bir  qator  moddalarni  ajratadi.  Bu  moddalar 
bakteriyalarga,  toksinlarga  qarshi  xossalarga  ega  bo`lgan  antntelolar,  hamda 
jarohatlarning bitishini tezlashtiruvchi omillar bo`lishi mumkin. 
     Leykotsitlar  qobig‘i  yuzasiga  ba‘zi  moddalarni  biriktirib  olib,  ularni  kerakli  joyga 
yetkazadi. 
     Protoplazmasida  turli  bo‘yoqlarga  bo‘yaladigan  zarrachalar  bor-yo‘qligiga  qarab, 
leykotsitlar ikkita guruhga bo`linadi: granulotsitlar (donali leykotsitlar) va agranulotsitlar 
(donasiz leykotsitlar). 
     Donali  leykotsitlar  barcha  leykotsitlar  umumiy  sonining  60%  ini  tashkil  etadi. 
Donalari  kislotali  (eozin),  asosiy  va  neytral  bo‘yoqlar  bilan  bo‘yalishiga  qarab,  ularni 
eozinofillarga,  bazofillarga  va  neytrofillarga  bbo`linadi.  Limfotsitlar  va  monotsitlar 
donasiz  leykotsitlardir.  Leykotsitlarning  turlari  o‘rtasida  ma‘lum  nisbat  saqlanadi. 
Leykotsitlarning turlari o‘rtasidagi foiz birligida ifodalangan nisbatga leykotsitar formula 
yoki leykogramma, deyiladi (6-jadval). 
 
6-jadval 
Katta yoshli odamning leykotsitar formulasi 
  
Granulotsitlar 
Agranulotsitlar 
1. Neytrofillar – 50-70% 
1. Limfotsitlar – 20-40% 
2. Eozinofillar – 1-5% 
2. Monotsitlar – 2-10% 
3. Bazofillar – 0-1% 
 
 
     Eozinofillar  (1-5%0  oqsil  tabiatli  toksinlarni  va  yot  oqsillarni  parchalaydi,  hamda 
zararsizlantiradi.  Allergiya  holatida,  masalan,  ichakda  gijja  ko‘payib  ketganda, 
organizmda  autoimmun  jarayonlar  rivojlanganda,  eozinnofillar  soni  ko‘payadi.  Qonda 
kortikosteroid gormonlarning miqdori oshganda, eozinofillar soni kamayadi. 
     Bazofillar  (0-1%)  protoplazmasida  uchraydigan  katta-katta  donalarda  geparin  va 
gistamin  bor.  O‘tkir  yallig‘lanishning  regenerativ  (yakunlovchi)  bosqichida  qondagi 


 
 
125 
 
bazofillar  soni  oshadi.  Geparin  qonning  mayda  tomirlarda  ivishiga  yoi  qo‘ymaydi, 
gistamin esa bu qon tomirlarni kengaytiradi. Bu esa yallig‘lanish o‘choqlarida so‘rilish 
va bitish jarayonlariga yordam beradi. 
     Yog‘li ovqat iste‘mol qilingandan keyin bazofillar soni ortadi. Ularga bog‘liq bo`lgan 
geparin  lipolizni  tezlashtiradi,  ko‘p  miqdorda  so‘rilgan  yog‘  parchalanadi  va  plazmada 
erkin yog‘ kislotalari  konsentratsiyasi ortadi. Bazofillarning umri taxminan 12 soat. 
     Neytrofillar  (70%)  qonda  6-8  soat  aylanib,  amyoba  singari  harakat  qilib,  shilliq 
pardalarga  o‘tadi.  Organizmda  mikroblar  kirgan  joyga  neytrofillar  to‘planadi.  Ular 
mikroblar  bilan  to‘qnashib,  mikroblarni  o‘rab  oladi.  Bir  neytrofil  15-20  ta  bakteriyani 
qamrab,  lizosomasidagi  fermentlar  (proteaza,  peptidaza,  dezoksiribonukleaza,  lipaza) 
yordamida hazm qiladi va yo‘qotadi. Agar neytrofil  bu ishni bajara olmasa, o‘zi halok 
bo`ladi.  Yiring  asosan  neytrofillar  va  ularning  qoldiqlaridan  iborat.  Neytrofillar  – 
nospetsifik  immunitetning  eng  muhim  qismi.  Ular  mikrob  va  yot  oqsillarga  qarshi 
antitelolar ishlab chiqarish yoki o‘z membranasiga biriktirib olish qobiliyatiga ega. 
     Neytrofillar  yordamida  odamning  jinsini  aniqlash  mumkin.  Odamda  ayol  genotipi 
bo`lsa,  500    neytrofilning  kamida  7  tasida  ―nog‘ora  tayoqchalar‖  uchraydi. 
Tayoqchalarning  uchi  diametri  1,5-2  mkm  li  dumdloq  shish  bo`lib,  ingichka  xromatin 
ko‘prikcha  yordamida  yadroning  bir  segmentiga  bog‘langan.  Jinsning  bu  belgisi  jinsiy 
a‘zolar anomaliyasida to‘gri davolash usulini tanlashda yordam beradi. 
     Limfotsitlar  (20-40%)  ko‘pgina  a‘zolarda,  chunonchi,  limfa  tugunlarida,  taloqda, 
ayrisimon  bezda,  bodomcha  bezlarida,  ko‘richakda,  ichakning  shilliq  pardasida, 
ko‘mikda  rivojlanadi.  Bu  hujayralarning  yadrosi  yirik,  atrifidagi  protoplazma  yupqa 
bo`ladi.  Odam  qonida  bir  necha  xil  limfotsitlar  uchraydi.  Ular  ko‘mikdagi  limfoid 
hujayralardan  rivojlanib,  qon  orqali  o‘zlari  differensiatsiya  bo`ladigan  (yetiladigan) 
to‘gimalarga yetkaziladi. Limfotsitlarning bir qismi ayrisimon bezda (timusda) joylashib, 
ko‘paya boshlaydi. Timusda yetilgan limfotsitlar T-limfotsitlar deb ataladi. Ular qondagi 
limfotsitlarning ko‘p qismini (60%) tashkil qiladi (32-rasm). 
     T-lifotsitlar o‘z navbatida T-killerlar va T-xelperlarga bo`linadi. 
     Limfotsitlarning  ozroq  qismi  boshqa  a‘zolarda  rivojlanadi.  Qushlarda  bu  a‘zolarga 
fabritsiy xaltasi (bursa), sut emizuvchilarda ingichka ichakda va ko‘r ichakda joylashgan 
limfa tugunlari, bodomcha bezlar  kiradi. Bu a‘zolarda  rivojlanub, yetilgan limfotsitlar 
B-limfotsitlarni tashkil qiladi. 
     Limfoid hujayralarning bir qismi differensiatsiyaga uchramaydi. Ular limfotsitlarning 
10-20%  iga  teng  0  guruhni  tashkil  qiladi.  Zarurat  tug‘ilganda  bu  tanachalar  T-va  B-
limfotsitlarga  aylanadi.  Umuman  limfotsitlar  makrofag,  fibroblast,  monotsit  va 
to‘qimalar  tiklanishida  ishtirok  etuvchi  boshqa  hujayralarga  aylanishi  mumkin.  B-
limfotsitlar  organizmga  tushgan  antigenlarga  (yot  oqsil,  toksinlarga)  qarshi  antitelolar 
hosil qiladi. Antitelolar antigen bilan birikib, ularning fagotsitoz yo`li bilan yo‘qotilishini 
tezlashtiradi. 
     Odam organizmida antitelolardan tashqari, yana bir qator gumoral immunitet omillari 
bor.  Ko‘pgina  to‘qima  va  suyuqliklarda  lizotsim  uchraydi.  U  hujayra  membranasini 
yemirib,  halokatga  olib  boradi.  Sog‘lom  odamning  qon  plazmasida  oqsilsimon  omil  – 
properdin uchraydi. U bakteritsid va viruslarga qarshi xususiyatlarga ega. 
     Hujayralarda  interferon  degan  suvda  eruvchi  oqsil  ishlanadi.  Interferon  organizmda 
viruslarning ko‘payishiga yoi qo‘ymaydi. 
     Antitelolar  gumoral  immunitatning  spetsifik  omillari  bo;lsa,  lizotsim,  properdin, 
interferonlar bu tizimning nospetsifik omillari hisoblanadi. 


 
 
126 
 
     Organizmda  hujayra  immun  tizimi  ham  mavjud.  Bu  tizim  faoliyatida 
immunokompetent T-limfotsitlar asosiy rol o‘ynaydi. 
     Organizmda  antigen  paydo  bo`lishi  bilan  limfotsitlar  u  tomonga  oshiqadi. 
Membranasida  antigenlarni  tanuvchi  maxsus  retseptorlar  bor.  Bu  retseptorlarning  xili 
shunchalik ko‘pki, tabiatda uchraydigan antigenlarning hammasiga mos kela oladi. Ular 
ta‘sirida limfotsitlar faol holatga o‘tib, zudlik bilan bo`lina boshlaydi va qisqa vaqt ichida 
juda ko‘payib ketadi. Paydo bo`lgan yangi limfotsitlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra bir-
biridan  farq  qiladi.  Ularnning  bir  turi  (limfotsit-effektorlar)  antigenga  hujum  qilib,  uni 
yemiradi.  Antigenning  limfotsit-effektor  bilan  birikishiga  T-xelperlar  (yordamchilar) 
yordam  beradi.  Ikkinchi  turdagi  limfotsitlar  –  plazmatik  hujayralar  antitelolar  ishlab 
chiqaradi.  Bu  antitelolar  antigenni  zararsizlantiradi  yoki  parchalaydi.  Uchinchi  turdai 
limfotsitlar – xotira hujayralari jangda ishtirok etmaydi. Ularning vazifasi shu antigenni 
eslab  qolish  va  ikkinchi  marta  organizmda  paydo  bo`lsa,  ishonchli  mudofaani 
ta‘minlashdan iborat. 
     Xotira hujayralar ona-limfotsitdan yetukroq bo`ladi. Muayyan antigen ikkinchi marta 
paydo  bbo`lsa,  xotira  hujayralari  tez  bo`lina  boshlaydi.  Ulardan  ham  plazmatik 
hujayralar va limfotsit-effektorlar vujudga keladi. Ammo bu jarayon birinchi galdagidan 
tezroq sodir bo`lgani uchun antigen hujumi qisqa vaqtda bostiriladi. 
     Shuni  alohida  qayd  qilish  kerakki,  limfotsitlar  organizmning  o‘z  hujayralaridan 
mutatsiya sababli paydo bo`lgan yot hujayralarni ham topib, yemiradi. Har lahzada odam 
organizmida  bunday  hujayralardan  bir  necha  million  bo`ladi.  Mutatsiyaga  uchrab, 
organizm  uchun  yot  bo`lib  qolgan  hujayralar  yo‘qotilmasa,  tez  ko‘payib,  shish  paydo 
bo`lishiga olib keladi. Demak, limfotsitlar organizmning hujayra barqarorligini saqlanib 
turishini ham ta‘minlaydi. 
     Limfotsitlar jarohatlangan to‘qimalarning tiklanishida bevosita qatnashadi. 
     Monotsitlat  –  leykotsitlarning  eng  kattasi.  Ularning  diametri  12-20  mkm. 
Monotsitlarning  nisbiy  miqdori  4-8%.  Ko‘mikda  hosil  bo`ladi,  ammo  qonda  xali 
yetilmagan  holda  paydo  bo`ladi.  Qon  tomirlardan  monotsitlar  atrofdagi  to‘qimalarga 
chiqib, yetiladi va harakatsiz hujayralarga – gistiotsit va makrofaglarga aylanadi. 
     Makrofaglar kislotali sharoitda ham fagotsitar va hazm qilish  faolligini saqlab qoladi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish