Mundarija O’quv materiallar 4 Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy 126 Ilovalar 130 Fan dasturi Fan ishchi o'quv dasturi Tarqatma materiallar Testlar Baholash mezoni O’quv materiallari


Amaliy mashg‘ulot mavzulari taqsimoti



Download 410,87 Kb.
bet4/82
Sana06.02.2022
Hajmi410,87 Kb.
#432837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
o'quv uslubiy majmua 2021

Amaliy mashg‘ulot mavzulari taqsimoti




1

Akademik yozuv faniga kirish. Akademik nutq. Yozma va og’zaki nutq va uning xususiyatlari.

2

2

Me’yor tushunchasi.

2

3

Yozma nutq shakllari. Yozma muloqot va uning xususiyatlari.

2

4

Yozma nutq shakllari. Yozuv texnikasi.

2

5

Nutq uslublari.

2

6

Nutq uslublari. Ilmiy, publitsistik va rasmiy-idoraviy uslublar.

2

7

Matn turlari va tarkibi.

2

8

Matn tahlili va tahriri

2

9

Taqdimot nutqi.

2

10

Internet tili. OAV.

2

11

Reklama yozish.

2

12

Ilmiy uslub janrlari. Esse.

2

13

Ilmiy uslub janrlari. Loyiha ishi.

2

14

Ilmiy uslub janrlari. Doklad.

2

15

Ilmiy uslub janrlari. Tezis va kurs ishi.

2




Jami

30



Akademik yozuv 1 fanidan talabalar bilimini baholash mezoni.
Baholash.Talabalar kurs davomida ularning faol ishtiroki, amaliy mashg‘ulotlarda topshiriqlarni bajarishi, mustaqil ta’limda kreativ taqdimoti hamda test natijalariga ko‘ra baholanadilar. Kurs bo‘yicha baholanish quyidagicha foizni tashkil qiladi:

  • amaliy mashg‘ulotlar: 30%

  • mustaqil ta’lim: 20%

  • yakuniy nazorat: 50%



Ilova 3. Til va Nutq.
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak.U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o ‘rganadi. Eshitib, o ‘qib o ‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bu gungi moddiy-ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi.
Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko'pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan-avlodga og'zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi.
Til ilm olishda zamon va makon g'ovini o'rtadan ko'taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo'lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o'rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o'zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o'zlashtiramiz va til vositasi bilan o'zgalarga tushuntiramiz.
Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o'rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tugldiradi. Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi.
Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va avloddan-avlodga yetkaziladi. Til millat ruhining ko‘zgusidir. Tilda millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg‘ulari gavdalanadi. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson
tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va mantiqan o ‘zaro bogianishda borliq haqidagi hukmlami ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.Til insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ij'timoiy hodisadir.
Tafakkur faqat insonlarga xos bo‘lgan mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mavjuddir. Inson tafakkuri nutq bilan bevosita bog‘langan holda yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd qilinadi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biron-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida faqat til vositasida namoyon bo‘ladi. Til tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, fikrni reallashtiradigan, kishilarning fikr almashishlarini ta’minlab beruvchi quroldir.
Til– kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigannoyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi bo‘lmish jamoaning bebahomulki bo‘lib, o‘zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi: o‘zbek jamoasigaxizmat qiluvchi tilga o‘zbek tili deyiladi. O‘zbeklar o‘z tilidan ko‘p asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta'minlagan o‘zbek tilikeyinchalik yozma shaklda ham namoyon bo‘lgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma'lum me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydobo‘lgan. Til hodisalaridan ma'lum me'yor asosida foydalanish adabiy o‘zbektilining shakllanishiga olib kelgan.
So‘zlashuv asosida shakllanib, so‘zlashuv tili bilan yonma-yon yashab
kelayotgan adabiy o‘zbek tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, taraqqiyot bosqichlari nuqtayi nazaridan o‘tmish adabiy o‘zbek tili va hozirgi adabiy o‘zbektili deb ajratiladi. Adabiy o‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida ma'lum belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi.
Til murakkab qurilishga molik bo‘lib, dastlab uning ikki holati lison va nutq farqlanadi. Lison– kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan vaulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdanfoydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi.
Lison kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud mavhum hodisa
bo‘lib, aql bilan idrok qilinadi; nutq esa ana shu mavhum hodisadan foydalanish jarayoni natijasida yuzaga keladigan moddiy hodisa bo‘lib, uni talaffuzbirliklari sifatida eshitamiz(yozuvda esa ko‘ramiz). Lisonda mavjud hodisalarga lisoniy birliklar deyiladi; lisoniy birliklarning nutq jarayoni natijasida moddiy shakl olgan holatiga nutqiy birliklardeyiladi.Har bir kishining miyasidagi til xotirasi qismida lisoniy birliklarning vaulardan foydalanish qoidalarining ramzlari mavjud, har bir kishi ehtiyojga qarab bu ramzlardan foydalanib nutq hosil qiladi.
Ayrim adabiyotlarda til bilan nutq o‘zaro dixotomiya, oppozitsiya hosiletuvchi hodisalar deb qaralib, til - nutq tarzida baholanadi. Nutqqa muqobil holda ajratiladigan hodisadeb til emas, balki lison ta'kidlanishi lozim. Bu munosabatni chizmadaquyidagicha ko‘rsatish mumkin:


T i l

Lison nutq


Lison bilan nutq o‘zaro dixotomiya hosil etadi, lekin zidlanuvchi(oppozitiv) hodisalar emas, balki asos va hosila munosabatidagi hodisalar. Til hodisasi dastlab nutqda paydo bo‘ladi, takror-takror ishlatilishinatijasida miyaning til xotirasi qismida bu hodisaning ramzi shakllanadi, keyinchalik ana shu ramzdan nusxa olib nutqiy birlik hosil qilinadi. Demak, asli til hodisalari nutqdan lisonga ko‘chadi va keyin-gina lisondan nutqqa olibchiqiladi.
Lisonda bor imkoniyatlar-gina nutqda voqelanadi, lisonning imkoniyatlari
boy bo‘lib, nutqda uning ma'lum bir qismi-gina namoyon bo‘ladi deyishdanlison go‘yo azaliy, tug‘ma, mukammal degan fikr tushuniladi. Vaholanki hali
tili chiqmagan go‘dakning miyasidagi til xotirasi qismida hech qanday ramzbo‘lmaydi; go‘dak nutqni egallay boshlaganidan keyin-gina miyasida ramzlar
paydo bo‘ladi. Demak, lison azaliy(zot) emas, balki nutq asosida shakllanadigan, to‘ldiriladigan boylik. Tilning taraqqiyoti nutq yordamida voqe bo‘ladi. Har qanday yangilik, masalan, yangi leksema yasash, boshqa tildan leksemaolish avvalo nutqda voqe bo‘ladi, bu yangilik til taraqqiyoti qonunlariga zidbo‘lmasa lisonda ramz sifatida muhrlanadi, ana shundan keyin lisondagi bu
ramzdan nusxa olib nutq hosil qilinadi.
Tilni o‘rganish, o‘rgatish ham lison asosida emas, nutq asosida amalga
oshiriladi, chunki bevosita kuzatishda berilgan hodisa– nutq. Nutqni kuzatish orqali til qurilishini, til qurilishining lison deb ataladigan holatini anglashga harakat qilinadi. Tilshunosning tilni kuzatish, o‘rganish quroli– nutq. Tilga, lisonga xos hodisalarning mohiyati, bu hodisalar orasidagi munosabatlar nutqni kuzatish orqali aniqlanadi. Ushbu qo‘llanmada hozirgi adabiyo‘zbek tilining qurilishi mavhum fikrlash yo‘li bilan emas, balki bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisalar tahlili asosida bayon qilinadi.
Til va yozuv. Til - aloqa quroli, u vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun u Fanning maqsadi – iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxas sisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish vositasiga - nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham Alisher Navoiy barcha mahluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta’kidlaydi. Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz beradi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi.



Download 410,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish