2.3.Tovarning xususiyatlari
Tovar bilan bog‗liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi.
Marka – bu nom, atama.Tovar belgisi –bu rasm, simvol, emblema bo‗lib, uni so‗z
bilan ifodalab bo‗lmaydi va u tovarni qaysi markaga tegishli ekanligini belgilaydi,
u muayyan tovarni identifikatsiyalashda qo‗llaniladi.
Tovar raqobatchilar tovaridan markasi bilan osongina farqlanadi. Markali
tovar tovarlarning umumiy massasi orasidan yaqqol ko‗rinadi, iste‘molchilar
ongida u ijobiy tasavvurga ega. Marka siyosatini amalga oshirish marka nomini
tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va nihoyat, marka strategiyasini ishlab
chiqish bilan bog‗liq. Markaning nomi avvalo, tovarning xususiyati, asosiy sifatini
aks ettirishi va boshqa belgilarga to‗g‗ri kelmasligi kerak. Buyumlar va
25
xizmatlardan tashqari shaxslar faoliyati, ularning manzili, ishlab chiqarishni,
xizmatni tashkil etish shakllari va fikrlar, g‗oyalar ham tovar hisoblanadi.
Ko‗pchilik rahbarlar, mahsulot ishlab chiqarganda faqat texnik detallariga e‘tibor
qaratadilar, lekin ko‗pchilik mijozlarning qarashi bunday emas. Mijozlar uchun
mahsulot bu – o‗z ehtiyojlarini qanoatlantirishdir. Shunday ekan mahsulot sifati
mijozlarning istaklari, qarashidan kelib chiqishi kerak.
Bundan tashqari xizmatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
tovarning ham o‘ziga xosliklarini ajratishimiz mumkin. Xususan tovarning
yaroqlilik muddati bo‘ladi va ishlab chiqarish va iste‘mol jarayonlari orasida hatto
yillar o‘tishi mumkin. Hatto ayrim turdagi vinolarni ishlab chiqarilganidan keyin
1-2 asr salqin joyda saqlanib, keyin qadoqlanadi.
Mahsulot va xizmatning farqi:
Mahsulot – bu moddiy yoki fizik xususiyatga ega bo‗lib, uni ko‗rish yoki
ushlab ko‗rish, sotib olib unga egalik qilish mumkin. Odatda, mahsulotni sotib
olayotganda nima xarid qilayotganingizni oldindan bilasiz va ko‗rasiz.
Xizmat esa – bir tomonning ikkinchi tomon uchun ko‗rsatayotgan xatti-harakatdir.
Siz mijozga xizmat ko‗rsatganingizda, mijoz uni ko‗z bilan ko‗rib, qo‗l bilan
ushlamaydi, balki his etadi, foydalanadi, iste‘mol qiladi.
Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga qadar
do‗konda yoki omborda saqlanadi. Biroq xizmatlar odatda, avval sotiladi, keyin
ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar mijozdan ancha uzoqda bo‗lishi
mumkin, lekin xizmat ko‗rsatuvchi va mijoz odatda yonma-yon turadi.
Xaridorlarning sotib olish odatlariga asosan keng iste‘mol tovarlari quyidagi
guruhlarga bo‗linadi:
Kundalik xarid tovarlari. Masalan, choy, tuz, tozalash vositalari, tamaki, sovun,
gazeta va h.k.
26
Maxsus talab etiladigan tovarlar. Masalan, erkaklar kostyumi, avtomobillar,
modadagi tovarlar.
Sanoatda ishlatiladigan tovarlar. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi va
yangi qiymat yaratish darajasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
-
materiallar va detallar;
-
kapital shaklidagi mulk (inshootlar, yordamchi dastgohlar);
-
yordamchi materiallar va xizmatlar.
Ular tayyor mahsulotning asosini tashkil etmaydi, uning sifati, ko‗rinishi,
xususiyatlarini oshiradi, mahsulotni tayyorlashga xizmat qiladi. Xarajat sifatida
mahsulot tannarxiga qo‗shiladi. Masalan, yozuv qog‗ozi, moylovchi yog‗lar,
toshko‗mir – yoqilg‗i sifatida, qalamlar, ip, podkladka materiallari va h.k.
Assortiment (ingl. Assortment, range) — firma (kompaniya) sotayotgan
mahsulotlarning guruhlar, turlar, tiplar, navlar, o‗lchamlar va markalar bo‗yicha
tarkibi. Tovar assortimenti, deganda – bir xil iste‘mol ehtiyojimizni qondiradigan
turli tovarlar xillarini tushunamiz. Masalan, non va non mahsulotlari –tovarning
nomenklatura nomi, deb ataladi. Bu guruhga kirgan non turlari assortiment, deb
ataladi.
Assortiment kengaytirilishi
—
assortiment kengligi (tovar guruhlari miqdori)
va chuqurligi (har bir guruhdagi modellar, markalar turlari miqdori) bo‗yicha
farqlanadi.Tovar assortimenti har bir turdagi mahsulotni uning sifat xususiyatlari
bo‗yicha tarkibi, marka, navi, profili kabi tomonlari bilan berilgan miqdorda
ajratilishidir. Mavjud tovarlar kategoriyalariga yangi variantlarning qo‗shilishi.
Bunga o‗xshash kengaytirishni marketologlar savdo markasi nufuzi barbod
bo‗lishi tavakkali bilan bog‗laydilar. Assortiment kengligi
—
bozorda taklif
etilayotgan turli mahsulot liniyalari (tovar kategoriyalari)ning muayyan miqdori.
Assortiment siyosati — ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va
uni maqbullashtirish yo‗li muammosini hal etishni nazarda tutadigan faoliyat.
27
Assortiment siyosatining asosiy vazifasi ishlab chiqarish bo‗linmasidagi ishlab
chiqarish tuzilmalarida quyidagilarni aniqlash hisoblanadi:
-
yangi mahsulot bilan takomillashtirish va zamonaviylashtirish talab
etiladigan mahsulot, takomillashtirishni talab etmaydigan an‘anaviy mahsulot,
eskirgan mahsulot o‗rtasidagi nisbat (ulush)ni aniqlash;
-
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va rejalashtirilgan sifat
hamda miqdor ko‗rsatkichlarini belgilash;
-
ishlab chiqarilayotgan bitta bir xil mahsulot andozalarini va o‗zgargan
turlarini aniqlash;
-
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
butun
nomenklaturasi
bo‗yicha hayotiylik davri tarkiblarini va assortimentni yangilash istiqbollarini
aniqlash;
-
mahsulotning tabaqalanish darajasini va yangi mavjud mahsulotlar
texnologik umumiyligi darajasini aniqlash.
Brend
(ingl. Brend
)
— soddalashtirilgan va tor ma‘noda talqin qilganda
ushbu termin muayyan mahsulotning xususiy nomini uning yaratuvchi ijodkori va
egalik qiluvchi sohibi tomonidan berilgan individual xarakteristikasi va vizual
identifikatsiyasi bilan birgalikda anglatadi. «Brending» – bu mahsulotni
iste‘molchilarga osonlik bilan «toptirish» uchun nom, belgi, logotip yoki ularning
aralashmasidan foydalanish. Har gal iste‘molchi supermarketga borganda yangi
mahsulot sotib olish uchun «tavakkal» qilishni xohlamaydi, ular ishonchli, o‗zi,
biladigan narsani sotib oladi. Brendni targ‗ibot qilish ham ishlab chiqaruvchiga,
ham iste‘molchiga foydali. Yaxshi brend marketing xarajatlari va sotish vaqtini
kamaytiradi.
«Trademark» - ma‘lum bir so‗z yoki iboraning faqat bir kompaniya
tomonidan o‗z mahsulotlari uchun ishlatilishining ro‗yxatdan o‗tganligi. «Service
mark» — trademark bilan bir xil, faqat xizmatlar uchun qo‗llaniladi.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |