Mundarija mavzu: innovatsion ta’lim jarayonida novator-o‘qituvchi va rahbar xodimlarning shaxsiy-kasbiy kompetentligi. Reja kirish I bob innovatsion ta’lim jarayonlarida novator-o‘qituvchining shaxsiy-kasbiy kompetentligi
MAVZU: INNOVATSION TA’LIM JARAYONIDA NOVATOR-O‘QITUVCHI VA RAHBAR XODIMLARNING SHAXSIY-KASBIY KOMPETENTLIGI. REJA
KIRISH…………………………………………………………………….............2
I BOB. INNOVATSION TA’LIM JARAYONLARIDA NOVATOR-O‘QITUVCHINING SHAXSIY-KASBIY KOMPETENTLIGI 1.1. Innovatsion ta’lim jarayonlarida novator-o‘qituvchining kasbiy kompotentligining rivojlantirish ko‘nikmalari va innovatsion ta’lim berish…………………………..…...........................................................................5
1.2. Innovatsion ta’lim jarayonlarida Innovatsion ta’limning o‘qituvchi tomonidan berilishining asoslari ...............................................................................................13
II BOB. INNOVATSION TA’LIM JARAYONLARIDA RAHBAR XODIMNING SHAXSIY-KASBIY KOMPETENTLIGI 2.1 Innovatsion ta’lim jarayonida rahbarning kasbiy mahoratining o‘rni va ro‘li ………………………………………………………………………...…………..17
2.2. Innovatsion ta’lim jarayonlarida rahbar xodimning ta’limni tashkillashtirish va rivojlantirishdagi o‘rni…………………................................................................20
XULOSA………………………………………………………………………....24 FOYDALANILGA ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………………27
KIRISH Mavzuning dolzabligi. Mustaqillik yillari tom ma’noda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan - yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat ko‘rsatishni talab etmoqda.
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta
ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo‘ladilar. SHunday ekan, ta’lim muassasalarida kadrlarni tayyorlash jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
Pedagoglik kasbi sharafli bo’lishi bilan birgalikda juda murakkab kasbdir, chunki millatning, davlatning kuch-qudrati, ertangi umidi bo’ladigan yoshlarni aynan mana shu pedagoglar ta’lim berib tarbiyalaydilar. Pedagoglik kasbi bir paytning o’zida ham islohotchilik, ham boshqaruvchilik kasbi hiaoblanadi. Shaxs kamolotini boshqarish uchun esa qobiliyat ,layoqat, bir so’z bilan aytganda kompetent bo’lishi lozim. Shuning uchun o’qituvchining kasbiy kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatini amalgam oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi hamda yuksak darajadagi mahoratini ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 5-moddasida “yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega” ekanligi ko’rsatilgan. Shunga ko’ra o’qituvchilarning kasbiy kompetentligi tarkibi pedagogik ko’nikma va malakalar orqali namoyon bo’lishi mumkin. Kasbiy tayyorgarlik modeli umumiydan xususiy ko’nikmalar yo’nalishida belgilanishi maqsadga muvofiq. Ma’lumotlar va voqelikni nazariy tahlil qila olish ko’nikmasi bilan uzviy bog’liqlikda pedagogik fikrlash va amaliyot yurita olish ko’nikmasi umumiy ko’nikmalar sirasiga kiradi. Kompetentlik mana shu ko’nikma va malakalar orqali shakllantirib boriladi. Umuman olganda o’qituvchining kasbiy xususiyatlar talablarga mosligi pedagogic ko’nikmalarning pedagogik fikrlash va amaliyot yuritish bilan bog’liq jihatlrning mosligini anglatadi. Egallangan bilim, ko’nikma va tajribalar o’qituvchining yuksak mahoratini belgilab beruvchi mezonlar hisoblanadi. Mavjud pedagogik pedagogik imkoniyatlardan foydalangan holda o’qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish juda muhimdir. Chunki davr talabi shuni taqozo etmoqda. Mavzuning dolzarbligi ham aynan shundadir.