2.Xom - ashyo mahsulotlarining tavsifi
Suyuq ammiak – o`ziga xos o`tkir xidli rangsiz suyuqlik . Kimyoviy formulasi NH3, molekulyar vazni 17 ga teng, atmosfera bosimida - 330C temeraturada qaynaydi, zichligi 681 kg/m3 ga teng. Suyuq ammiak sifatiga bo`lgan talablar Davlat standarti GOST i (6221-90) bilan belgilanadi.
№
|
Meyorlanadigan moddalar tarkibi.
|
Sifat markalari uchun meyorlar.
|
1A
|
Ammiak vazni,% xisobida.
|
A
|
Ak
|
V
|
99,9
|
99,6
|
99,6
|
2B
|
Suv vazni, % xisobida
|
-
|
0,2-0,4
|
0,2-0,4
|
3V
|
Yog` vazni kg/dm3 ko` emas
|
2,0
|
2.0
|
8,0
|
4G
|
Temir vazni mg/dm3-dan ko`p
emas.
|
1,0
|
1,0
|
2.0
|
Gazsimon ammiak, suyuq ammiak bug`langanda hosil bo`ladi. Normal sharoitdagi zichligi 0,77 kg/m3 ga teng . Suvda juda yaxshi eriydi. Havo bilan aralashuvida yonadi va ko`k rangli olov hosil qiladi.
Ammiak toksinli va shiliq ardalarga. Nafas olish yo`llarini va ko`zlarni ardalariga zararli taxsir ko`rsatadi. hayot uchun o`ta xafli miqdori 350-700 mg/m3, suyuq ammiak ta`sirida teri kuyadi. Ishlab chiqarish xonalari va ishchi xona havosida oxirgi darajagacha mumkin bo`lgan konsentrasiya 20 mg/m3 ga teng, sanoat korxonalari xududida esa 7 mg/m3 ga teng. Havo bilan aralashmada ortlash chegarasi 15-28% ni tashkil etadi.
Ammiak sintezini amalga oshirish reaksiyasi issiqlik ajralishi bilan boradi.
N2 + 3H2 = 2NH3 + Q (1)
Le-Shetele rinsiiga asosan mahsulotni chiqishi bosimini ortishi va temeraturani asayishiga bog`liqdir. Buni quyidagi jadvallardan ko`rish mumkin.
Bosim 300 Pa bo`lganda ammiak konsentrasiyasini muvozanati.
Temeratura
0 C
|
Ammiak konsentratsiyasi
muvozanati %
|
Temeratura
0 C
|
Ammiak konsentratsiyasi
muvozanati %
|
300
|
70,96
|
500
|
26,44
|
350
|
59,72
|
550
|
19,13
|
400
|
47,00
|
600
|
15,77
|
450
|
35,12
|
|
|
Har xil temeratura va bosimi 300 Pa bo`lganda berilgan aralashmada ammiak konsentratsiya muvozanati inert gan konsentratsiyasiga bog`liqligi.
Inert gaz konsentaratsiyasi
1mol
|
Ammiak konsentaratsiyasi muvozanati.% (mol).
Quyidagi temeraturada.
|
400
|
450
|
500
|
550
|
600
|
0,05
|
42,5
|
32,4
|
24,0
|
17,3
|
12,5
|
0,10
|
38,5
|
29,4
|
21,6
|
15,7
|
11,3
|
0,20
|
31,4
|
23,9
|
17,7
|
12,8
|
9,2
|
Ammiak sintezida ishlatiladigan katalizatorlar
Ammiak sintezida temir katalizatorlar keng ishlatiladi.
Katalizatorlar 2 xil tida:
* strukturlovchi - Al203, Mg0, Si02
* modifikasiyalovchi - K2O, SaO.
Bu esa otimal miqdorda romotorlr bo`lganda katalizatorlarni aktivlik yuzasi
oshadi.
-ammiak bug`latkichdagi suyuq ammiak xajmi va bosimi talab etilgan meyorda bo`lsa- sintez kolonnasidan chiqayotgan suyuq ammiak miqdori shuncha ko`p bo`ladi.
Ammiak- odatdagi sharoitda o`ziga xos o`tkir xidli rangsiz gaz bo`lib, havodan deyarli yengil. Bosim oshirilganda yoki sovitilganda u osongina rangsiz suyuqlikka aylanadi. Ammiak suvda yaxshi eriydi 200C haroratda 1 litr suvda 700 xajmga yaqin ammiak eriydi. Ammiakning konsentrlangan eritmasida 25% am- miak bo`lib zichligi 0,91g/sm3 ga teng. Ammiakning suvdagi eritmasi novshadil spirt deb ham ataladi. Ammiak kimyoviy jihatdan ancha aktiv eritmadir. Reaksiyada qaytaruvchi xossalarini ham namoyon qiladi.
3. Tayyor mahsulot tavsifi
Qishloq xo`jaligida qo`llaniladigan mineral o`g`itlar ichida azotli o`g`itlar o`simliklarni rivojlanishida katta o`rin tutadi. Azotli o`g`it-larga, ammoniy nitrat [NH4NO3], karbamid [CO(NH2)2], ammoniy sulfat [СO4(NH4)2], ammoniy gidroksidi [NH4OH] va boshqa o`g`itlar misol bo`la oladi.
Bizning tabiiy sharoitimizda azotli o`g`itlar ichida keng qo`llaniladigan o`g`itlar ammoniyli selitra va karbamiddir. Ammoniyli selitra [NH4NO3] – rangsiz kristall modda bo`lib, tarkibida 60% kislorod, 5% vodorod, 35% azotdan iborat bo`lgan, donador holidagi tuzdir, suvda yaxshi eriydi. Masalan, 1000С haroratda 1 kg suvda 10 kg dan ko` ammoniyli selitra eriydi. Shuningdek, havodagi namlikni tez tortib olib, qo`llash uchun noqulaylik tug`diradi. Gigroskorligi yuqori bo`lganligi uchun, havo nisbiy namligi 60% dan ortganda o`z-o`zidan namlanadi.
Mahsulotlarni gigraskopikligini kamaytirish va saqlash muddatini oshirish uchun turli xil usullardan foydalaniladi:
-yirik kristall holatida ishlab chiqariladi (ammoniyli selitrasi uchun; A- markasi 1-3mm li 93% gacha; V-markasi 1-4 mm li 4% dan oshmasligi kerak).
-ammoniyli selitra suyuqlanmasini donadorlash minorasiga bergunga qadar, uning tarkibiga turli xil qo`shimchalar; masalan, magnezial qo`shimchalar ( asosiy moddasi-magniy nitrat Mg(NO3)2 ), ammoniy sulfat (NH4)2SO4, fosforit kukuni eritmasi va boshqalar qo`shiladi.
-donador selitra yuzasi gidrofob plyonkalar hosil qiluvchi sirt aktiv (AV) moddalar masalan, suyuq arafin, yog`, neft va boshqalar bilan qayta ishlanadi;
-donalar sirtiga kam gigroskopik moddalar–diatomit, kaolin, vermi- kulitlar purkaladi.
-tayyor mahsulot germetik polietilen yoki qog`oz qoplarda saqlanadi.
Ammoniyli selitra portlash xususiyatiga ega. Uning portlash xususiyatini tezlashishga mineral kislotalar, tez oksidlanadigan organik moddalar, kukun holatidagi metallar va boshqalar ta`sir qiladi. Isitishning boshlanish davrida ya`ni, 1100S haroratda selitra endotermik parchalanadi:
NH4NO3 = NH3 + HNO3 -174,4 kj
Eritmada nitrat kislotasi bo`lsa, selitrani parchalanishi avtokatalitik holatda bo`ladi. 200-2700S haroratda ekzotermik parchalanadi:
NH4NO3 = N2O + H2O + 36,8 kDj
Xlor ioni selitrani rarchalanishiga kuchli ta`sir qiladi. 220-2300С haroratda xlor (Cl-) ioni ta`sirida gaz holatiga o`tadi. 400-500 0С haroratda selitrani tez qizdirsak, parchalanish portlash bilan boradi:
NH4NO3 = N2 +2H2O +0,5O2 +118 kj
Ammoniyli selitrasi ammiak sintez qilingunga qadar nitratli tuzlardan olinar edi. Ammiak sintez qilingandan so`ng, ammiak va nitrat kislotasidan olina boshlandi:
NH3 + HNO3 =NH4NO3 +144,9 kJ
Ammoniyli selitrani olish, nitrat kislotasini ammiak bilan neytaralanish reaksiyasiga asoslangan
Amalda bu reaksiya qaytmas ekzotermik reaksiya bo`lib, qo`shimcha mahsulotlar hosil bo`lmaydi. Neytrallanish jarayonida juda katta issiqlik ajralib chiqadi. Jarayonning issiqlik effekti nitrat kislota konsentrasiyasi va reagentlar harorati orqali aniqlanadi:
Gess qonuniga asosan standart holatlarda toza moddalarning issiqlik effekti quyidagilarga teng:
368075 – 177344 – 45795 = 144936 Dj\mol
Reaktsiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori dastlabki nitrat kislotasining konsentrasiyasiga bog`liq. Kislota konsentrasiyasi kam bo`lsa, shuncha kam issiqlik ajralib chiqadi. Ammoniyli selitra qishloq xo`jaligida o`g`it sifatida ishlatilishi bilan bir qatorda, texnikada ortlovchi moddalar tayyorlashda (ammonal–alyuminiy kukuni, ko`mirdan iborat) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |