Elektr xavfsizligini ta’minlash.
Xonalarda o‘rnatilgan har qanday dastgoh, yordamchi mashina mexanizmlar, shkaflar, boshqarish pultlari hamda elektr dvigatellari va boshqa jihozlarning hammasi, agar ularni ishlatish uchun foydalaniladigan elektr quvvati 42 V dan yuqori kuchlanishga ega bo‘lsa, albatda yerga ulangan bo‘lishi shart. Buning uchun har qanday syexlarda yerga ulash vositalari qulay, oson va yengil bajariladigan bo‘lishi kerak. Bu vositalar yerga yetarli darajada puxta ulangan yoki nolga ulangan bo‘lishi shart. Bu vositalarda yerga ulash simlarini osongina mahkamlash mumkin bo‘lgan vintsimon qurilma yoki qisqich bo‘lishi kerak.
Nur tarqatish – bu kompyuter bilan ishlashda uchraydigan zararli faktordir. “Kompyuter texnikasining asosiy kamchiligi- nur tarqatishdir. Nur tarqatishning kattagina qismi monitorga to‘g‘ri keladi, chunki monitor har tomonga elektromagnit va elektrostatik maydon, ekrandan esa radiasiya va ultrabinafsha nurlarini tarqatadi. Kompyuterdan tashqari, lazerli printer, nusxa ko‘chirish apparatlari, ya’ni ichki qismi yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan texnikalardan ham nur tarqaladi. Bundan tashqari , toner-kartrij ichidagi tarkibida og‘ir metall bo‘lgan kukun ham g‘oyat xavflidir. Shuningdek, uzoq vaqt kompyuter oldida ishlash ko‘z uchun nihoyatda zararlidir. Nima qilmoq kerak? Balki texnika mo‘jizasidan butunlay voz kechib, qo‘lga kompyuter “sichqonchasi” o‘rniga toshdan yasalgan bolta olish afzalroqmikan? O‘zingizni sivilizasiya yutuqlaridan mahrum etishga also shoshilmang, bu yutuqlardan aql bilan foydalanmoq darkor xolos!”.Aleksandr Kirsanov, “Vobis”servis markazi rahbari. Kompyuter texnikasidan taralayotgan nur inson organizmiga qanday zarar etkazishi mumkin? Avvalambor, markaziy nerv sistemasiga juda katta ziyon etkaziladi. Bunda ayniqsa bolalar aziyat chekadilar. Kishi tez-tez asabiylashadigan bo‘lib qoladi, diqqatini bir joyga jamlash qiyin kechadi, stresslarga berilish darajasi oshadi. Yurak- tomir sistemasi va yuqori nafas olish yo‘llari kasalliklari vujudga keladi, immunitet pasayib ketadi. Lekin quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, bu dardlarni chetlab o‘tishingiz mumkin: Monitordan 40-50 sm masofada bo‘ling; Sifatli himoyasi bo‘lgan yaxshi monitor sotib oling; Monitoringizdagi tasvir yetarli darajada aniq bo‘lsin; Tez-tez nam latta bilan kompyuterni artib turing, chunki chang, ayniqsa monitordagi chang nurni o‘zida to‘plash qobiliyatiga ega; Havo ionizatorlaridan foydalaning. Ko‘p yillar davomida kaktus taralayotgan nurlarni o‘ziga yutishi va ularni kompyuter oldiga qo‘yish zarurligi to‘g‘risidagi fikrlar mavjud edi. 15 yil ilgari maktab kompyuter xonasidagi har bir kompyuter yoniga bittadan kaktus tuvagini qo‘yib chiqdim. Tajriba-sinov o‘zini oqladi! Kaktuslarning barchasi qovjirab qurib qoldi, monitorlar esa bus-butun edi. Aslida esa bu gullarga quyosh nuri kamlik qildi, har qalay gullar sun’iy yoritilgan xona o‘rtasida emas, balki deraza tokchasida turishi kerak. Kaktusning nurlarni yutish hususiyatiga egaligi haqidagi afsonalar 80-yillarning oxirida, matbuotda Meksika sahrolaridagi kaktuslarning o‘rganilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar berilgan vaqtida paydo bo‘lgan. Haqiqatdan ham, ular tabiatda kuchli nur taratish sharoitida o‘sadi. Ammo kaktuslarning turli xil nurlarni yutish hususiyatlari hakida ma’lumotlar haddan ziyod oshirib yuborilgan – nurlarni o‘ziga yutish dozasi g‘oyat kamdir, shuning uchun kaktus monitor uchun filtr vazifasini o‘tay olmaydi. Yaxshisi sifatli monitor bilan ishlash, barcha qoidalarga amal qilish va sog‘lom bo‘lish ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |