Mundarija:
Kirish.
1. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning nazariy va tashkiliy asoslari.
2. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning jahon tajribasi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari.
3. O’zbekiston Respublikasi asosiy kapitaliga o’zlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari.
4. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan unumli foydalanish masalalari.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Investitsiya loyihalarni moliyalashtirish deganda, ajratilgan mablag’larni maʼlum bir investitsiya loyihasining ehtiyojlari uchun foydalanishning aniq maqsadli mohiyati tushuniladi. Loyihalarni moliyalashtirish asosan moliyaviy aktivlarga emas, balki real aktivlarga investitsiyalarni jalb qiluvchi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
Maʼlumki, mamlakatimiz iqtisodiyotining ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlanib, yalpi ichki mahsulot qiymatida davlat ulushining salmog’i kamayib, ishlab chiqarishda nodavlat sektori ulushining o’sishi kuzatilib bormoqda. Natijada, yalpi ichki mahsulot daromadlari tarkibida nodavlat korxona va tashkilotlarning, xususan xorijiy investitsiyalarning ulushi ortib, ularni investitsion faoliyatlarga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Buning samarasi o‘laroq O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsion faoliyatni tobora faollashtirishda davlatning bevosita investor sifatidagi roli va o‘rni kamayib, xususiy investorlarning taraqqiy etib borishini kuzatish mumkin. Bu esa o‘z navbatida yangi institutsional tuzilmalarning paydo bo‘lishi, investitsion infratuzilma subyektlari, yaʼni tijorat banklari, maxsus moliya-kredit investitsiya institutlari kabilarning shakllanishi bilan ifodalanadi.
O‘zbekiston Ruspublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”.1
Davlat byudjeti hisobidan investitsion faoliyatni moliyalashtirishda ustuvor tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qisqarishi davlat investitsiya siyosatining eʼtibori xususiy tuzilmalar: korxonalar, banklar va aholi zimmasiga ko‘chishini shart qilib qo‘yishi tabiiydir. Biroq, hozircha xususiy sektordagi investitsion faoliyat subyektlari miqdori va soni ortganiga qaramay, ularning investitsion faoliyatlardagi o‘rni va mavqei davlatning iqtisodiyotdagi roli va o‘rnini bosa olmayapti.
Mulkchilik shakllarining o‘zgarib borishi bilan investitsion faoliyatni moliyalashtirishdagi davlat manbalari o‘rnini tobora turli-tuman xususiy investitsiya manbalarining egallab borishi, bu esa investitsion faoliyatni keng ko‘lamda nomarkazlashuviga va pirovardida, investitsion faoliyat ko‘lami va samarasining ortishiga olib kelishi lozim. Investitsiyalarni moliyalashtirishning barcha mavjud imkoniyatlaridan yana-da to‘liq va samarali foydalanish shart-sharoitlarini tadqiq etish bozor sharoitida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari tuzilmasi va mutanosibligining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Iqtisodiy adabiyotlarda ichki investitsiya manbalari hisobiga milliy manbalar, shu jumladan korxonalarning o‘z mablag‘lari, moliya bozori resurslari, aholi jamg‘armalari, byudjetdan ajratiladigan investitsiya mablag‘lari tilga olinadi. Xorijiy investitsiyalar, kreditlar va zayomlar tashqi manbalar deb hisoblanadi. Ushbu tasnif ichki va tashqi manbalar tizimini ularning shakllanish hamda umuman milliy iqtisodiyot darajasida qo‘llash nuqtai-nazaridan aks ettiradi. Biroq, u mazkur jarayonlarni makroiqtisodiy darajada tahlil qilish maqsadida qo‘llanishi mumkin emas.
Shunday qilib, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada investitsion faoliyatni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari birbiridan tubdan farq qiladi. Investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalarining klassifikatsiyasi (tasnifi)ga aniqlik kiritish zarurati investitsiyalashning bozor modeliga o‘tish jarayonidagi obyektiv o‘zgarishlar, investitsion jarayonlarda davlat va korxonalar funksiyalarining taqsimlanishi, investitsiya bozori, shuningdek asosiy vazifasi sarmoyalarni jamlash, so‘ng ularni tadbirkorlik faoliyatiga joylashdan iborat bo‘lgan institutlar tizimining taraqqiyotiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |