Axborot texnologiyalari – axborotni to‘plash, saqlash, olish, qayta ishlash va tarqatish uchun ishlatiladigan qurilmalar usullar va jarayonlar majmui;
Hodisa – xizmatning rejasiz ravishda uzilishi yoki uning sifati pasayishiga olib keladigan yoki olib kelgan xar qanday voqea;
Kompyuter xavfsizligi –Tegishli faoliyatlar orqali, ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki ruxsatsiz xarakatlardan ximoya qilish;
Maxfiy axborot – hujjatlashtirilgan axborot, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olmaydi, ularga kirish qonunga muvofiq cheklangan;
Kontent –Web-saytning axborot resurslari (tarkibi, axborot mazmuni, informatsion ma’lumot);
Ruxsatsiz harakatlar – belgilangan qoidalarni buzishga urinish;
Ruxsatsiz kirish – Tizim tomonidan o‘rnatilgan kirishni nazorat qilish qoidalarini buzgan holda sub’ektning ob’ektga yoki axborotga kirishiga urinishi;
Shaxsiy ma’lumot – uning shaxsini aniqlashga imkon beradigan fuqaro hayotining faktlari, hodisalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Axborot foydalanuvchisi –axborot resurslariga kerakli ma’lumotlarni olish va uni ishlatish uchun kiradigan sub’ekt;
Axborot oluvchi – uni keyinchalik qayta ishlash va undan foydalanish maqsadida ma’lumotlarni barcha ko‘rinishlarida qabul qiladigan ob’ekt yoki tashkilot;
Axborot xavfsizligi –tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi infrastrukturaning himoyalanganligi.
Erkin foydalanish huquqi – axborot tizimi foydalanuvchisiga axborot tizimidan va uning resurslaridan foydalanish tartibi va shartlarini tartibga soluvchi qoidalar to‘plamidir;
Xavf – muayyan tahdidni amalga oshirishda ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining alohida zaifligini ishlatishi;
Tahdid –kompyuter xavfsizligini buzish potensiali;
Axborot xavfsizligi zaifligi – axborot uzatish tizimida kamchilik bo‘lib, uning yordamida butunligini buzish va noto‘g‘ri ishlashga olib keluvchi ko‘rsatkich.
Qisqartmalar
AT – Axborot texnologiyalari;
AAT – avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
AX – axborot xavfsizligi;
AR – axborot resursi;
AHQ – axborotni himoya qilish;
ZD – zararli dasturlar;
OT – operatsion tizim;
ShK – shaxsiy kompyuter;
DT – dasturiy ta’minot;
OO‘MTV – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
TMETJEM – Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi
MA – maxfiy axborot;
MB – ma’lumotlar bazasi;
«ET» MT – «Elektron ta’lim» milliy tarmog‘i;
IS – ish stansiyasi.
O’z-FPI – Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali tashkilotining