Mundarija Kirish Infratuzilma haqida umumiy tushuncha


Infratuzilma haqida umumiy tushuncha



Download 48,77 Kb.
bet2/6
Sana22.11.2022
Hajmi48,77 Kb.
#870396
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarmoqli iqt. Mustaqil ish

1.Infratuzilma haqida umumiy tushuncha.
Infratuzilma so’zi lotincha “infrastructure” so’zidan olingan bo’lib, infra” - quyi, asos va “structure” - tuzilish, joylashish kabi ma’nolarni anglatadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi XX asr boshlarida birinchi bor “zarur yordamchi obyektlar va inshootlar majmuasi” sifatida muomalaga kiritilgan bo’lsa, 1940-yillarga kelib g’arb davlatlarida infratuzilma “ishlab chiqarish sohalarining faoliyatiga zaruriy shartsharoitlar yaratuvchi subyektlarning yaxlit bir tarkibi” sifatida qo’llanila boshlandi.
Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiy tizimning asosiy tarkibi hisoblanib, ko’rsatayotgan turli yo’nalishdagi xizmatlari bilan barcha tarmoq va sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni to’la qamrab olib, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot, ekologik, boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatish faoliyatini o’z ichiga oladi, eng asosiysi ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Infratuzilma tizimi mamlakatimiz iqtisodiyoti tayanadigan poydevordir. Iqtisodiyot tarmoqlari ishining uyg’unligi, ularning samaradorligi, shuningdek, chet el sarmoyalarini jalb qilish va o’zlashtirish imkoniyati infratuzilma tizimi rivojining holati va darajasiga bog’liqdir.
Infratuzilma sohalari mustaqil ravishda pirovard mahsulot ishlab chiqarmasada, ishlab chiqrish jarayoniga xizmat ko’rsatish orqali yakuniy natijalarga ta’sir ko’rsatadi.
Infaruzilma sohalarini ma’lum belgilari bo’yicha guruhlash muhim ahamiyatga ega. Infratuzilma sohalarini guruhlash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • infratuzilma alohida elementlari va sohalarining ijtimoiy ishlab chiqarishdagi o’rnini aniqlash;

  • tarmoqlararo aloqalarni o’rganish va shu asosida asosiy ishlab chiqarish va unga xizmat ko’rsatuvchi sohalar o’rtasida optimal mutanosiblikni o’rnatish;

  • tarmoqlarning boshqaruv jarayonini takomillashtirish va shu orqali yuqori samaradorlik darajasiga erishish.

Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining hajmi tarmoqning ishlab chiqarish fondlari, mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan birga xizmat qiluvchi sohalarning rivojlanganlik darajasiga ham bevosita bog’liq. Infratuzilma qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Xomashyo, material va tayyor mahsulotning o’z vaqtida olib kelinishi xo’jalik aylanmasida bo’lgan resurs hajmini belgilaydi. Elektrlashtirish, kimyolashtirish, melioratsiya va ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari tez sur’atda o’sishiga nafaqat qishloq xo’jaligi uchun ishlab chiqarish mablag’larining miqdoran o’sishi hisobiga, balki mablag’ resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan xizmat tizimi tashkil etilishi hisobiga ham erishiladi. Bozor munosabatlari rivojlangan shart-sharoitda infratuzilmaning tarmoq va ishlab chiqarish vazifalari ham o’zgaradi.
Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining asosiy maqsadi tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga shart-sharoit yaratish va qishloq aholisining turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qilishdir. Infratuzilmaga kiradigan sohalar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta’sir ko’rsatmaydi va ishlab chiqarish jarayonida o’ziga xos o’rin egallaydi. Shu tufayli infratuzilma tarmoqlarini asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha turkumlash muhim ahamiyatga ega. Infratuzilma turkumlanishi alohida elementlari bilan birga butun sohaning jamiyat ishlab chiqarish tizimidagi o’rinlarini belgilashga yordam beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o’rganishga va asosiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko’rsatish tarmoqlari orasida optimal muvozanatni belgilashda ko’maklashadi.
Qishloq xo’jaligida infratuzilma quyidagi to’rtta belgisiga ko’ra turkumlanadi:

  • ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko’ra;

  • hududiy xususiyatiga ko’ra; - tarmoq xususiyatiga ko’ra; - funksional yo’nalishiga ko’ra.

Ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi uch guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatuvchi sohalar majmuasidan iborat bo’lib, korxonada ishlab chiqarishning muntazam va bir maromda davom etishi hamda barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. Ijtimoiy infratuzilma korxonada xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratib berish hamda fuqarolarning madaniy, maishiy, ma’rifiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan shug’ullanuvchi sohalardan tashkil topadi. Bozor infratuzilmasi esa jamiyatda bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va uning rivojlanishi uchun shartsharoit yaratib beruvchi sohalar majmuidir. Butun jamiyat miqyosida, shu jumladan qishloq xo’jaligi tarmog’ida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun bozor infratuzilmasi yaxshi faoliyat yuritishi lozim.
Hududiy xususiyatiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi uch guruhga bo’linadi: xalq xo’jaligi, mintaqaviy va mahalliy infratuzilmalar. Xalq xo’jaligi infratuzilmasi butun xalq xo’jaligining samarali ishlashiga xizmat qiladigan soha va xizmatlardan iborat. Unga energetika, transport, aloqa tizimlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Mintaqaviy infratuzilma alohida iqtisodiy hududlarning rivojlanishi va mintaqaviy ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi sohalar majmui shakllanishi bilan bog’liq. Mahalliy infratuzilma esa alohida korxonalarning faoliyatiga xizmat ko’rsatuvchi sohalardan iborat.
Tarmoq xususiyatiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi ikki guruhga bo’linadi: tarmoqlararo va tarmoq ichidagi infratuzilma. Infratuzilmaning ko’pgina sohalari tarmoqlararo xusuiyatga ega bo’ladi. Ular xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlariga xizmat ko’rsatadi. Bular – transport, aloqa, elektr ta’minoti va boshqalar. Tarmoq ichidagi infratuzilma esa u yoki bu tarmoqning faoliyat yuritishi uchun xizmat ko’rsatuvchi sohalardir. Masalan, dehqonchilikda o’simliklarni kimyoviy himoyalash xizmati, chorvachilikda veterinariya xizmati va hokazo.
Funksional yo’nalishiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi ikki guruhga bo’linadi: bevosita qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkzaib berishga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma. Birinchi guruhga transport, texnik ta’mirlash, melioratsiya, suv ta’minoti, agrotexnik, veterinariya xizmatlari kabi bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayoniga xizmat ko’rsatuvchi sohalar kiradi. Ikkinchi guruhga esa qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, ombor xo’jaligi, tashish, sotish kabi xizmatlarni ko’rsatuvchilar kiradi.
Infratuzilma subyektlarining samarali faoliyati iqtisodiy tizimning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, ular tomonidan ko’rsatiladigan turli yo’nalishdagi xizmatlar tufayli barcha tarmoq hamda korxonalarning o’zaro hamkorligi mustahkamlanadi.
Mustaqillikka erishilgandan so’ng barcha turdagi infratuzilma subyektlarining samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan iqtisodiy qo’llab-quvvatlash tizimi amaliyotga joriy qilinib, u davr talablariga muvofiq ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Mamlakatimizda bevosita shakllangan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma subyektlarini saqlab qolgan holda bozor munosabatlariga xos bo’lgan infratuzilma subyektlarini shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi sohalarining ayrimlari davlat tasarrufida qolgan bo’lib, bular qatoriga elektr uzatish, yo’l xo’jaligi, aloqa va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi. Bu tarmoqlar rivojlangan davlatlardagi kabi davlat tasarrufida bo’lib qolishi maqsadga muvofiqdir. Chunki bozor munosabatlari sharoitida mazkur tarmoqlarda faoliyat yurituvchi yirik korxonalar soni kam bo’ladi va ular xususiylashtirilsa, yirik monopolistlar paydo bo’lishi mumkin.
Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatida ishlab chiqarish infratuzilmasining bir turi bo’lgan aloqa xizmatining o’rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, qishloq xo’jalik korxonalarida operativ hisobni yuritishda aloqa xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xo’jalikning ichki tizimida bo’layotgan barcha jarayonlardan operativ hisob orqali xabardor bo’lib turish hamda yuzaga kelgan muammolarni o’z vaqtida hal etish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari, yetishtirilgan mahsulotlarni sotishda bozor konyunkturasini o’rganish va baholarning o’zgarib turishidan xabardor bo’lish jarayonida ham aloqa xizmati zarur bo’ladi.


Download 48,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish