2.Qishloq xo’jaligini rivojlanishida infratuzilmaning ahamiyati.
Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga kommunal uy xo’jaliklari, tibbiyot muassasalari, ta’lim va maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, sport-sog’lomlashtirish tashkilotlari, o’quv markazlari, mehnat muhofazasi bo’yicha xizmat sohalari, aholiga transport hamda aloqa xizmati ko’rsatuvchilar va boshqa shu kabilar kiradi.
Ijtimoiy infratuzilma ishchilarning mehnat jarayonida samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan sohalar majmuidir. Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining madaniy-maishiy sharoitlarini yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari yakuniy mahsulot yaratishda bevosita ishtirok etmaydi, lekin ular ishlab chiqarish jarayonining normal davom etishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydilar. Bu o’rinda xalqimizning “Yaxshi dam - mehnatga hamdam” maqolini misol keltirish mumkin. Qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining yashash sharoiti, madaniy dam olishi, ularga ko’rsatiladigan maishiy xizmatlar qanchalik yaxshi bo’lsa, ularning mehnat unumdorligi ham shunga yarasha bo’ladi.
Ijtimoiy infratuzilma bo’limlari nafaqat korxona ishchilari, balki ularning oila a’zolari kommunal-maishiy talablarini qondirish uchun ham shart-sharoitlarni yaratishda qatnashadi.
Agrosanoatda ishlab chiqarishning pirovard natijasi nafaqat bevosita qishloq xo‘jaligining rivojlanishi darajasigina emas, balki unga xizmat qiluvchi tarmoqlarning ham rivojlanishi darajasiga bog‘liq. Qishlok xo‘jaligida mahsulot hajmining ko‘payishi bilan birga moddiy –texnika resurslaridan, zarur xom–ashyolardan, yordamchi materiallardan va boshqalardan foydalanish miqdori o‘sib boradi. Xo‘jaliklarning elektro–energiyaga, transportga, aloqa vositalariga, mahsulotni saqlash uchun omborlar va boshqalarga bo‘lgan ehtiyoji ortib boradi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning texnika – ta’mirlash xizmatiga, moddiy–texnika ta’minoti tashkilotiga, injenerlik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati va boshqa xizmatlar bog‘liqligi o‘sadi. Bunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarning zarur miqdorini olishga moslashgan tarmoq va ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bilan bir qatorda mahsulotdan samarali foydalanishni ta’minlovchi va uni iste’molchiga yetkazib beruvchi tashkilotlarni rivojlantirish ham muhimdir. Iqtisodiyotda bunday tarmoqlar va xizmatlarning to‘plamini infratuzilma deb atash qabul qilingan.
Infratuzilma deganda, iqtisodiy va ijtimoiy takror ishlab chiqarishning me’yoriy sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks tarmoq va ishlab chiqarishlar tushuniladi. U ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘ladigan texnologik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va tashkiliy aloqalarni amalga oshirish yo‘li bilan agrosanoat majmuining samarali harakat qilishga imkon beradi.
Infratuzilma jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarning ajralmas qismi hisoblanadi. U korxona va tashkilotlarniing samarali faoliyatini ta’minlaydi va agrosanoat majmuining ko‘proq va sifatliroq pirovard mahsulot olishiga yo‘naltirilgan.
Yalpi qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqarish pirovard natijada bir tomondan asosiy ishlab chiqarish fondiga va aylanma vositalar bilan, texnika bilan, jihozlar bilan, malakali mehnat resurslar bilan ta’minlash darajasiga va ikkinchi tomondan xizmat ko‘rsatadigan ishlab chiqarish va xizmatlarning darajasiga bog‘liq. Bular ichida agrokimyoviy, zooveterinariya, konsultativ, axborot va boshqa xizmatlar muhim rol o‘ynaydi.
Infratuzilma qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning va uning samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biridir. Xom–ashyo, materiallar, tayyor mahsulotlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi ko‘p jihatdan xo‘jalik oborotida bo‘lgan resurslar hajmini aniqlab beradi. Infratuzilma tarmoqlarini vujudga keltirishning bosh shart–sharoiti mamlakat iqtisodiy potensialining umumiy o‘sishi hisoblanadi. Agrosanoat majmui infratuzilmasining ancha tez rivojlantirishning zaruriyati uning tarkibiga kiruvchi tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni o‘stirish omillarining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Industrlashtirish, kimyolashtirish, melioratsiya va ishlab chiqarishning boshqa omillarini jadallik bilan rivojlantirish, faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish vositalarini miqdor jihatdan ko‘paytirishgagina emas, balki moddiy–pul resurslaridan ancha samaraliroq foydalanishni ta’minlaydigan xizmatlar tizimini tashkil qilishga ta’sir ko‘rsatadi.
Bozor munosobatlarining rivojlanishi sharoitida infratuzilma tarmoqlari va ishlab chiqarishning vazifalari deyarli o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligini moddiy resurslar, texnika uskunalar bilan ta’minlash tizimi tashkil topadi.
Agrosanoat majmui korxonalariga moddiy resurslarni sotish bo‘yicha harakatdagi ishlab chiqarish va xizmatlar bazasida turli xil hissadorlik (aksiyadorlik) jamiyatlari, shirkatlar va boshqalar rivojlantiriladi.
Moddiy ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim vazifasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini asta–sekin ishlab chiqarishga xizmat qilish bo‘yicha vazifalarni bajarishdan ozod qilish va asosiy ishlab chiqarish faoliyatini kuchaytirish hisoblanadi. Infratuzilma ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirib borish va asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun me’yoriy sharoitni yaratishga qaratilgan.
Infratuzilmaga kiruvchi tarmoqlar, ishlab chiqarish jarayoniga bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida o‘ziga xos o‘rnini egalaydi. Shu boisdan infratuzilma tarmoqlarini, ularning asosiy belgilari bo‘yicha guruhlash amaliy ahamiyatga ega. Infratuzilmalarni turlash alohida element sifatida ham va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida bir butun tarmoq sifatida ularning o‘rnini aniqlash imkonini beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o‘rganishga va asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat qiluvchi tarmoqlar o‘rtasida optimal nisbatni aniqlashga yordam beradi.
Infratuzilma elementlarining ko‘p tomonlama harakatlarini hisobga olgan holda uni aniq bir belgi bo‘yicha turlash qiyin muammo. Agrosanoat majmui infratuzilmasining barcha elementlarini to‘rtta belgi bo‘yicha quyidagicha guruhlash tavsiya etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |