Mundarija kirish I. Tabiiy geografik komplekslarni o`rganishning nazariy masalalari


II.2. Tabiiy jarayonlarning rivojlanishi va tarqalishi va ularga ta`sir etuvchi tashqi omillar



Download 271,5 Kb.
bet7/12
Sana31.12.2021
Hajmi271,5 Kb.
#235641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qashqadaryo havzasida ta

II.2. Tabiiy jarayonlarning rivojlanishi va tarqalishi va ularga ta`sir etuvchi tashqi omillar

Rel`yefning hozirgi zamon formalari shakllanishida eroziya, deflyatsiya, surilma, karst, suffoziya kabi tabiiy geografik jarayon muhim rol o`ynaydi. Ana shunday tabiiy geografik jarayondan biri eroziya bo`lib, uning rel`yefga ta`siri shuningdek, turli geografik sharoitlarda eroziyaning namoyon bo`lishi turlichadir.

Bu jarayonning borish tezligi rel`yefga ta`sir darjasi va eroziyaga qarshi kurash choralari va ularni vujudga keltiruvchi omillarni puxta bilishni taqozo etadi.

Eroziyani vujudga keltiruvchi omillar jumlasiga joyning nishabligi rel`yefning parchalanish darajasi yer ustini tashkil etuvchi tog` jinlarining petrografik tarkibi qatlamlarning yotish xarakteri, joy iqlimining xarakteri, o`simlik qoplamining qalinligiva muayyan hududlarda insonning xo`jalik faoliyati kabi omillarni kiritish mumkin. Respublikamizdagi tekisliklari 21.253.3 ming ga yoki umumiy maydonning 54,4 % ini ishg`ol etadi. O`zbekiston cho`llarida deflyatsiya ya`ni shamol eroziyasi jarayoni sodir bo`lib turadi. Bu hol quruq yerlarda ham shuningdek sug`oriladigan vohalarda ham mavjud.

Qarshi cho`lida Amudaryoning quyi oqimida, Buxoro viloyatida hamda Surxondaryo viloyatining janubiy qismlarida suv chiqarishga mo`ljallangan katta maydonlarni o`zlashtirish uchun shamol eroziyasiga qarshi va ekinlarni garmselning salbiy ta`siridan himoya qilishga qaratilgan muhim tadbirlar ko`rilishi kerak.

Tabiiy omillar ta`sirida yoki yerdan noto`g`ri foydalanish natijasida barcha tuproqning foydalanish natijasida tuproqning yohud uning bir qismining yemirilishi va bir joydan ikkinchi joyga yuvib, uchirib olib ketilishi tuproq eroziyasi deyiladi.

Nishab joylarni suv yuvib ketishi yoki to`zigan tuproqning shamol bir joydan ikkinchi joyga olib borishi natijasida tuproq yemirilishi mumkin. Mana shu jihatdan tuproq eroziyasi ikkiga: Irrigatsion va deflyatsion eroziyaga bo`linadi. Viloyatimizning tekislik zonasida, ya`ni Qarshi cho`li g`arbida, Sandiqli qum cho`lida deflyatsion eroziya jarayoni keng tarqalgan. Bu maydonlarning ayrim uchastkalari qumli tuproqlardan tashkil topgan. Qarshi-Kogon temir yo`li orqali o`tganimizda ayrim maydonlarning sho`rlanganligini, katta-katta qumli maydonlarni uchratishimiz mumkin.

Shamol ta`sirida qum donachalari bir joydan ikkinchi joyga ko`chib, eol qum rel`yefi, qum massivlarini tashkil etadi. Qumlarning harakati va yemirilishi jarayoni turli usullarda o`rganiladi. Bu borada ko`pgina olimlarimizning xizmatlari katta. Masalan A.I. Znamenskiy, R.S. Zokirov, I.I. Ostrovskiy va boshqalar. Qumli cho`llardagi eol qum yotqiziqlari qum rel`yefi shakllarini 3 guruhga bo`lish mumkin:



  1. Yalang`och qum shakllari;

  2. O`simlik bilan yarim mustahkamlangan qum shakllari;

  3. Mustahkamlangan eol qum shakllari.

Birinchi guruhga kiradigan qum shakllariga yakka yoki to`p-to`p holda uchraydigan barxanlar, barxan zanjirlari kiradi. Bu qum rel`yef shakllari kuchli shamol ta`sirida bir joydan ikkinchi joyga juda tez ko`chib yuradi.

Ikkinchi guruhdagi qum shakllari cho`lning efemer va efemeroid o`simliklari bilan turlicha mustahkamlangan bo`ladi. Ularning yuqori qismlari ko`pincha yalong`och bo`lib, qumlari o`qchib turadi.

Uchinchi guruhga kiruvchi qum shakllarini ko`rinishi va vujudga kelishi oldingi guruhlardan keskin farq qiladi. Bu guruhdagi qumlarning manfiy shakllardan biri sho’rlangan botqoqliklarni ham uchratish mumkinligidadir.

Qum relyef shakllardan yana biri barxanlardir. Barxan- harakatchan eol qum relyef formasi bo`lib u yarim oy shaklida uchraydi. Yakka va to’p holda uchraydigan barxanlarning paydo bo’lish va qum shakllarini katta-kichikligi olib kelinadigan qum massasiga va faol shamol kuchiga bog’liq. Barxanlarni umuman ko’chma qum shakllarini klassifikatsiyasiga bo`lib o’rganishni birinchi marotaba MDH geograflaridan M.P.Petrov va V.A.Fyodorovichlar tafsiya etishgan.

Shamolning tezligi qayerda kamaysa shamol oqizib ketayotgan qum o’sha yerda yotqiziladi. Shamol butalarga relyefning past- baladliklarga duch kelganda uning tezligi kamayishi mumkin. Biroq shamolning o’zidagi turbulent ham uning tezligi kamayishi mumkin. Shamol tezligining kamayish u uchirib ketayotgan qumning bir qismi yotqizilib do’nglik kamayishiga sabab bo’ladi.

Cho’l relyef akkumulyativ birlamchi shakli bo’lgan barxanlar - yoy shaklidagi qum tepalari, ularning kesimi dessimetrik profilga ega. Dengiz boyidagi dyunalardan farq qilib barxanlar faqat quruq qumdan vujudga keladi. Barxanning shamolga ro’para yotiq bo`lib, qiyaligi 5-100 dir. Shamol shu yonbag’ir boylab yuqoriga ko’taradi. Qum zarralari barxanlarning eng tepasiga ko’tarilib, so’ng shamolga ters tomonga o’tgach, og’irlik kuchi tasirida pastga tomon dumalab tushadi va qiyaligi 300 li shamolga ters yonbag’irni hosil qiladi. Barxanning o’ng va chap yonida qumlar barxan ustidan oshib o’tuvchi qumga qaraganda oson harakat qiladi. Shuning uchun barxanlarning har ikki chekkasidagi qum oldinroqqa siljib shox hosil qiladi. Mana shu sababli barxanlarning balandligi Qoraqumda balandligi 5-6 m, kamdan-kam hollarda 8 m, Sahroi Kabirda esa barxanlarning balandligi 40 m ga ham yetishi mumkin.

Shamol katta-katta qum massivlarini harakatga keltirib, barxan zanjirlarini yana bir-biriga parallel gryada yoki marza shakldagi barxanlar to`dalarini hosil qiladi. Gryada yoki barxan zanjirlarining uzunligi 400 m ga yetadi. Barxan zanjirlarini barxanlar to`plamidan iborat rel`yef shakli deb bo`lmaydi. Ular katta qum massivlaridagi o``ziga xos rel`yef shakllaridir. O`rta Osiyoda barxan zanjirlari kam harakat qiladi.

O`rta Osiyo cho`llarida barxan zanjirlariga qaraganda, harakatsiz o`simlik bilan mustahkamlangan va katta maydonlarda uchraydigan qum uyumlari, do`ng qumlar keng tarqalgan: do`ng qumlarning rel`yef shakllari noto`g`ri shaklda do`nglardan iborat bo`lib, ularning yonbag`ri bir-biridan farq qilmaydi. Ularning balandligi 2-5 m. Do`nglar va ular orasidagi pasttekisliklar tartibsiz joylashadi.

Cho`llarda gryada qumlari keng tarqalgan. Ular Qoraqum va Qizilqum cho`llarida katta maydonlarni egallaydi.

Grayada qumlarining shamolga ro`para va ters yonbag`ri bo`lmaydi. Ular asosan shamollar yo`nalishiga parallel cho`zilgan. Gryada qumlarining balandligi O`rta Osiyoda 10-20 m ga boradi. Gryada qumlarining uzunligi 0,5 km dan bir necha km gacha boradi.Gryadalar orasidagi pastliklar tagi yo gilli yoki toshloq bo`ladi.

Gryada qumlarining qanday paydo bo`lishi uzil-kesil hal qilingan emas. Gryadalar shamol yo`nalishi bo`yicha cho`zilganligi sababli ko`pchilik tadqiqotlar ularni shamol natijasida paydo bo`lgan deb hisoblaydilar. Gryada qumlari erozion yo`l bilan paydo bo`lgan degan fikrlar ham bor.

Qum barxanlarini kelib chiqishi jarayonini ko`pgina olimlar mukammal o`rganishgan. O`lkamiz tekisliklaridagi qum barxanlarining balandligi 1.0 m; kengligi va uzunligi turlichadir.

Viloyatning Lebop (Chorjo`y) oblastiga tutashgan qismida balandligi 10-15 sm bo`lib, uzunligi 15-20 m ga yetadi. Shuningdek, Qarshi cho`lining g`arbidagi tekisliklarda yakka holdagi barxanlarni uchratih mumkin. Ularning balandligi 1,5 m dan oshmaydi. Uzunligi 20 m atrofida.

Eroziya turlaridan yana biri irrigatsion eroziyadir. Irrigatsion eroziya viloyatimizning ko`pgina tog`oldi zonalarida sodir bo`ladi. Eroziyaning bu turi ko`pincha inson ta`sirida ham sodir bo`ladi. Ya`ni qiya maydonlarni tartisiz haydash, chorva mollarini boqish, o`rmonlarni qirqib yuborish va boshqalar sababli jarlar hosil bo`ladi. Yonbag`ir ustki qatlamining yuvilib ketishi yonbag`irning nishabligi tufayli ham davom etadi. Ayni vaqtda eroziyaning uzunligini tezlashtiradi, chunki, tushayotgan yog`in-sochin katta maydonlarda yig`ilib, nisbatan kuchli oqim hosil qiladi. Haqiqatdan ham Qashqadaryo havzasining eroziyaga uchragan ko`pgina uchastkalarida eroziyaning faol kechishi joyning ana shunday qiyaligi bilan bog`liq.

G`uzor Langar tog` oldi mintaqasi eroziyaga xavfli tipik zonadir. Binobarin, Langar qorayib past tog`larni va adirlarni erozion formalarining keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. Chunki, mazkur hududda eroziyani vujudga keltiruvchi geografik omillar yonbag`irning g`arbga tomon qiyaligi yer ustiga yuvilishiga moyil lyossimon qatlamlarning borligi, o`simliklarning siyrakligi, atmosfera yog`inlarining yetarli emasligi rel`yefning parchalanishi uchun qulaylik tug`diradi. Huddi ana shunday sharoit Qashqadaryoning o`ng irmog`i sanalgan Oyoqchasoy havzasida ham mavjud. Bu soy o`zining o`rta qismida to`rtlamchi davrga mansub lyossimon yotqiziqlarni yuvib chuqurligi 15-20 kengligi 25-30 m bo`lgan tik yonbag`irlik jarlik ichida oqadi. Bundan tashqari soy yon irmoqlar tarzida 30-40 m uzunlikdagi yassi yonbag`irlik jarlik kelib tutashadi. Shuning uchun bu yerdagi jarlikni soyning nomi bilan Oyoqcha soy deb ataladi.

Langar daryoning katta o`zbek trakti yonida jarlik ichida oqishi ham shubxasiz shu joy nishabligidandir.

Neogen va to`rtlamchi davrlarga mansub g`ovak va lyossimon yotqiziqlar bilan qoplangan Yakkabog` adirlarida Pachkamar suv omboridan janubdagi hududlarga eroziyaning nihoyatda tez borishi mumkinligini qayd etish lozim.

Buning ustiga eroziya boshqa tabiiy geografik jarayonning rivojlanishi uchun turtki bo`lgan. Daryo irmoqlarini vodiysi tor va yashshiksimon quruq soy o`zanlariga perpendikulyar ravishda qo`shiladigan jarliklar bor. Bu hol daryo vodiysi yonbag`rining ustki qismida surilmalar vujudga kelishida shu bilan birga iqlimning quruq bo`lishi fizik kurashning faol kechishiga imkon bergan, ba`zan ohaktosh va gipsli jinslar ochilib qolishidan rel`yefda karst formalar rivojlangan.

Joy iqlimining xususiyati erozion jarayonga ikki tomonlama ta`sir ko`rsatadi. Bu ta`sirlardan biri kontinental iqlimli tumanlarda insonning xo`jalik faoliyati orqali bo`lishi mumkin. Odatda, quruq iqlim sug`orishni talab qiladi. Irrigatsiya shaxobchalarini kengaytiradi. Bunda irrigatsion eroziya deb, atalmish tuproq eroziyasi ro`y beradi. Tabiiyki, sug`orish to`g`ri olib borilmagan hollarda jarlar vujudga kelishi mumkin. Buni G`uzor, Qamashi, Qorabog` va boshqa aholi punktlari atrofidagi jarlar misolida ko`rsa bo`ladi.

Shunday qilib, Qashqadaryo hududining tekislik zonasida yuqorida aytilgan barcha tabiiy geografik o`zaro bog`langan holda eroziyaning faol kechishi uchun qulaylik vujudga keltirilgan. Buning ustiga kishilarning xo`jalik faoliyatida yuz berib turuvchi eroziyaga yo`l ochadigan hollar qo`shilsa, ushbu zona eroziya jarayoni faolligi jihatidan bir qator katta xavfli tumanlardan biri hisoblanadi.

Demak, eroziya rivojlanishiga imkon beruvchi tabiiy geografik omillarni aniqlash va tabiiy jarayonning kechishiga qarshi insonning faol aralashuvini ta`minlash faqat ilmiy jihatdan muhim bo`lmay, katta amaliy maqsadni ham ko`zlaydi.

O`rta Osiyo paydo bo`lgan davridan hozirgi kunhacha turli tabiiy jarayonni o`z boshidan kechirishi, natijasida cho`llarda rang-barang bir-biridan keskin farq qiluvchi tabiiy geografik landshaftlar paydo bo`ldi. Cho`llarda hosil bo`lgan ko`chma qumlar cho`l landshaftlarining ajralmas qismi hisoblanadi.

Asrlar davomida cho`l o`simliklaridan yaylov sifatida foydalanib kelindi. Ba`zi joylarda noto`g`ri foydalanish oqibatida yangi-yangi qum massivlari paydo bo`ldi. Yaylovlar o`z hosildorligini kamaytirdi, ammo keyingi 60-70 yillar orasida cho`llarning tabiiy boyliklaridan biri hisoblangan o`simliklarning muhofaza qilish, yaylovlar hosildorligini oshirish borasida ko`pgina ishlar qilindi.

Fitomelioratsiya – cho`ldagi ko`chma qumlarga qarshi kurashish tadbirlaridan biridir. Fetimelioratsiya tadbiri bilan olib boriladigan ishlar cho`ldagi vohalar bilan chegaradosh vohalar ichida temir va shosse yo`llari, aholi punktlari va sanoat obektlari atrofidagi qumliklarda olib boriladi.

Keyinchalik qumlarni to`sib qoladigan ixotazorlar Qarshi cho`lining shimoliy va markaziy qismlarida Qarnob cho`lida, Surxondaryo viloyatidagi katta qum massivida Lebop, Mari, Amudaryo bo`yidagi vohalar atrofida tashkil qilingan. O`simliklardan barpo etilmagan ko`chma qumlarga qarshi yo`yilgan konlarga O`rta Osiyo cho`llariga xos bo`lgan qora saksovul, chirkiz, boyalich va shuvoqlardan ko`plab foydalanilgan. Mavjud va yangi yaylovlar hosildorligini oshirish maqsadida ko`pgina ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining ishlari samarali bo`ladi.

Samarqand viloyatining Qarnob qishloq chorvadorlik hududida fitomelioratsiya usuli bilan 7000 ga maydondagi yaylovlar sifati yaxshilandi.

O`zbekiston Fanlar Akademiyasi nomidagi Botanika instituti bilan tajriba uchun Qarshi cho`lining janubiy qismidagi Nishon davlat naslchilik xo`jaligi hududida 80 ga yerga chzen va 20 ga yerga tereskin ekildi va unumli hosil olindi.

Keyinchalik, chzen ekiladigan maydon 400 ga ga tereskin mydoni esa 200 ga ga kengaytirildi. Nishon tumanining muvaffaqiyatli tajribasidan ibrat olib, O`zbekistonning boshqa tumanlari hududida yaylov o`tlari ko`plab ekiladigan bo`ldi.

Tuproq eroziyasi qishloq xo`jaligi uchun haqiqiy ofatdir, tuproq eroziyasiga qarshi kurash naqadar muhim, agar viloyatimizdagi shudgor qilinadigan va yaylovlardagi suv va shamol eroziyasiga barham berilsa, u holda qo`shimcha mablag` sarflamasdan katta miqdordagi mahsulot va chorvachilik uchun yem-xashak olinar edi.


Download 271,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish