II Bob. QASHQADARYO HAVZASIDA TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLARNING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
1.1 Qashqadaryo havzasining tabiiy geografik tavsifi
Qashqadaryo viloyati O’zbekistonning janubida joylashgan bo’lib, geografik jihatdan muhim tabiiy va iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Viloyat shimolda Samarqand, shimoli-g’arbda Buxoro va sharqda hamda janubi-sharqda Surxandaryo viloyati bilan chegaradosh. Shimoli sharqda Tojikiston bilan chegaradosh. Viloyatimizning umumiy yer maydoni 28.6 ming km2 bo’lib respublika hududining 7% ini tashkil etadi.
Viloyat g’arbdan sharqqa 293 km, shimoldan janubga 195 km masofaga cho’zilgan. Hudud chegarasining umumiy uzunligi 795 km, shundan 405 km tog’lardan o’tadi, 390 km past-tekisliklardan iboratdir.
Viloyat hududining katta qismi to’rtlamchi davr yotqiziqlaridan tarkib topgan va g’arbga tomon qiya tekisliklardir. Bu yotqiziqlarni tevarak atrofdagi tog’lardan daryolar oqizib tushgan. Tekislikda asosan allyuvial tuproqlar hosil bo’lgan. Qarshi cho’lida och tusli bo’z tuproqlar, sur qo’ngir cho’l tuprog’i, taqir va boshqa tuproqlar uchraydi. Zarafshon tizmasining eng g’arbiy qismi Qoratepa tog’lari deb ataladi. Bu tog’lar Taxtaqoracha dovonidan boshlanib g’arbda Ugurtan dovongacha cho’zilib boradi. Qoratepa tog’larining ko’p qismi qoyali tepaliklardan iborat. Shuning uchun bu yerda jilg’alar juda ko’p.
Ana shu jilg’alarning qo’shilishidan uzunligi 70-80 km keladigan Qalqamqasoy Qum daryo hosil bo’lgn.
Taxtaqoracha dovonining yaqinida Zarafshon tizmasi sharqqa qarab Chaqilkalon tog’lariga ajraladi. Bu tog’lar Qashqadaryo viloyati bilan Tojikiston orasidagi chegara bo’lib xizmat qiladi. Chaqilkalon tog`idan janubdagi tog’lar Zarafshon tizmasini Hisor tizmasi bilan bog’lab turadi.
Geologik tuzilishi va relyef xususiyatlariga ko’ra Qashqadaryo viloyatini bir-biridan farq qiladigan 3 qismga bo’lish mumkin.
Viloyatning katta hududini ishg’ol etgan g’arbiy va janubiy-g’arbiy qismi keng tekisliklarni ishg’ol qiladi. Bu yerda asosan to’rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplangan qumli Sandiqli ho’l qum va lyossimon jins tarkibli Qarshi qiya tekisligi, to’lqinsimon relyefga ega bo’lgan Jom va Qarnob cho’l tekisliklarini o’z ichiga oladi. Yuqorida qayd etilgan yotqiziqlar to’rtlamchi davrga mansub daryo, vaqtincha oqar suvlar, shamol faoliyati natijasida shakllangan.
Ular ostida yura davrining yotqiziqlari ohaktosh galogen hosilalari qalin qatlamlar tarzida joylashgan . Ayni paytda tekislik o’rtasida ko’tarilib turgan, Qo’ng’irtog’, Kosontog’, Maymanoqtog’, Alloviddintog’, Do’ltali va boshqa mezakaynazoy burmalarini ko’rish mumkin. Ular ichida eng balandi Qo’ng’irtog’dir balandligi 571m.
Viloyat shimoli-g’arbga tomon asta sekin ko’tarilib tog’ oldi adir mintaqasiga o’tadi. Asosan neogen davrida hosil bo’lgan kontinental yotqiziqlardan tashkil topgan. Bu adirlarning mutloq balandligi 600-1000 m ga teng. Adirlar usti lyoss yotqiziqlari bilan qoplangan turli tomonga yo’nalgan tekisliklardir. Ayniqsa Yakkabog’ tumanida adirlar tekislik bilan tog’ o’rtasida 26 km lik mintaqani ishg’ol qiladi. Adirlar aksar holda daryo va soy vodiylari bilan parchalangan. Shimolda va Shimoliy-Sharqda gersin burmalanishiga mansub bo’lgan Zarafshon tizmasining va sharqdan-g’arbga tomon pasayib boruvchi Chaqilkalon, Ziyoviddin, Zirabuloq tog’lari qad ko’targan. Mutloq balandligi 2500 m dan Chaqilikalon, Qoratepa 800 m gacha pasayadi.
Bu yerda sinklinal vodiy sifatida Zarafshon tizmasi ko’ndalang botiqlar bilan ajralganligini ko’rish mumkin. Bu hol Qoratepa, Ziyoviddin va Zirabuloq tog’lari bilan bir-biridan ajratilgan Jom botig’i sifatida tipik nomoyon bo’lgan.
Viloyatimizning sharqiy qismi alp burmalanishida shakllangan Hisor tizmasi va uning tarmoqlari bilan band. Mutloq balandligi 4000 m dan janubiy-g’arbga tomon 1000 m gacha pasayuvchi bu tog’lar geologik- geografiya adabiyotlarida Sumsar, Shertog’, Yakkabog’, Langar, Qorail deb yuritiladi. Ayniqsa Yakkabog’ tog’lari baland qirrali tog’ massivlarining ko’pligi bilan xarakterlanadi. Osmontarash, Beshnov, Arrabosh, Maskara, Toytalash, Xontaxti, Eshakmaydon tog’lari nihoyatda parchalangan alp tipli relyefi bilan ajralib turadi.
Respublikamizning eng baland nuqtasi Hazrati Sulton cho’qisi 4688m Hisor tizmmasida bo’lib, viloyat chegarasidan atigi bir necha km narida Surxandaryo viloyatidadir.
Dehqonobod tumanida o’rtacha balandligi ba`zi ba`zida 1800 m ga yetadigan bir necha antiklinal tizmalar joylashganligi bular Qorasirt, Bobosurxon, Odamtosh,Usmonkesik, Modun, Sayfi kabi nomlar bilan atalishi mumkin.
Tog’lar ko’pincha shimoli-sharqdan, janubi-g’arbga tomon qarab oquvchi Qashqadaryo va uning chap irmoqlari bo’lgan daryolar bilan parchalangan. Juda qalin yura davriga oid ohaktosh qatlamlarini kesib tik devorli chuqur daralar hosil qilgan. Shunday chuqur daralarni Hisor tog’larining mashhur tadqiqotchisi P.P Chuenko obrazli qilib ‘’klyammi’’(yani tangi) deb ataydi.
Tog’lari aksari paleozoy va mezazoy davrlarida hosil bo’lgan cho’kindi jinslardan tashkil topgan. Relyef bu mazkur tog’ jinslaridan tashkil topgan strukturalarda erozion muzlik, karst kabi genetik tip xususiyatiga ega. Ba`zan magmatik jinislardan tashkil topgan, baland tog’ massivlari ham uchraydi.
Qashqadaryo viloyati iqlimi O’rta Osiyoga xos bo’lgan barcha kontinental iqlim belgilarini o’zida mujassamlashtiirgan. Qishi iliq, yozi issiq bo’lib, yanvar oyining o’rtacha harorati +00 +20 C bo’lib, o’simliklar yil davomida o’z vegetatsiyasini davom ettirib turadi.
Lekin, ba`zan Arktika havo massasi tog’lardan oshib o’tib , haroratni pasaytirib yuboradi. Natijada ayrim vaqtlarda mutloq minimal harorat -220, -290 C ga tushib ketadi. Yoz esa issiq iyul oyining o’rtacha harorati +280 +290 C bo’lib uzoq vaqt davom etadi. Maksimal harorat +430 , +470 C ga chiqadi. Haroratning taqsimlanishi relyefga bog’liqdir. Ko’p yillik kuzatishlar shuni ko’rsatadiki harorat janubi-g’arbdan, shimoli sharqqa qarab pasayib boradi. Buni quyidagi 3- jadvalda ko’ramiz.
3-jadval.
Geografik nomlar.
|
Absolyut balandligi.
|
Yillik o’rtacha harorat.
|
Seversov muzligi
|
2780
|
2.7
|
Mingchuqur
|
2117
|
7.2
|
Dehqonobod
|
874
|
14.8
|
Kitob
|
658
|
14.6
|
G’uzor
|
542
|
16.1
|
Qamashi
|
520
|
15.5
|
Koson
|
340
|
14.7
|
Qarshi
|
378
|
14.5
|
O’rta Osiyo iqlimi ustida ish olib borgan L.N.Babushkin ma’lumotiga ko’ra ba’zi yillari qish ancha iliq keladi, bunday qishni ‘’vegetatsiyali qish’’ deyish mumkin. Eng oldin tekislik qismida 21-oktabrda, oxirgi sovuq esa 25- martda bo’ladi. Havoning namligi havo haroratining yo’nalishiga teskari proportsionaldir. Mutloq namlik viloyatimiz tekislik qismida yiliga o’rtacha mm ga teng. Nisbiy namlik dekabrda 70-75% bo’lsa, iyulda 38-39% ni tashkil qiladi. Shamol viloyatning shimoliy qismida o’zgarib turuvchi fyon shaklida roy beradi. Tekislikda esa tez-tez shimoli-g’arb tomondan quruq shamollar esib turadi.
Yog’ingarchilik miqdori relyefga ko’ra g’arbdan sharqqa tomon o’zgaradi. Eng kam yog’in g’rbiy qismida 180 mm sharqiy qismida 550 mm ni tashkil etadi. Hududning mutloq balandligi ortib borgan sari yillik yog’in miqdori ham ortib boradi. Buni quyidagi 4- jadvalda ko’rishimiz mumkin.
4-jadval.
Geografik nomlar
|
Absolyut balandligi
|
Yillik yog’in miqdori
|
Muborak
|
288
|
131
|
Koson
|
340
|
199
|
Qarshi
|
378
|
187
|
G’uzor
|
524
|
285
|
Qamashi
|
520
|
327
|
Kitob
|
658
|
562
|
Mingchuqur
|
2117
|
612
|
Yani Muborakda (288m) 131 mm, Kitobda(658m) 562 mm Mingchuqurda(-2117m) 612 mm gacha ko’paydi. Atmosfera yog’ini yil boyicha notekis taqsimlangan bo’lib eng ko’p yog’in bahor oylariga to’g’ri keladi.
Qashqadaryo havzasi Zarafshon va Hisor tog’larining g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, shimol tomondan Zarafshon havzasi bilan janub va janubiy-sharq tomondan Surxandaryo havzasi bilan chegaralanadi.
Viloyatning eng yirik daryosi Qashqadaryo daryosi bo’lib uning uzunligi 332 km dir. Qashqadaryo Hisor tizmasining g’arbiy qismidan Tovtosh dovonidan qariyib 3000m balandlikdan boshlanib, Muborak tumani hududiga shimoli sharqda qumlar orasida g’oyib bo’lib ketadi. Daryo suv to’plash havzasi 8780 km2 bo’lib asosan qor va yomg’ir suvlardan toyinadi. Shuning uchun ham daryo bahor oylarda to’lib oqadi.
Daryo suvidan yerlarni sug’orish maqsadida, asosan paxta yetishtirishda foydalaniladi. Daryoning yillik suv sarfi 5,60 m3/sek bo`lib, eng ko`p suv aprel-may oylariga to`g`ri keladi. Bunga sabab shuki, “Qashqadaryo” V.L.Shulsning ma`lumotlariga qaraganda, qor va yomg`irlar bilan to`yinadigan daryolar jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |