2.3. Taqlid so‘zlar
Taqlid so‘zlar sharpa, tovush, sho‘la, harakatlarning obrazi bo‘lgan so‘zlardir. Taqlid so‘zlar ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tovushga taqlid so‘zlar. Tovushga taqlid so‘zlar tabat va jamiyatda uchraydigan xilma-xil tovushlarni nutqqa ko‘chirilishi asosida yuzaga keladi: inga-inga, pix-pix, vov, uv, qag‘-qag‘, taq, gurs, gumbur kabilar; 2) harakat va holatga taqlid so‘zlar. Harakat va holatga taqlid so‘zlar tabiatda uchraydigan turli narsa va hodisalarning harakat va holatlarni so‘zlar vositasida ifodalanishi asosida vujudga keladi: yalt, lip, lik - lik, yalp - yalp, bij - bij kabilar.
Taqlid so‘zlar yakka va takror holda ishlatiladi. Takroriy taqlid so‘zlar asosida davomiylik, takrorlanish kabi ma’nolarni ifodalanadi. Qiyoslang: U piq etib kuldi. U piq-piq ko‘ldi. Tovushga taqlid so‘zlarga, ba’zan –ir, -ur kabi unsurlar qo‘shilib takror shaklda ishlatilganda, ularning ma’nolari kuchaytiriladi: taq+ir-tuq+ur, tas+ur-tus+ur, dup+ur-dup+ur.
Taqlid so‘zlar boshqa turkumlardan yasalmasa ham, biroq ular asosida ot va fe’l turkumiga doir so‘zlarni yasash mumkin: qars+ak, bizbiz+ak, sharshar+a, g‘arg‘ar+a, jizz+a kabi otlar, taq+illa, duk+illa, lapang+la, milt+illa, taq etmoq, lik etmoq kabi fe’llar shular jumlasidandir.
Taqlid so‘zlar gapda, asosan hol va sifatlovchi aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Bunda ular etgan va etib kabi so‘zlar bilan birikib kelishi ham mumkin. Masalan: Sobir yaxna ko‘k choyni qult-qult yutdi. O‘rmon bo‘ylab boltaning taq-taq etgan tovushi taralib sokinlikni buzardi. Simyog‘ochga ilingan chiroq shamolda taq-taq etib ovoz chiqarardi.
Taqlid so‘zlar otlashganda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi. Masalan, ega: Bu yerdan to‘plarning gumbur-gumburi eshitilib turardi; to‘ldiruvch: Senlar bu yerda vag‘ir-vug‘ur bilan ovvorasanlar; qaratqich aniqlovchi: Xolmurodning kirib kelishi quvnoq qiy-chuvning bosilishiga sabab bo‘ldi.
XULOSA
Turkiy tillarda yordamchi so‘zlar tizimida qaraladigan bog‘lovchilar grammatik jihatdan o‘zgarmaydi va mustaqil lug‘aviy ma`noga ega bo‘lmaydi. Ulardan gap bo‘laklari hamda ayrim gaplarning tuzilishi va ma`nolariga ko‘ra bo‘ladigan turli xil munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Bog‘lovchilar o‘zlari bog‘lagan ayrim so‘zlar va ayrim sodda gaplarning o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko‘rsatish bilan birga, shu munosabatlarining turini, xususiyatlarini ifoda etadi.
Har qanday til birligi, jumladan yordamchi so‘zlar tarkibiga kiruvchi teng bog‘lovchilar ham nutq jarayonida pragmatik, hosila ma`no kasb etadi. Aslida bog‘lovchilar qo‘shma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplarni hamda uyushiq bo‘lakli murakkab sodda gaplar orasidagi turli xil munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llanuvchi yordamchi so‘zlardir. Matn talabi bilan ular xilma-xil pragmatik, hosila ma`nolar ham kasb etishi mumkin. Masalan, quyidagi matnga diqqat qilaylik: Samarqand – o‘zining boy tarixi, buyuk madaniyati, muqaddas obida va koshonalari bilan shuhrat qozongan dunyo taraqqiyotining beshiklaridan biri bo‘lib, bugun ham o‘z salohiyati va betakror qiyofasi bilan jahon miqyosida ming-minglab muxlislarni o‘ziga maftun etib kelayotgani, xalqimizning g‘urur va iftixoriga aylangani haqida gapirish ortiqcha, deb o‘ylayman.
Tilshunoslikda yordamchi so‘zlarning leksemalar va qo‘shimchalar orasida “oraliq uchinchi” bo‘lib, ham leksemalar, ham grammatik morfemalar xususiyatini o‘zida mujassamlash-tirishi aniqlangan. Ular shaklan leksema, mazmunan qo‘shim-chadir ( qiyos: Kitobni akamga/akam uchun oldim.) Shu tufayli bo‘lsa kerak, til tizimida yordamchi so‘zlarning o‘rni turlicha baholanadi ayrim olimlar ularni qo‘shimchalarga, ayrimlari nutq bo‘lakchalariga, ba’zilarini yordamchi so‘zlarga nisbat beradilar. Yordamchi so‘zlarning so‘zmi, qo‘shimchami yoki mustaqil so‘zlarning yordamchi so‘zlar bilan bog‘lanishi so‘z birikmasimi ekanligi hanuzgacha munozara mavzui bo‘lib qolmoqda. Chunki yordamchi so‘zlar guruhi ichida shunday birliklar borki, ular ham “ma’noviy mustaqillik”, ham “ma’noviy nomustaqillik” xususi-yatiga ega (ot+ko‘makchilar, yordamchi va ko‘makchi fe’llar). Chunonchi, “tortib” mustaqil so‘z sifatida ravishdosh kabi qo‘llaniladi: Baliq qarmoqni bir tortib, qochib ketdi. Shu so‘z Farhod tog‘idan tortib Shirin yayloviga qadar Sirdaryo bo‘ylab tizilib ketgan etmish ming xalq bu sovuqlarni pisand qilmaydi (Oyd.) gapida yordamchi so‘z vazifasida kelgan. Tortib mustaqil va yordamchi ma’nolarga ega bo‘lishiga qaramay, mustaqil leksemalar tipiga kiradi. Uchun, sayin, uzra, kabi, va ga o‘xshagan yordamchi so‘zlar aniq bir tushunchani ifodalay olmaydi, ammo turli munosabatlarni yuzaga chiqarib va ular yordamchi so‘zlar guruhidan joy oladi. Yuqoridagilardan anglashiladiki, “alohida qo‘llanila olish yordamchi leksemalarni mustaqil leksemalar bilan yaqinlashtirsa, turli-tuman munosabatlarni ifodalash kabi umum-lashgan ma’no ularni morfemalarga, qo‘shimchalarga yaqin-lashtiradi va leksemalar va morfemalar ziddiyatida “oraliq uchinchi” vazifasida keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |