Mundarija: kirish i-bob. Yordamchi so‘zlar



Download 51,06 Kb.
bet1/8
Sana10.12.2022
Hajmi51,06 Kb.
#883084
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
attachment(30)


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I-BOB. YORDAMCHI SO‘ZLAR………………………………………………..6
1.1. Yordamchi so’zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi……………………6
1.2. Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlаri…………………17
II-BOB. ALOHIDA OLINGAN SO‘ZLAR……………………………………24
2.1. Modal so‘zlar………………………………………………………………...24
2.2. Undov so‘zlar………………………………………………………………...26
2.3. Taqlid so‘zlar………………………………………………………………...27
XULOSA………………………………………………………………………...29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI…………………………31


KIRISH
O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning funktsional-stilistik xususiyatlari A.Pardaev tomonidan monografik yo‘nalishda o‘rganilgan va nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlarini o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz.
Ko‘makchilar o‘zbek tilshunosligida ushbu tadqiqotga qadar ham o‘rganish ob`ekti bo‘lgan va buning natijasida katta-kichik maqolalardan tortib, monografik yo‘nalishdagi ishlar yuzaga kelgan.
Jumladan, H.Berdiyorovning “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” mavzuidagi (Samarqand, 1949), X.T.Axtamovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida murakkab analitik so‘ngshakllar” nomli nomzodlik dissertatsiyalari (Toshkent,1981), A.N.Kononovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” (Toshkent, 1951), SH.SHoabdurahmonovning “O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar” (Toshkent,1953), R.Rasulovning “O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarning semantik-grammatik xususiyatlari” (Toshkent,) T.Rustamovning “O‘zbek tilida ko‘makchilar” (Toshkent,1995), “Sof ko‘makchilar” (Toshkent,1991) monografiyalari bevosita o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Mavzuning dolzarbligi: Barchaga ma’lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘zlar va yordamchi so‘zlar. Bular orasidagi zidlanishni ma’noviy va vazifaviy nomustaqillik tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko‘ra yordamchi so‘zlar belgili, mustaqil so‘zlar esa belgisiz a’zo mavqeini egallaydi. Yordamchi so‘zlar hech qachon mustaqil qo‘llanmaydi, bog‘liq qurshovlardagina kela oladi. Mustaqil so‘zlar esa mustaqil qo‘llanilish va ma’no ifodalash qobiliyatiga egadir.
Leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqich belgisi “ma’noviy mustaqillik” emas, “ma’noviy nomustaqillik” bo‘lishining sababi mustaqil leksemalarning bu belgiga nisbatan betarafligidir. Chunonchi, katta guruhni tashkil etuvchi atoqli otlar (Temir, Anor, Gavhar) guruhida, mavhum otlarda mustaqil ma’noning mavjudligi kishini shubhaga soladi. Mustaqil so‘zlarda “ma’noviy mustaqillik” belgisi shartlidir. Assimilyatsiya tilshunos-likda boshqacha, biologiyada esa tamoman o‘zgacha talqin etiladi. Loy adabiy tilda boshqacha, otarchilar nutqida esa boshqacha izohlanadi. Shunga o‘xshash hodisalarni sifat, fe’l, ravishlar ichida ham ko‘plab uchratish mumkin. Bularning barchasi “ma’noviy mustaqillik” belgisi mustaqil leksemalarda nisbiy tushuncha, nisbiy belgi ekanligini ko‘rsatadi. Mana shuning uchun leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqichning belgisi “ma’noviy mustaqillik” emas, balki “ma’noviy nomustaqillik” bo‘la oladi. Ushbu belgi asosidagi ziddiyatda ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalar kuchli (belgili) a’zoni tashkil etadi. Sof ko‘makchi, sof bog‘lovchi, sof yuklamalar hech qachon mustaqil ma’noli so‘zlar xususiyatiga ega bo‘la olmaganligi tufayli ularning guruhiga o‘ta olmaydi.
“O‘zbek tili grammatikasi, I tom. Morfologiya” (Toshkent, 1975.) akademik nashrida, A.N.Kononovning “Grammatika yazika tyurkskix runicheskix pamyatnikov.VII-IX vv.” (L.,1980), “Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika” (M.-L., 1960), S.Mutallibovning “Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk” (Toshkent,1959), E.Fozilovning “O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi” (Toshkent,1965), A.M.SHerbakning “Grammatika starouzbekskogo yazika” (M.-L.,1962), G‘.Abdurahmonov va SH.SHukurovlarning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” (Toshkent, 1973) singari asarlarda ham ko‘makchilar tadqiqiga doir maxsus bo‘limlar mavjud.
O‘zbek tili, qolaversa turkologiyada ko‘makchilarni o‘rganishga oid ishlar orasida T.Rustamovning tadqiqotlari ham sezilarlidir. U ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan “O‘zbek tilida ko‘makchilar” (Toshkent,1965), “Sof ko‘makchilar” (Toshkent, 1991) singari monografiyalar hamda o‘nlab maqolalar e`lon qilgan.
Jumladan, uning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar” monografiyasi ko‘makchilarning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi qo‘llanish xususiyatlari va ularning tasnifiga bag‘ishlangan bo‘lib, yordamchi so‘zlarning ushbu turi tilshunosligimizda qay darajada o‘rganilganilganligi hamda ularning grammatik xususiyatlari boy til materiali asosida tahlil etilgan. Materialni yoritishda E.D.Polivanov, I.A.Batmanov, Q.Ramazon, H.Qayumiy, O.Usmon, A.N.Kononov, SH.SHoabrurahmonov, A.A.Koklyanova, U.Tursunov, H.Berdiyorov, A.Abdullaev, V.V.Reshetov kabi olimlarning qarashlariga tayangan holda ish ko‘radi, ularga munosabat bildiradi va “ko‘makchilar gap bo‘laklarining tobelanish munosabatini yaratuvchi va turli grammatik ma`nolarni ifodalashda xizmat qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan leksik-grammatik kategoriya” ekanligi va uning “gap qurilishidagi muhim xususiyati bilan ham boshqa so‘z turkumlaridan tubdan farqlanishi” haqida o‘z nuqtai nazarini bayon etadi .

Download 51,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish