Mundarija: kirish i-bob. Yordamchi so‘zlar



Download 51,06 Kb.
bet2/8
Sana10.12.2022
Hajmi51,06 Kb.
#883084
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
attachment(30)

Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo’lib, jami 31 betni tashkil etadi.

I-BOB. YORDAMCHI SO‘ZLAR
1.1. Yordamchi so’zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi
Tilshunoslikda yordamchi so‘zlarning leksemalar va qo‘shimchalar orasida “oraliq uchinchi” bo‘lib, ham leksemalar, ham grammatik morfemalar xususiyatini o‘zida mujassamlash-tirishi aniqlangan. Ular shaklan leksema, mazmunan qo‘shim-chadir ( qiyos: Kitobni akamga/akam uchun oldim.) Shu tufayli bo‘lsa kerak, til tizimida yordamchi so‘zlarning o‘rni turlicha baholanadi  ayrim olimlar ularni qo‘shimchalarga, ayrimlari nutq bo‘lakchalariga, ba’zilarini yordamchi so‘zlarga nisbat beradilar. Yordamchi so‘zlarning so‘zmi, qo‘shimchami yoki mustaqil so‘zlarning yordamchi so‘zlar bilan bog‘lanishi so‘z birikmasimi ekanligi hanuzgacha munozara mavzui bo‘lib qolmoqda. Chunki yordamchi so‘zlar guruhi ichida shunday birliklar borki, ular ham “ma’noviy mustaqillik”, ham “ma’noviy nomustaqillik” xususi-yatiga ega (ot+ko‘makchilar, yordamchi va ko‘makchi fe’llar). Chunonchi, “tortib” mustaqil so‘z sifatida ravishdosh kabi qo‘llaniladi: Baliq qarmoqni bir tortib, qochib ketdi. Shu so‘z Farhod tog‘idan tortib Shirin yayloviga qadar Sirdaryo bo‘ylab tizilib ketgan etmish ming xalq bu sovuqlarni pisand qilmaydi (Oyd.) gapida yordamchi so‘z vazifasida kelgan. Tortib mustaqil va yordamchi ma’nolarga ega bo‘lishiga qaramay, mustaqil leksemalar tipiga kiradi. Uchun, sayin, uzra, kabi, va ga o‘xshagan yordamchi so‘zlar aniq bir tushunchani ifodalay olmaydi, ammo turli munosabatlarni yuzaga chiqarib va ular yordamchi so‘zlar guruhidan joy oladi. Yuqoridagilardan anglashiladiki, “alohida qo‘llanila olish yordamchi leksemalarni mustaqil leksemalar bilan yaqinlashtirsa, turli-tuman munosabatlarni ifodalash kabi umum-lashgan ma’no ularni morfemalarga, qo‘shimchalarga yaqin-lashtiradi va leksemalar va morfemalar ziddiyatida “oraliq uchinchi” vazifasida keladi.
Yordamchilarni so‘zlarga quyidagilar yaqinlashtiradi: a) shaklan alohida ajralib turish; b)lug‘aviy ma’noning mavjudligi (sifat ko‘makchilar, ot ko‘makchilar, fe’l ko‘makchilarda…); v)ko‘pincha ularning mustaqil so‘zlarga yaqinlashishi, ulardan kelib chiqishi. Yordamchi so‘zlarning grammatik morfemalarga o‘xshash tomoni ularning morfemalar kabi mustaqil nominativ funksiya bajarmasligi (ammo, va, sayin, kabi), qo‘shimchasimon shaklda bo‘lishi (-u, -yu, -da; -ki (-kim); -dek (-day), -cha) va boshqalar. Biroq yordamchi so‘zlarning grammatik morfemalardan farqli tomoni shundaki:
1) ular gap bo‘lagi, so‘z birikmasi, gap sathida sintaktik xarakterdagi vazifa bajaradi. Bu xususiyat ko‘makchilar uchun xos. Chunonchi,
1. Yaxshi bilan yursang etarsan murodga, Yomon bilan yursang qolarsan uyatga (Maq.)
2. To‘lqinlarning kuchli na’rasi, Yulduzlarga qadar etardi. (Uyg‘.)
2) gap bo‘laklari yoki gaplarni o‘zaro bog‘laydi. Bunday funksiyada, asosan, bog‘lovchilar va yuklamalar keladi:
1. Xonaga baland bo‘yli, biroq oriqqina yigit salom berib kirdi. (S.A)
2.Saida bu gapni aytdi-yu, chiqib ketdi. (S.Ahm.)
3) so‘roq, inkor va sh.k. gap ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladi (yuklamalar).
Yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlar va so‘z-gaplar оralig‘ida «оraliq uchinchi» maqоmini оladi. O‘z navbatida, yordamchi so‘zlar ham o‘z ichida umumiy bеlgilariga ko‘ra оraliq uchinchini ajratib chiqaradi. Ya’ni bоg‘lоvchilarda bоg‘lash, yuklamalarda gap mundarijasiga ta’sir qilish mоhiyatni bеlgilash darajasida bo‘lsa, ko‘makchilarda sanalgan har ikki bеlgi mushtarakdir. Bu ularning «оraliq uchinchi»lik mavqеini ko‘rsatadi.
Yordamchi so‘zlarning shakliy xususiyatlariga ko‘ra turlari. Yordamchi so‘zlar shakliy хususiyatariga ko‘ra:
a) qo‘shimchasimon yordamchi so‘zlar;
b) sof yordamchi so‘zlar;
v) nisbiy yordamchi so‘zlar.
Qo‘shimchasimon yordamchi so‘zlar har uchala yordamchi so‘zlar tarkibida uchraydi. Ko‘makchilar orasida -dek/-day,-cha, bog‘lovchilar orasida –ki/-kim; -u, -yu,-da affikssimon yuklama - bog‘lovchilar, yuklamalar orasida -mi, -chi, -a, -ya, -ku,-o q (-yo q), -da, -gina kabi qo‘shimchaga o‘xshash yordamchi so‘zlarni uchratish mumkin. Qo‘shimchasimon yordamchi so‘zlar shaklan qo‘shimchaga o‘xshaydi, ammo yordamchi so‘zlarning vazifasini bajaradi. Chunonchi,
1.Po‘latdek (kabi) dadil bir yigit bu ishdan hayiqsa, uyat bo‘ladi. (O.Muх.)
2.Shu payt o‘g‘ilchasi eshikdan yugurib keldi-da (va), dadasining quchog‘iga otildi. (Oyb.)
3.Bazmga Gulnoragina (faqat) kelmadi. (S.Ahm)
Sof ko‘makchilar sirasiga avvaldan ma’lum uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali so‘zlari; sof bog‘lovchilar sirasiga va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, yo, yoxud, go‘yo, agar, basharti kabilar; sof yuklamalar qatoriga xuddi, faqat, axir, hatto, naq, atigi so‘zlari kiradi.
Nisbiy yordamchi so‘zlar atamasi ostida boshqa turkumga mansub bo‘lgan so‘zning yordamchi vazifasida qo‘llanilishi (old, orqa, avval, bo‘ylab, boshlab…) yoki tabiatida “shakldoshlik” mavjud bo‘lgan birliklar tushuniladi. Masalan, “yolg‘iz” sifat turkumiga oid so‘z yuklama o‘rnida (Yolg‘iz senga suyanaman) ishlatiladi. Yoki Vaqtida yomg‘ir yog‘adi, vaqtida qor gapida vaqtida so‘zining vazifasi bog‘lovchilarga yaqindir. Bunga o‘xshash misollar nutqimizda ko‘p uchraydi. Yordamchi so‘zlarning shakliy xususiyatlariga ko‘ra turlarini quyidagi jadvalda umumlashtirish mumkin:
1-jadval

Yordamchi
so‘z turi

Sof yordamchi so‘z

Qo‘shimchasi-
mon yordamchi
so‘z

Yarim
yordamchi so‘z

Download 51,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish