Bitiruv ishining ob’ekti va predmeti O‘zbekiston bozor munosabatlariga o ‘tish, huquqiy demokratik davlat qurish, yangicha fikrlaydigan, mehnatga yangicha munosabat bilan qaraydigan yoshlami tarbiyalash, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitini yaratish.
Bitiruv ishining maqsadi. Hozirgi globallashuv davrida, inson ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan bir paytda turli g‘oyaviy tahdid va hurujlar jamiyatimizning
ma’naviy hayotiga ta’sir ko‘rsatishning kuchli quroli sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bitiruv ishining vazifalari. O‘zbekistonning yangi uyg‘onish davrini yaratishga kirishgan ekanmiz, har bir yurtdoshimizning qalbi va ongida ana shunday ma’naviyat shulasi porlashi va u bizni ezgu ishlarga undab, yuksak mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etib turishi zarur.
Bitiruv ishi tuzilmasining tavsifi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Ishning hajmi betni tashkil etadi.
I.BOB.YANGI O'ZBEKISTONDA MA’NAVIY MA’RIFIY ISLOHOTLARNING
DAVLAT SIYOSATI DARAJASIGA KO’TARILISHI 1.1. Yangi O'zbekistonda ma'naviy ma'rifiy islohatlarni
shakllanishi va rivojlanishi.
Xalqimiz ma’naviyat va madaniyat, ta’lim va tarbiya sohalarida boy merosga ega bo‘lib, yosh avlodni hamisha insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, birodarlik va kamtarlik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Ma’naviyat – ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa kelajakka bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi. U ota-bobolarimiz to‘plagan jamiki yaxshi fazilatlar va xislatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ajdodlarimiz to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o‘zida mujassam etadi.
Tariximizning boyligi va buyukligi, avvalo, xalqimizning yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan bog‘liqdir. Imo’l Buxoriy, Imo’l Termiziy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino,
Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan, ilmfan, ma’naviyat va ma’rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Temuriylar, Boburiylar to’lonidan yaratilgan buyuk saltanatlar, ular rahnamoligida barpo etilgan muhtasham tarixiy obidalar bugun ham xalqimiz dahosining yorqin namunalari sifatida dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda.
Inson kamoloti va yuksak ma’naviyati haqida gap ketganda, ijtimoiy muhit haqida ham fikr yuritmaslik mumkin emas. Chunki qadimda ota-bobolarimiz o‘z
farzandlari tarbiyasi masalasiga katta mas’uliyat, jiddiy e’tibor bilan yondashganlar. Masalan, bola tarbiyasi bilan asosan diniy-dunyoviy ilm sohasida oqila enagalar yoki ilm-ma’rifatda katta obro‘-e’tiborga ega ustoz-murabbiylar shug‘ullangan. Dono xalqimizda «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan ibratli so‘zlar bejiz aytilmagan. Ya’ni, har bir shaxsning o‘sib kamol topishida u yashagan oila muhiti, ustozlari va mavjud ijtimoiy sharoitlar muhim o‘rin tutadi. Afsuski, eski tuzum zamonida ta’lim-tarbiya, ma’rifat va madaniyatga ikkinchi darajali sohalar deb qaraldi. «Ma’naviyat» so‘zining o‘zi tilimizda iste’moldan chiqarib yuborildiki, bu tushuncha zamiridagi qadriyatlarimizning o‘sha davrdagi ahvoli haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Shu boisdan, istiqlol arafasida ma’naviyat sohasiga beqiyos e’tibor qaratilib, Birinchi Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan tilimizda, demakki, ong-u tafakkurimiz – dunyoqarashimizda ma’naviy boyliklar, ma’naviy tarbiya, xalq ma’naviy boyligi, xalq ma’naviyati, ma’naviy burch kabi tushunchalar yangidan shakllandi. Birgina misol: agar o‘tgan asrning 70-80-yillarida chop etilgan 2 jildli
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ga ham, 14 jildlik «O‘zbek sovet ensiklopediyasi»ga ham «ma’naviyat» so‘zi kiritilmagan, demakki, bu tushunchaga ta’rif berilmagan bo‘lsa, 2009-yilda nashr etilgan «Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati» no’lli alohida kitobda odamzod uchun bebaho boylik bo‘lmish ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni, ahamiyati bilan bog‘liq eng asosiy tushuncha va atamalarning keng izohi berilgan1.
Sobiq tuzum davrida inson ma’naviyati, xalq ma’naviyati, millatimizning ma’naviy merosiga nisbatan bir to’lonlamayondashildi, ularga sinfiy va partiyaviy nuqtai nazardan baho berilgan. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, yaqin o‘tmishda ma’naviy merosning minglab durdonalari haqida so‘zlash, yozish, targ‘ib-tashviq qilish taqiqlangan edi. Yuzlab ma’naviyat darg‘alari millatchilik, milliy biqiqlikda, dindorlikda ayblanib, qatag‘on qilingan. Hatto, yaqin qarindoshining janozasida bo‘lgani, ta’ziyasiga borgani uchun yurtdoshlarimizga nisbatan jazo choralari ko‘rilishi eski tuzumning oxirgi yillarida odatiy holga aylangandi. BirinchiPrezidentimiz iboralari bilan aytganda, «bu tuzum o‘z xalqinining tarixini, uning ruhi va odatlarini, o‘z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi».
Tarix sinovidan o‘tgan haqiqat shuki, ezgu g‘oyalarga, ma’naviy merosga, an’analar va zamonaviy talablarga asoslanmagan har qanday davlat uzoqqa borolmaydi. Bu haqiqatni yetmish yilning nari-berisida yashagan sobiq ittifoqning qismati yaqqol isbotladi. Ayni vaqtda mustabid tuzum davrida xalqimizning qadrqimmati, sha’ni va g‘ururi poymol etilgani, ko‘hna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani, ma’naviy qaramlik ostida taqdirimiz jar yoqasiga kelib qolganini aslo unutib bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy targ‘ibot faoliyati o‘zining mazmun-mohiyat va ahamiyati jihatidan eski davrdagi «propaganda-agitatsiya ishlari»dan yer bilan osmoncha farq qiladi. Mustaqil mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizning 12moddasida: «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas», deb belgilab qo‘yilganini eslash maqsadga muvofiqdir.1 Bugungi kunda olib borilayotgan ma’naviy targ‘ibottashviqot jarayoni zamirida yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasb-u korga mansub bo‘lgan kishilarni ma’naviy tajovuzlardan asrash, ularni ogohlikka chorlash, mavjud xavf va tahdidlarning oqibatlarini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‘oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashga qaratilgan tizimli va aniq maqsadli amaliy harakatlar mujassamdir. Chunki maqsadimiz oddiy va hayotiy – odamlarimiz qalbi va ongida yuqorida zikr etilgan insoniy tuyg‘ular qaror topishi, jamiyatimizda olijanob fazilatlar ustuvor bo‘lishiga erishishdir.
Tabiiyki, bunda yurtdoshlarimizning nafaqat bilimini oshirish, balki ular qalbida mustaqilligimizni mustahkamlash bilan bog‘liq yangicha tafakkur, yangi g‘oyalarni kamol toptirish, ularni yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyotini ta’minlash yo‘lida ezgu ishlarga rag‘batlantirish, odamlar ongu shuurida hayotimizning turli sohalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga daxldorlik, bunyodkorlik, kelajakka ishonch va shukronalik tuyg‘ularini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat to’lonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi.
Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo‘yila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Ahror, Cho‘lpon, Fitrat kabi allo’lalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi4. Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta xizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari
Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibrohim
Yusupovlar O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar.
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi.
YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi2.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi.
YUNESKO to’lonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi.
Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi,
Amir Temur no’li berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi3.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud azZamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin
Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi4. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi. Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur,
Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazila boshlandi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi5. Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab,Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan “Al-Jome as-Sahih” (“Ishonarli to‘plam”), “Al-adab, al-mufrad” (“Adab durdonalari”) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi6. 1998-yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi1.
Respublikada yubileylar munosabati bilan allo’lalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda 17 ta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda. 1995-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‘zbekiston yevangellyutteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Bir osmon ostida” shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi.
Toshkentda 2000-yilning sentabrida YUNESKO rahnamoligida “Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida” mavzuida dinlararo muloqot xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari qatnashdilar. Anjumanni o‘tkazish uchun aynan O‘zbekiston tanlangani bejiz emas. Zero, bu o‘lkadan dunyoga dong‘i ketgan buyuk allo’lalar, islo’l olamida katta hurmatga ega bo‘lgan buyuk zotlar yetishib chiqqan.
Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda din va vijdon erkinligi mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi dadil kurash olib bormoqda. AQSh sobiq davlat sekretari Madlen Olbrayt 2000-yil aprelida Toshkent Sinagogida ibodat qilgandan keyin: «O‘zbekistonda yana takror aytaman, O‘zbekistonda barcha dinlarga bir xil e’tibor berayotgani vijdon erkinligi to‘la ta’minlanganligi meni juda quvontirdi. Bu jihatdan O‘zbekistonni butun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatsa arziydi», degan edi.
Hayotning o‘zi, taraqqiyot qonuniyatlari, erishilgan marralar, istiqboldagi maqsad va vazifalar demokratik islohotlarni qat’iyat bilan davom ettirishni taqozo etar edi. O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»4 ma’ruzasida ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha yo‘nalishlari qatorida ma’naviyat sohasiga oid vazifalar ham aniq belgilab berilgan edilar. Chunki Konsepsiyada zikr etilgan ulug‘vor va murakkab vazifalarni hal etish, avvalo, ta’lim-tarbiya, ma’naviyatma’rifat, targ‘ibot-tashviqot masalalariga borib taqalar edi.
Konsepsiya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat va jamiyat rivojining prinsipial jihatdan yangi bosqichida mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha boshlangan keng ko‘lamli ishlarni yanada izchil davom ettirish dasturi bo’lgan edi
O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish ekan, bu g‘oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi, har bir inson uchun muqaddas bo‘lgan yuksak qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi. Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib ta’limni isloh qilish dasturini tayyorlandi.
Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi.
ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi;
e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;
ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi.
O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e’tiqodidan qutilgan istiqlol uchun, o‘z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turardi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yo‘lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Sobiq Ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ‘ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo‘lsa, endi bu o‘quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qolgan edi. Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi”, “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti”, ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarning tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etdi.
Istiqlolning dastlabki yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilib, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. Bu islohotlar natijasi o’laroq 2000-yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlari faoliyat ko’rsatdi.
Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekan bilimdon, ma’naviyatli, mustaqil fikrlab mustaqil ish yuritadigan yoshlarni Birinchi Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda jamiyatimizning eng katta boyligi, millatimizning intelektual, aql-zakovat boyligi bo‘lmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo‘yildi.
Bu borada “Umid” (1997-yil), “Ulug‘bek” (1993-yil) jamg‘armalari olib borayotgan ishlar alohida o‘rin tutdi. Faqat “Umid” jamg‘armasi sinovlarida 19971999 yillar mobaynida 5500 nafar yoshlar qatnashib, 658 tasi Prezident grantlariga sazovor bo‘ldi. 2000-2001-o‘quv yilidagi bu tanlovda 3000 nafar yoshlar bilimi sinovdan o‘tkazilib, ulardan 124 tasi xorijiy davlatlarni eng nufuzli o‘quv yurtlarida o‘qishga sazovor bo‘ldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko‘rsatildi:
uzluksizlik: ta’lim-fan-ishlab chiqarish;
mutaxassislarga talab istiqbolini o‘rganish;
o‘qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;
o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli ma’naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash;
korxonalarda maktab-institutlar bazasini mustahkamlashdan foydalanish;
chet el sarmoyalaridan foydalanish4.
Ta’lim to‘g‘risidagi yangi qonunga ko‘ra, uzluksiz ta’lim quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi zarurligi belgilab qo’yildi: maktabgacha-oila va bog‘cha tarbiyasi.
boshlang‘ich ta’lim 1-4 sinflar.
umumiy ta’lim majburiy bo‘lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash shakllanadi.
majburiy-ixtiyoriy tusdagi o‘rta-maxsus bilim va kasb-hunar o‘quv yurtlari: 3 yilga mo‘ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari
oliy ta’lim: bakalavr-4 yil, magistratura-2 yil o‘qish muddati, keyinchalik ilmiytadqiqot ishlarini olib borish uchun aspirantura-3 yilga, doktorantura-2 yil muddatga belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |