Mundarija kirish I. Bob. Yangi o'zbekistonda ma’naviy ma’rifiy islohotlarning davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi


Ma'naviyatning tarbiya jarayonidagi zarurati



Download 44,56 Kb.
bet3/3
Sana18.05.2023
Hajmi44,56 Kb.
#940464
1   2   3
Bog'liq
Yangi O\'zbekistonda ma\'naviy marifiy sohani rivojlantirish

1.2. Ma'naviyatning tarbiya jarayonidagi zarurati.
Buyuk mutafakkir va alloma bobolarimizning ma’naviyatliatli jamiyat to‘g‘risidagi g‘oyalari, orzu-umid va armonlari, o‘ylaymanki, ko‘pchiligimizga yaxshi tanish. Bu haqda ko‘p gapirmasdan, birgina Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asarini eslash kerak. Odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurni ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Va bunda mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, umuminsoniy madaniyat markazlaridan biri bo‘lib kelganini aks ettiradigan ilmiytarixiy va ijtimoiy-falsafiy konsepsiyani samarali amalga oshirish lozim. Yangi
O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirshda quyidagi omillarga alohida ahamiyat qaratish lozim: aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish;
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilarda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish; ushbu yo‘nalishda ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiyma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish.
Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, aholi barcha qatlamlarining axloqiy tarbiyasiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish lozim. “Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi”, degan chuqur ma’noli gapni ko‘p takrorlaymiz.
Lekin, afsuski, joylarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda ana shu qoidaga amal qilinmayapti.
Yana bir muhim masala. Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hokimlar – hududiy kengashlar raislarining doimiy e’tibor markazida bo‘lishi shart. Bu borada, ayniqsa, “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professoro‘qituvchilar va taniqli ziyolilarning jalb etilayotgani, ularning bu ishga mas’uliyat va kuyunchaklik bilan yondashishga erishish muhim ahamiyatga ega, deb o‘ylaymiz.
Biz “Har bir nuroniy – besh nafar yoshga murabbiy” tamoyili bo‘yicha muhtaram oqsoqollarimiz, kayvoni onaxonlarimizni tarbiyasi og‘ir, ma’anaviy ko‘makka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarga biriktirib qo‘yishga qaratilgan ibratli tashabbusni qo‘llabquvvatlashni davom ettiramiz. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi taniqli olim va ijodkorlarni jalb etgan holda, “Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy merosi” turkumida tarixiy-badiy risolalarni tezroq tayyorlab, ko‘proq adadda nashr etishni yo‘lga qo‘yishi lozim.
Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz kerak: milliy tarixni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizga milliy ruhda yetkazish, ularning qalbiga, shuuriga singdirish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Shuning uchun ham biz tariximizning barcha bosqichlarini yaxlit holda qabul qilib, har tomonlama chuquro‘rganishimiz zarur. O‘tmishdagi yutuq va g‘alabalardan kuchquvvat olib, xato va mag‘lubiyatlaridan xulosa va saboq chiqarib yashaydigan xalq o‘zining taraqqiyot yo‘li va kelajagini to‘g‘ri belgilay oladi.
Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, yuksak ma’anaviyatli, shu bilan birga, bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash, tafakkur va zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.
Yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda, ilmiytexnologik talablarni hisobga olib isloh qilish, takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy va ma’naviy asosda shakllantirishni taqazo etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarish darkor.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarimiz samarasini oshirish uchun yana ko‘plab tadbirlarni amalga oshirish zarur. Jumladan:

  • ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indekatorlarini ishlab chiqish;

  • tarbiya jarayonida uzliksuzlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda, avvalo, bo‘lajak va yosh onalarga e’tiborni kuchaytirish;

  • bolalarni go‘dakligidan boshlab yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha eng muhim yo‘nalishlarni belgilash;

  • yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mustahkam iroda, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibat, mas’uliyat, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innavatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bosqichma-bosqich shaklantirish.

Navbatdagi dolzarb vazifa – joylarda, hususan, mahallalarda, xotin-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’rifiytarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish bilan bog‘liq. Shu ma’noda, necha yuz yillik tarix va madaniyatimiz, milliy o‘zligimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan muqaddas dinimizni asrash, ajdodlarimizning bebaho ma’naviy-ma’rifiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish biz uchun doimiy kun tartibida turadigan muhim masala bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307sonqaroriijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi karor qiladi:

  1. Quyidagilar:

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi (keyingi o‘rinlarda Chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Quyidagilar Konsepsiya va Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishning ustuvor

yo‘nalishlari etib belgilansin:
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan aholi, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan bog‘lik vazifalarni samarali amalga oshirish, ularni tinch-osoyishta hayot uchun eng zarur tayanch kompetensiyalar bilan ta’minlash; ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to‘g‘ri tashkil etish, go‘daklar va bolalarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash; yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehroqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish;
homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi, uzluksiz ta’lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish;
aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali
tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom dunyokarashni shakllantirish;
uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektorning hamkorligini samarali
yo‘lga qo‘yish.

  1. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chora-tadbirlar rejasini bajarish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda uning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini ta’minlasin.

  2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.


Download 44,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish