Mundarija kirish I. Bob. Yangi o'zbekistonda ma’naviy ma’rifiy islohotlarning davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi



Download 44,56 Kb.
bet1/3
Sana18.05.2023
Hajmi44,56 Kb.
#940464
  1   2   3
Bog'liq
Yangi O\'zbekistonda ma\'naviy marifiy sohani rivojlantirish


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………........
I.BOB.YANGI O'ZBEKISTONDA MA’NAVIY MA’RIFIY ISLOHOTLARNING DAVLAT SIYOSATI DARAJASIGA
KO’TARILISHI
1.1. Yangi O'zbekistonda ma'naviy ma'rifiy islohatlarni shakllanishi va
rivojlanishi….
1.2. Ma'naviyatning tarbiya jarayonidagi zarurati ………………………….….
II BOB. ZAMONAVIY DAVRDA TARBIYA MASALALARI VA UNING
MA’NAVIY ISLOHOLAR BILAN BOG’LIQLIGI
2.1. Globallashuv jarayonida tarbiyaga ta'sir ko'rsatuvchi omillar va tarbiya takomillashuvining zaruriyligi
2.2. Yangi O'zbekistonda ma'naviy ma'rifiy ishlarni amalga oshirishda "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi"ning o'rni.
2.3. Yangi O'zbekistonda ma'naviy ma'rifiy ishlar samaradorligi ko'lami va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar
XULOSA………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………………………..
Yangi ma’naviy makon nima? Mening nazarimda, u – biz orzu qilayotgan Yangi O‘zbekistonning ma’naviy qiyofasi yaqqol aks etadigan, xalqimiz intilayotgan va el-yurtimiz bahtiyor yashayotgan ma’rifatli jamiyatdir.
Sh.Mirziyoyev
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yagona g‘oya — Milliy istiqlol mafkurasi mavjud intellektual imkoniyatlarni ishga solishga, yosh avlodni komil inson qilib
tarbiyalashga, oliyjanoblik tuyg‘ularini chuqurlashtirishga, shonli o‘tmishga hurmat va porloq kelajakka ishonch hislarini mustahkamlash.
Azaliy milliy qadriyatlarimiz, otabobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan odobaxloq qoidalarining butunlay yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida, ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish g‘oyat birlamchi vazifamizdir.
Shu sababli biz mamlakatimizda ma’naviy tarbiya tizimining yangi
strategiyasini yaratib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishimiz kerak. Mamlakatimiz aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini kuchaytirish, shu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini yanada oshirishimiz zarurligi davr talabiga aylanib bormoqda.
Yaqin yillarda mamlakatimizda yangi ma’naviy makonni va xalqimizning
yangi tafakkurini shakllantirish bo‘yicha ishlar samarasini yuksak darajaga ko‘tarish va bu boradagi faoliyat tizimini yanada takomillashtirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  1. Ma’naviyat va ma’rifat sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ishlarini samarali va tizimli tashkil qilish;

  2. Oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida

ijtimoiyma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatni tizimli tashkil etish, “mahalla – tuman – viloyat – respublika” prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni optimallashtirish xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  1. “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz

ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibottashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innavatsion uslublarini ishlab chiqish va ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rish;

  1. Aholi, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni

g‘oyaviy jihatdan qaram qilishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoiy, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha har bir yil uchun aniq chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;

  1. Oilaviy qadriyatlarga bepisand va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsiz qarash kabi illatlarga barham berishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  2. Aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish

madaniyatini oshirish, madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviyaxloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;

  1. Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

  2. Aholining ijtimoiy-ma’anaviy hayotida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkam bo‘yicha ma’naviyma’rifiy tadbirlarni tizimli amalga oshirish;

  3. Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash asosida butun mamalakatimiz miqyosidagi faoliyat samarasini oshirishga erishish;

  4. Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi, mahalla va boshqa tuzulmalar kesimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

  5. Ma’naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalarini amaliyotga samarali tatbiq qilinishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirishni yangi bosqichga ko‘tarish;

  6. Targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish tartibini yaratish va uni amaliyotda qo‘llash mexanizmini takomillashtirish;

  7. Ma’naviy barkamol avlodni shakllantirishda oila, ta’lim muassasalari, mahalla, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzulmalar o‘rtasida samarali hamkorlikni o‘rganish mexanizlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tizimli joriy etish.

Biz uchun ma’naviyat – insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hurmat va
e’tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo‘lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda, ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir.
Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalq ham, davlat ham shuncha kuchli bo‘ladi.
Globallashuv va axborot xurujlari, turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’sirida milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarimizga qarshi tahdid va xatarlar tobora kuchaymoqda. Xudbinlik ya’ni o‘zini o‘ylash, hayotga, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati singari illatlar turli yo‘llar bilan aholi, ayniqsa yoshlar ongiga singdirilmoqda.
Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiberjinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlarxavfi tobora ortib bormoqda. Ayniqsa yoshlar tarbiyasida jamoatchilikning roli susayib borayotgani barchamizni tashvishga solishi lozim.
Ma’naviyatimiz uchun eng katta xavf – bu aksariyat odamlarimizdagi loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganida, desak, bu ham ayni haqiqat.
Uzliksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish lozim va bunda o‘sib kelayotgan avlodning yosh xususiyatlari va intilishlarini hisobga olish zarur. Milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimining ahamiyati katta. Afsuski, hozirgi vaqtda bu fanlar rivoji, ular munosib ilmiy-amaliy va ta’limtarbiyaviy tizimini yangilash va optimallashtirish jarayoni zamondan ortda qolmoqda.
Targ‘ibotning ilmiy asoslangan zamonaviy texnologiyalari va yangi shakllarini, tahdidlarga qarshi samarali kurash usullarini ishlab chiqadigan vaqt keldi, deb hisoblayman. Takror aytaman: ilmga asoslanmagan sohaning kelajagi bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan mamlakatimizning keyingi davriga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida albatta ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga alohida bo‘lim ajratilishi darkor, deb hisoblayman.
Istiqbolda bu sohada amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan faoliyat ko‘lami va
salmog‘i, ahamiyati va yo‘nalishlari, bu jabhada ham natijadorlikka erishish zarurligi O‘zbekistonning 2022-2032yillarga mo‘ljallangan ma’naviy taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishni va uni davlat siyosatining tarkibiy qismiga aylantirishni talab qilmoqda. Bu muhim vazifa, o‘z navbatida, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot va badiiy ijodiyot sohalarining ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi ta’sirchanligini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarni taqazo etmoqda.

Download 44,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish