Mundarija kirish i-bob XVII asr oxiri va XVIII asrda g‘arbiy yevropada ilm-fanning rivojlanishi


XVII-XVII asrlar Yevropa falsafasida ma’rifatparvarlik g‘oyalarining ifodalanishi



Download 129,5 Kb.
bet3/6
Sana08.05.2023
Hajmi129,5 Kb.
#936309
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17 asr oxiri 18 asrda yevropada ilm-fan haqida

1.2 XVII-XVII asrlar Yevropa falsafasida ma’rifatparvarlik g‘oyalarining ifodalanishi
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida XVII asrda ishlab chiqarish jarayonida, xususan, mehnat taqsimotida tub sifatiy o'zgarishlarning sodir bo'lishi, ishlab chiqarish jarayonini rat-sionallashtirish talabining ortib borishi, ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish ehtiyojini kuchaytirib yubordi. Bun-day ehtiyojning ortib borishi, o'z navbatida, diniy dunyoqa-rashning ta'sirini kundan- kunga kamaytira bordi. Ushbu holat falsafaning hayotdagi mavqeini ham o'zgartirdi. Agar o'rta asrlarda falsafa dinshunoslik, Renessans sharoitida san'at va gumani-tar bilimlar bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, endi u fan yutuqlariga tayana boshladi. XVII—XVIII asrlar Yevropa faylasuflarining inson to'g'risidagi qarashlariga, shubhasiz, ushbu tendensiya o'z ta'sirini ko'rsatdi. Bunday kayfiyatni ilm-fan zudlik bilan rivojlana boshlagan Angliya, Fransiya, Germaniya faylasuflarining inson haqidagi qarashlarida ko'rishimiz mumkin.
XVII asr ingliz faylasuflaridan Frensis Bekon, Tomas Gobbs, Jon Lokklar inson to'g'risidagi xristian dini qarashlarini tanqid qildilar, inson tanasining tuzilishi, uning moddiy-ma'naviy holati haqida yangicha fikr-mulohazalarni bayon etdilar. Ularning tushun-tirishicha, falsafaning, ayniqsa, uning eng muhim tarmog'i bo'lgan gnoseologiyaning asosiy vazifasi — inson hayotini yax-shilashdan iborat bo'lmog'i lozimdir. Endilikda insonni alohida shaxs sifatida emas, balki jamiyat farovonligi ifodasi, jamiyat hayotining ta'rifi sifatida ko'rish darkorligini tushuntirdilar. Insonning tabiat kuchlari ustidan hukmronligini ta'minlashga qara- tilgan bilimlarni yanada rivojlantirish lozimligini qayta-qayta ta'kidladilar. Bunday fikr-mulohazalarni XVII asrda ijod qilgan mashhur ingliz faylasufi Frensis Bekon qarashlarida ko'rish mumkin.
Frensis Bekon 1561-yilda Angliyada muhr saqlovchi lord oilasida tug'ilgan. Kembrij universitetini tugatgan. Angliya parlamentida muhr saqlovchi, davlat kansleri bo'lib ishlagan. Umrining oxirida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullan- gan. 1626-yilda vafot etgan. Uning inson to'g'risidagi qarashlari «Axloqiy va siyosiy ocherk-lar», «Yangi Organon» asarlarida bayon qilingan.
Frensis Bekonning ta'kidlashicha, insonning mohiyatini, tana bilan jonning birligi tashkil etadi. Inson joni tanadagi asablar, arteriyalar bo'ylab SUzib yuradi, ya'ni harakatda bo'ladi. Uning bir uchi, shubhasiz, miyaga borib taqaladi. Shuning uchun ham, inson tanasi bo'ylab harakat qilib turgan jon - moddiy substansiyadir, ya'ni «haqiqiy materiya»dir. U bamisoli olov va havoga o'xshaydi.
Uning fikriga muvofiq inson, «tabiatning sharhlovchisi va xizmatchisidir», o'z turmushining chinakam egasi bo'lishi mumkin bo'lgan qudratdir. Frensis Bekon o'zining «Yangi Organon» (1620) asarida insonning tabiat ustidan hukmron bo'lishida fan yutuqlariga tayanish zarur ekanligini har to-monlama isbotlab berdi. Fanni har tomonlama rivojlantirish, xususan, insonning tabiat ustidan hukmron- ligini ta'minlamoq uchun fan tabiatda ro'y beradigan turli hodisalar sodir bo'lishi- ning haqiqiy sabablarini payqab olishi darkor. Fan hodisalar, voqealar sodir bo'li- shining haqiqiy mohiyatini ochib berish uchun uni yaxshi metod bilan qurollanti- rish, buning uchun tadqiqot uslublarini isloh qilish zarur, deb hisoblaydi. Olam to'g'risidagi turli ma'lumotlarni umumlashtirishning eng muhim vositasi induksiya, deb tushunadi. Bekonning fikriga ko'ra, hodisalar, voqealar, jumladan, insonning shakllanish jarayonini bilishda ham fan induksiya uslubi bilan qurollanishi zarur.
Bekonning fikriga ko'ra, inson analitik fikr yuritish, ya'ni har tomonlama tahlil qilish orqali olamdagi hodisalar, voqealarning haqiqiy mohiyatini bilib olmog'i zarur. Buning uchun esa, tajriba orqali olingan ma'lumotlarni o'zining fahm-farosati, fikr-mulohazasi chig'irig'idan o'tkazmog'i, ulardan umumiy hukmlar, xulosalar chiqara bilmog'i darkor. Shuning uchun ham, chinakam tadqiqotchi faqat turli fakt va raqamlar, dalillarni to'plash bilan chegaralanib qolmasligi, balki ulardan aniq hukmlar, xulosalar chiqarish malakasiga ega bo’lmog'i darkor, deb hisoblaydi.
Ma'rifatparvarlik g'oyalari xazinasiga munosib ulush qo'shgan yrvropalik faylasuflardan biri Tomas Gobbsdir. Mashhur ingliz faylasufi Tomas Gobbs 1588- yilda ruhoniy oilasida tavallud lopgan. Oksford universitetini tugatgan. Frensis Be- konga kotib bo'lgan. Xristian falsafasini mukammal o'rgangan. Uning inson to'g'- risidagi qarashlari «Tana haqida» (1653-y.), «Inson haqida» (1658-y.), «Fuqaro ha- qida» (1672-y.) triologiyasida bayon qilingan bo'lsa, jamiyat to'g'risidagi qarashlari
«Leviofan» (1651 -y.) asarida o'z aksini topgan. 1679-yilda vafot etgan.
Gobbs o'zining iisarlarida inson bilan jamiyat o'rtasidagi aloqadorlikni o'rganishga r'libor berdi. Uning fikriga ko'ra, jamiyat juda katta mexanizm bo'lib, inson o'sha buyuk mashinaning muruvvatlaridan biridir. Insonning ijtimoiy mohiyatini Gobbs o'ta chegaralangan mexaniк holatda sharhlaydi.
Gobbsning tushuntirishicha, barcha odamlar o'z tabiatlariga ko'ra teng, o'z maqsadlariga erishmoq uchun bir xil imkoniyatga, bir xil qobiliyatlarga ega bo'la- dilar. Davlatning qonunlari boshqa birovlarga zarar keltirmasligi uchun ba'zi kishi- lar erkinligini cheklab qo'yish zarur. Chunki yuqori darajadagi imkoniyat va qobili- yatga ega bo'lgan kishilar o'z navbatida, serjahl va xudbindirlar. Ushbu muammo- lar haqida fikr yuritgan faylasuf kishilardagi erkinlik jamiyatdagi turli axloqiy qoidalar, normalar, qonunlar yordamida cheklanganligi uchun ham odamlar jamiyatga nisbatan urush holatida Uiradilar. «Inson inson uchun bo'ri» holatida bo'ladi, degan xulosaga keladi.
Gobbs o'zining «Leviofan» asarida insonning jamiyatdagi o'rnini aniqlashga alohida e'tibor bergan. Uning fikriga muvofiq, «fuqarolar jamiyati odamlarning oddiy yig'indisi emas»8 Bu maxsus uyushma ma'lum rivojlanish tendensiyalari va o'ziga xos turli ziddiyatlari bilan ifodalanadi. Gobss o'zining bir qator asarlarida insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi aloqadorlik masalalarini o'rganishga ham alohida e'tibor berdi. Uning tushuntirishicha, insondagi barcha qobiliyatlar tabiiy va o'zlashtirib olingan qobiliyatlardan iborat bo'ladi. Xususan, uning yozishi- cha, «inson tabiati ovqatlanish, ko'payish, his qilish va fikr yuritish kabi qobiliyat- lar yig'indisidan iborat. Bu qobiliyatlarni biz bir so'z bilan, tabiiy qobiliyatlar, deb ataymiz. Ular insonni aqlga ega maxluq sifatida ta'riflash uchun kerak bo'ladi.
Gobbsning fikricha, inson degan mavjudot bir-biridan mutlaqo farq qiluvchi ikki muhim bo'lakdan iborat bo'lib, birinchi bo'lagini jismoniy, ikkinchi bo'lagini ma'naviy qobiliyatlar tashkil etadi. Ma'naviy qobiliyatlarga: bilish, ijtimoiy hayot- ga ko'nikish kabi qobiliyatlar kiradi. Insondagi ma'naviy qobiliyatlar tabiat tomo- nidan in'om etilmaydi, balki ular o'zlashtiriladi. Ingliz mutafakkiri yozganidek,
«barcha odamlar ijtimoiy hayotda qobiliyatsiz bo'lib tug'iladilar (chunki hamma bola bo'lib tug'iladi)».
Gobbsning fikriga ko'ra, insondagi ma'naviy qobiliyatlarni shakllantirish va uni rivojlantirishda tarbiya asosiy rol o'ynaydi. Insonning ma'naviy qiyofasi shakl- lanish jarayonini chuqurroq tahlil eta borib, odamlar o'rtasida har kuni uchrab tura- digan qobiliyatlari va iste'dodida majud bo'lgan farqni qanday sabablar vujudga keltiradi? degan savolga javob topishga harakat qilgan faylasuf bunday yozadi:
«Odamlar bir-biridan bilimlariga ko'ra shu darajada farq qiladilarki, buni ularning faqat miya strukturalari orasidagi tafovut bilan tushuntirib bo'lmaydi».10 Bu yerda shuni ta'kidlash joizki, Gobbs insonning ma'naviy qobili-yatlarini mavjud ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bog'lab tushun-tirishga harakat qiladi.
Yevropa ma'rifatparvarlik g'oyalari taraqqiyotida ingliz faylasufi Jon Lokk- ning ham xizmatlari katta bo'ldi. Mashhur ingliz faylasufi Jon Lokk 1632-yilda Rington shahrida advokat oilasida tug'ilgan. Tlinster maktabida o'qigan. Oksford universitetini tugatgan. Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyotni mukammal o'rgangan. Oksford universitetida o'qituvchi bo'lib ishlagan. 1682-yildan e'tiboran Gollandiya- da yashagan. 1688-yilda Angliyaga qaytib kelgan. 1704-yilda vafot etgan. Uning inson to'g'risidagi qarashlari «Inson aqli haqida tajriba» (1690-y.) asarida ba- yon etilgan.
Faylasufning tushuntirishicha, inson tug'ilgan vaqtda uning qalbi har qanday g'oya, tushuncha, prinsip, qoidalardan xolis bo'ladi. Inson qalbi xuddi oq qog'oz varag'idek toza bo'lib, «faqat tajriba o'sha qog'oz sahifasini turli yozuvlar bilan to'ldiradi. Insonni yangi bilimlar, yangi g'oyalar bilan qurollantirmoq uchun tajribaga tayanmoqi darkor. Har qanday bilim yoki g'oyaning manbai tajribadir».11 Lekin tajribadan hosil bo'lgan g'oyalar bilim uchun mate-rialdir, xolos. G'oyalar- ning bilim darajasiga ko'tarilmog'i uchun uni farosat chig'irig'idan o'tkazib, qayta ishlov berish darkordir. Ana o'shanda oddiy g'oyalar o'zgarib, haqiqiy bilimlarga aylanadi.
Jon Lokk «Aqlni boshqarish haqida» (1706-y.) asarida ta'kidlaganidek, inson

  • faoliyat ko'rsatuvchi mavjudotdir. Inson faoliyat ko'rsatishda o'z aqlida mavjud bo'lgan bilimlarga tayanadi. Tabiiyki, insonning barcha jabhadagi faoliyatini aql o'zining ko'zga ko'rinmas kuchi bilan boshqaradi. Qalb aqlga quloq soladi, unga ergashib boradi va unga bo'ysunadi. Shuning uchun ham ingliz mutafakkiri insonning aqliy kamoloti haqida doimo qayg'urish, uni yangi bilimlar bilan qu- rollantirib turishga da'vat etadi. Aqlni yangi bilimlar bilan qurollantirmoq uchun inson o'zining fikr yuritish malakasini doimo takomillashtirib turishi lozim ekan- ligini uqtiradi. Fikr yuritish malakasini takomillashtirish yoilarini va uslublarini aniqlab berishga intiladi. Lokk fikr yuritish malakasini shakllantirish uchun har bir dalildagi umumiylikni aniqlash, butun tajriba ma'lumotlari yig'indisini yaxlit deb qarash (butun va bo'lak aloqadorligi), qandaydir turli-tuman g'oyalar kombina- tsiyasini vujudga kelishiga yo'l qo'ymaslik (anologiya, assotsiatsiya) kabi uslublar va usullar yordamida narsalar tabiati to'g'risida aniq bilimga ega bo'lish mumkin- ligini ko'rsatadi.

Lokk fikriga asosan, inson aqlining yangi bilimlar bilan boyib borishida mustaqil o'qib-o'rganish katta ahamiyatga ega bo'ladi. Mustaqil o'qib-o'rganmoq, ya'ni mustaqil bilim olmoq uchun har bir kishi mustaqil fikr yuritish malakasiga ega bo'lmog'i lozim. Uning o'tkirlanishining birdan-bir yo'li — mustaqil o'qib- o'rganishdir.
Jon Lokk inson jismoniy va ma'naviy qiyofasining shaklla-nishida tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlab berdi. Uning tushuntirishicha, tarbiya faqat kishilarni savdo-sotiq ish-lariga tayyorlash bilan chegaralanib qolmasligi, balki uning yordamida odamlar,ayniqsa,yoshlar fuqarolik mas'uliyatini tushunib olishlari darkor. Har bir fuqaroda «ezgulikka qaratilgan turmush va amaliy faoli- yatga, nimasi bilan o'z mamlakatiga foydasi tegishi mumkinligi haqidagi ehtiyqjni o'rganishga intilish istagi»12 shakllanishi lozim. «Butun tarbiya san'ati qalbni ezgu- lik bilan qurollantirishga, uni yanada mustahkamlashga qaratilmog'i lozim».
Tarbiyaning samaradorligi, Lokk fikricha, jamiyat bilan shaxs o'rtasidagi o'zaro aloqa- dorlikning mustahkamligiga bog'liq. Jamiyat bilan shaxs orasida o'zaro aloqador- likning mustahkamligi esa ayrim individga, uning har tomonlama kamol topishiga, chunonchi, jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanish birligi ta'minlanganligiga bog'liq.
Lokkning e'tirof etishicha, insonning baxt-saodatga erishuvi ko'pchilik hollarda uning o'ziga bog'liq. «Tarbiya haqida mulohazalar» (!693-y.)asarida yozganidek, bu olamdagi baxtiyorlik ho-latining to'la va eng qisqa tavsifi — sog'lom tanada sog'lom qalbning bo'lishidir. Kimki o'zida unisini ham, bunisini ham mujassam qilsa, unga ozgina istak bildirishning o'zi kifoya; kimki uning birontasidan benasib bo'lib qolgan bo'lsa, bunday kishiga oz bo'lsada o'rnini bosuvchi kompensatsiya berish lozim bo'ladi. Insonning baxtli yoki baxtsiz bo'lishi aksariyat hollarda uning o'z qo'lida bo'ladi. O'z qalbini chinakamiga boshqara bil- magan kishi, hayotda to'g'ri yo'l topa olmaydi. Tanasi zaif va sog'lom bo'lmagan kishi ham hech qachon to'g'ri yoidan borishga qodir bo'lmaydi. Jismonan bardam va ma'naviy yetuk kishilargina turli mo'jizalar yaratishga qodir bo'ladi.
Mashhur fizik Isaak Nyutonning qardon do'sti Jon Lokk, yuqorida biz eslatib o'tgan «Inson aqli to'g'risidagi tajriba» asarida, nafaqat metafizikaning sensualistik tanqidi, nafaqat erapirik bilish nazariyasi, balki tabiiy huquq prinsiplarini ham ishlab chiqdi. Lokkning tushuntirishicha, insondan doimo begonalashmaydigan hu- quqlarga uch asosiy huquq: yashash, erkinlik va mulk kiradi. Mulkka ega bo'lish huquqi, inson mehnatiga beriladigan baho bilan bevosita bog'liq. Shuning uchun ham Lokkning ta'kidlashicha, mulk inson mehnatining natijasidir. Individning hu- quqiy tengligi o'sha uchta begonalashimaslik huquqini qabul qilishning zaruriy natijasidir. Ingliz mutafakkiri har bir kishining xususiy manfaatini huquqiy norma- lar himoya qilishi zarurligini alohida ta'kidlaydi. Yuqoridagi fikr-mulohazalarga tayanib shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Jon Lokk Yevropada ma'rifat- parvarlik g'oyalarini shakllantirishga muhim hissa qo'shdi. Uning vatani Angliya esa Evropada ma'rifatparvarlik g'oyalari vatani bo'lib qoldi.



Download 129,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish