2-fasl. Badiiy-estetik xususiyatlar
“Muhabbatnoma”ning umumbashariy g’oyalar tashishi, lirik obrazlarning
mukammalligi, xarakterlarning hayotiyligi muallifni o’z davri an’analaridan yuqori ko’targan xususiyatlardan biridir. Ulug’ shoir ko’plab salaflari, zamondoshlaridan farqli ravishda, lirik obrazlarning tashqi portretiga oro beribgina qolmasdan, ularning ruhiy-ma’naviy olamiga ham yo’l ochdi. Bir so’z bilan aytganda, shoir 50 yaratgan lirik obrazlar muallifning yuksak ideallarini tashish bilan birga, hayotga juda yaqin keldilar va she’riyat muxlislarining ko’ngil mulkiga aylandilar.
Darhaqiqat, ushbu asar davrlar o’tishi bilan kitobxonlar qalbidan tobora chuqurroq o’rin egallab bormoqda va o’zbek mumtoz adabiyoti tarixida o’chmas iz qoldirdi. Xo’jandiyning “Latofatnoma”si, Amiriyning “Dahnoma”si, Sayyid Ahmad ibn Mironshohning “Taashshuqnoma”si bevosita “Muhabbatnoma”ning samarali ta’siri bilan vujudga kelgan. “Latofatnoma” muallifi bo’lgan Xo’jandiy
“Muhabbatnoma” va shoir Xorazmiy haqida quyidagilarni yozgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |