2-fasl. Nomachilikda an’ana va novatorlik masalasi
Xorazmiy o’zining “Muhabbatnoma” ustidagi ishida dastlab turkiy tildagi
adabiyotning eng yaxshi namunalaridan oziqlangan fors-tojik tilidagi Avhadiy
“Dahnoma”sidan, xamsanavislikdagi oshiq-mahshuqlarning savol-javob
lavhalaridan bahramand bo’lgan.
Xorazmiy o’zidan avval yaratilgan nomalardan yaxshi xabardor bo’lgani holda, o’z ijodiy ‘rinsi’laridan kelib chiqib, “muhabbatnoma”ni faqat oshiqning
ma’shuqaga yozgan nomalari tarzida yaratishga qaror qiladi. Unda ma’shuqa
tavsifiga keng o’rin berilgan bo’lib, vasf yetkchi o’rinni egallaydi. Asarda
ma’shuqa ma’naviy dunyosini ochadigan, oshiqqa qarata yozilgan javob nomalari yo’q.
Xorazmiy fors-tojik adabiyotida mavjud nomachilik an’analari –
muqaddima, asar yaratilish sababi, nomalar, xotima kabilarga rioya qilgani holda asarning qurilmasi jihatidan ulardan farqli usulda butunlay yangi original ijod namunasini yaratadi. Bu so’zsiz Xorazmiyning o’z davri estetik talablaridan kelib chiqib ish tutganligidan darak beradi. Xorazmiy bu asarida tasavvuf talqinlari orqali inson go’zalligini, insoniy ishqni ulug’lab, o’zbek adabiyotida ilg’or va taraqqiy’arvar romantik kayfiyatlarni kuylashni boshlab berdi.
Badiiy adabiyot ijtimoiy ong shakli sifatida tarixiy taraqqiyot qonuniyatlariga bo’ysunadi. Jamiyatda yuz bergan moddiy o’zgarishlar badiiy adabiyotda ham o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. San’at va adabiyotdagi o’zgarishlar birdan bo’lmaydi. Adabiyotdagirivojlanish evolyutsion tarzda sodir bo’ladi. Har bir davr san’ati o’zidan oldingi san’at bilan bog’liq bo’lib, takomillashib, rivojlanib boradi. Bir xalq adabiyoti ikkinchi xalq adabiyotiga ta’sir etadi. Bundan esa vorislik qonuni kelib chiqadi.
An’ana va novatorlik masalasi vorislik qonuniyatining namoyon bo’lishidir. An’ana o’tmish adabiyotidan qolgan eng yaxshi g’oyaviy-badiiy boyliklarni keyingi davr adabiyoti tomonidan munosib tarzda rivojlantirilishidir. O’tmish adabiyoti yoki boshqa xalqlar adabiyotlarining eng yaxshi yutuqlari adabiy an’ana bo’ladi. Masalan, Navoiy o’z asarlarida insonparvarlik, qahramonlik, xalqlar do’stligi, zulm va razolatga nafrat g’oyalarini olg’a surgan. Ana shu g’oyalar keyingi yozuvchilar tomonidan rivojlantirildi yoki Abdulla Qodiriy Valter Skott hamda Jo’rji Zaydon ijodidagi roman shaklini olib, shu asosda butunlay yangi o’zbek milliy romanini yaratdi. Erkin Vohidov esa mumtoz adabiyotdagi g’azaljanrini yangicha ruh va mazmun bilan rivojlantirdi.
An’ana quyidagicha bo’ladi:
- G’oyaviy an’ana. Bu Navoiydagi singari insonparvarlik, qahramonlik g’oyalari va motivlarining rivojlanishidir.
- Tiplar an’anasi. Obraz yaratish an’analarining keyingilar tomonidan qabul qilinib rivojlantirishidir. Farhod – Azizxon – Evklion, Gobsek – Qori Ishkamba ana shu tiplar an’anasining namunasidir.
- Formal an’analar. Shunisi muhimki, g’oyaviy an’analar dunyoqarashi bir-biriga yaqin yozuvchilar tomonidan rivojlantiriladi. Formal an’analar esa dunyoqarashi turlicha bo’lgan yozuvchilar tomonidan ham rivojlantirilishi mumkin. Chunki badiiy shakl dunyoqarashga betaraf bo’ladi. Lekin har bir yozuvchi mavjud shaklni o’zining dunyoqarashidan kelib chiqib bo’ysundirishi mumkin. Demak, formal an’ana bu oldingilardan meros qolib, keyingi yozuvchilar tomonidan rivojlantirilayotgan janrlar, tasvir vositalari, vazn hamda qofiyalardir.
Badiiy shakl sohasidagi an’analar quyidagicha davom ettiriladi:
Mavjud janr shakllarini rivojlantirish;
O’tmish an’analarini sintez qilish;
Mavjud shakldan qisman foydalanib, butunlay yangi janr yaratish. Masalan: poema, roman, g’azal.
Eski shakllarni “tiriltirish”;
Har bir yozuvchi o’zidan oldingilarning tajribasiga suyanib, biror yangi fikr aytishga harakat qiladi, ularning g’oyalarini rivojlantiradi.
Har qanday yangi asar oldingisiga qaraganda olg’a qo’yilgan qadam bo’ladi. Oldingi asar darajasiga ko’tarila olmagan, taqlidiy asarlar bundan mustasno. Keyinroq yaratilgan asarni yangilik darajasi turlicha bo’ladi.
O’tmish adabiy an’anasidan foydalanib yaratilgan yangilik novatorlikdir.
Har bir asarda ham novatorlik belgilari bo’ladi, har bir yozuvchi u yoki bu darajada novatordir. Lekin har qanday asar ham, har bir yozuvchi ham to’la ma’noda novator bo’lavermaydi. Haqiqiy novator sifatida Hamza o’zbek adabiyotida mavjud bo’lmagan drama janrini, Abdulla Qodiriy roman janrini olib kirdi va yuksak darajaga ko’tardi. Abdulla Qahhor yaratgan Qalandarov obrazi ham yuksak mahorat bilan yaratilgan yangilikdir. Lekin har qanday kutilmagan va oldingi asarlarda uchramaydigan adabiy hodisa novatorlik bo’lavermaydi. Novatorlik haqiqiy va soxta bo’lib, haqiqiy novatorlik o’tmish adabiy an’analariga asoslanib, adabiyotda yangilik yaratishdir. Ba’zan novatorlik eskirgan formalarni qayta “tiriltirish”ida ham namoyon bo’lishi mumkin. Soxta novatorlik esa yo’q joydan yangilik yaratishga urinish natijasidir. Bu holda yozuvchi o’tmish adabiy an’analarini mensimay, hech biriga o’xshamaydigan yangilik yaratib, hammani qoyil qoldirmoqchi bo’ladi. Natijada u muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Bugungi kunda o’zbek adabiyotidagi badiiy yangilanishlar, shakliymundarijaviy izlanishlar mustaqillikning qo’lga kiritilishi tufayli milliy tafakkurda paydo bo’lgan o’zgarishlar bilan bog’liq. Darhaqiqat, istiqlol yillari o’zbek she’riyatida falsafiy-intellektual ohang ancha kuchaydi. Nasrda inson ruhiyatini, ehtiros, his-tuyg’ularning keng silsilasini turfa ziddiyatli bo’yoqlarda aks ettirish, odamzod shuurini band etgan muammolarni butun murakkabligi bilan suvratlantirish, shaxsning yuksak milliy-umuminsoniy mohiyatini ekspressiv tarzda ochib berishga intilish yetakchi yo’nalishga aylandi.
Ijtimoiy ongda yuzaga kelgan o’zgarishlar ifodasi sifatida ko’ngil dunyosining teran qatlamlariga kirib borish, o’zgarayotgan ma’naviy olamni idrok etishning yangicha shakl-tamoyillarini kashf etish uslubiy-shakliy izlanishlar tabiati hamda ko’lamini belgilab bera boshladi. Ijod, e’tiqod va s o’zga munosabat tubdan yangilandi.
Ma’lumki, har bir davr o’z aqidalari, dunyoqarashi, estetik qadriyatlarini ilgari suradi. Mavjud ijtimoiy-psixologik vaziyat, nazariy asos badiiy tizimga ham ta’sir ko’rsatadi. Tabiiyki, milliy ma’naviyat jarayonini shakllantirishda ruhiy munosabatlarning ham shaxsiy, ham ijtimoiy mohiyatini poetik tadqiq etish, an’anaviy va zamonaviy badiiy tamoyillarning uzviy aloqadorligi tajribalarini
umumlashtirish, publitsistik-falsafiy tasvir ko’lamini kengaytirish, turfa badiiy
shakllarni uslubiy-mazmuniy izlanishlar bilan boyitish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Modomiki, mohiyatni yangilab turishga yo’naltirilgan adabiyot jamiyat
belgilab bergan mezonlarga tayangan holda rivojlanar ekan, ongning tadrijiy
takomili poetik tafakkur usul va vositalari, ifoda va tasvir imkoniyatlarini ham
tabiiy ravishda o’zgartirib yuboradi. Demak, o’z san’atining spetsifik
xususiyatlarini aniqlab olishda ichki – badiiy-psixologik omillar bilan bir qatorda,
tashqi – ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotini ham hisobga olish lozim.
Qadim zamonlarda Sharq mumtoz adabiyoti uzoq an’analar ta’sirida
shakllandi. Adabiyot qadim zamonlarda og’zaki, keyin esa og’zaki va yozma
rivojlanib keldi. Falsafa, axloq, huquq, tarix, psixologiya kabi fanlarda
12
bo’lganidek, badiiy adabiyotda ham asosiy obyekt inson va insonning ichki hamda
tashqi dunyosi, taqdiri, hayoti va kurashidir. Ammo uzoq tarixga ega bo’lgan
adabiyotda inson obrazi turli davrlarda turlicha tasvirlangan. Qadimgi davrlarda
adabiyotda bevosita insonlarni, ularning o’zaro munosabatlarini tasvirlashdan
ko’ra, asosan tabiatni – kun va tunni, quyosh, oy va yulduzlarni, o’simliklar va
hayvonlarni, aniqrog’i insonning tabiat hodisalariga munosabatini tasvirlash
markaziy o’rinni egallagan. Chunki u davrlarda inson tabiat hodisalarini ilohiy
kuch – qudratning zohir bo’lishi deb tushungan. Masalan, qadimgi hind
adabiyotida o’simliklar, ilonlar, fillar, mollar asosiy obraz sifatida
ilohiylashtirilib tasvirlangan. Yoki turkiy xalqlar adabiy yodgorliklarini o’z ichiga
olgan “Devonu lug’atit turk” kitobidagi she’rlarning ko’pchiligida, shuningdek, yil
fasllari munozarasi, qish bilan yozning “olishuvi” keng tasvirlangan. Yozning qish
ustidan g’alabasi katta shodiyona sifatida ko’rsatilgan.
Islomiyatning ilk davridayoq kurtak yozib, keyinchalik mukammal
ta’limot bo’lib shakllangan tasavvuf hozirgacha musulmon mamlakatlarida keng
tarqalgan va butun dunyoda mashhur bo’lgan ta’limotdir. Bu ta’limot vositasida
insoniyat islom dinining zohiriy va botiniy go’zalligini, buyuk insonparvarlik
mohiyatini anglab yetdi. Tasavvuf, avvalo, ruh tarbiyasi, ma’naviyat, tafakkur,
jismoniyat uyg’unligi haqidagi ta’limotdir. Tasavvufning bosh g’oyasi komil 60
insonni tarbiyalashdir. Komil inson deganda ruhan pok, mahnan yuksak inson
tushuniladi. SHuning uchun ham o’zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari vahdat, komillik masalalariga ko’p marta murojaat qilganlar. Komil inson, shu tariqa, mumtoz adabiy merosimizning yetakchi obraziga, asosiy qahramoniga aylanadi. Uning orzu-armonlari, intilishlari, kurashlari, dardi, tashvishi, mavjud olam haqidagi tasavvurlari so’z san’atkorlari ijodida badiiy tadqiq obhektiga asos bo’lib xizmat qiladi. Ulug’ ajdodlarimiz o’z davri qarashlari va tushunchalari asosida Insonni ulug’lar ekanlar, tasavvuf tariqati bu borada
ularga eng qulay vosita bo’ldi. Chunki tasavvuf, uning ilohiy va dunyoviy
g’oyalari o’z zamonasining ‘eshqadamlari bo’lgan ijodkorlarning ilhom manbai,
o’zlarining hur fikrlarini ifodalash vositasi bo’lganligi shubhasiz. Shu sababli ham o’tmish adiblari ijodidagi insonning ma’naviy-tarbiyaviy jihatdan barkamolligi lirikaning ham, epik asarlarning ham yetakchi g’oyalaridan biridir.
Nomaning adabiy-badiiy janr sifatidagi yorqin namunasini Xorazmiy o’zining “Muhabbatnoma” asari orqali yaratib, o’zbek mumtoz adabiyotida nomachilik an’anasini boshlab berdi.
Faslda bildirilgan fikr-mushohadalardan quyidagi umumlashtiruvchi
xulosalarga kelish mumkin:
1. O’zbek adabiyotidagi birinchi nomalarning bosh mavzusi insonninginsonga bo’lgan samimiy munosabatlarining badiiy ifodasidir.
2. Nomalar insoniy sevgi-sadoqat tushunchalarining ilohiy-tasavvufiy muhabbat sari rivojlanishining badiiy-estetik ta’sirchan bayonidir.
3. Ishq-muhabbat mavzusi orqali insonning turli illat va qusurlardan
poklanishi va komillikka intilishiga dahvat nomalarning yetakchi g’oyalaridan biridir.
4. O’zbek adabiyotidagi birinchi noma insonning o’zligiga nazar solishi va ma’naviy dunyosini kashf etish sari katta qadamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |