O‘zbekiston sug‘urta xizmatlari bozorida sug‘urta mukofotlari24
Sug‘urta mukofotlarining hajmi, mlrd. sum
|
II variant
|
jami
|
Shu jumladan sug‘urta turlari bo`yicha
|
mulkiy
|
shaxsiy
|
Javobgarlik
|
249,8
|
230,6
|
185,0
|
13,0
|
32,9
|
360,6
|
333,5
|
267,0
|
18,6
|
47,9
|
542,4
|
498,6
|
401,5
|
27,7
|
69,4
|
788,9
|
730,1
|
583,9
|
40,0
|
106,2
|
1056,7
|
978,1
|
782,1
|
53,4
|
142,6
|
(2012yil)
Sug'urta bozori taraqqiyotining bugungi bosqichida sug'urta tashkilotlari faoliyatining axborot jihatidan ochiq-oshkoraligi muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki iste'molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun ularning u yoki bu sug'urta tashkilotining moliyaviy holati to'g'risida xabardorligi va bunday ochiq axborot asosida sug'urtalovchini tanlash imkoniyati muhim ahamiyatga ega. Shuningdek sug'urtalovchilar, baholovchilar, ta'sischilar va qayta sug'urtalovchilar uchun ham bunday axborot zarurdir.
"SAIPRO" kompaniyasi 1999 yilda ta'sis etilgan. Bugungi kunda bu kompaniya biznes g'oyalaridan tortib to ularni ro'yobga chiqarishga qadar keng ko'lamli konsalting xizmatlarini ko'rsatuvchi professional jamoaga aylandi. 2004 yildan boshlab "SAIPRO" kompaniyasi yangi "O'zbekiston kompaniyalari reytingi" yo'nalishini o'z faoliyatining asosiy turlari qatoriga kiritdi.
Ushbu yo'nalishda "SAIPRO" kompaniyasi umumiy sug'urta sektorida "O'zbekiston sug'urta kompaniyalari reytingi" loyihasini amalga oshirishni boshladi. Moliyaviy barqarorlik va ishonchlilikni belgilab beruvchi mezonlar bo'yicha sug'urta kompaniyalariga reyting berish loyihaning maqsadi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda "SAIPRO" kompaniyasida moliyaviy tahlil va reyting bilan shug'ullanuvchi departament tashkil etilgan.
Ta'kidlash lozimki, aynan "SAIPRO" kompaniyasi O'zbekistonda ilk marotaba milliy reyting shkalasini ishlab chiqdi va joriy etdi. Xalqaro reyting shkalalaridan "SAIPRO" kompaniyasi metodikasining farqi shundan iboratki, baholash shkalasi O'zbekiston Respublikasiga qaratilgan.
Ta'kidlash lozimki, tajriba ortib borgan sari va reyting sug'urta kompaniyalari takliflari va tilaklari, ko'rsatichlari soni kompaniyadagi metodika singari doimo takomillashib boradi. Agarda avvalgi yillarda reytingda 3 yoki 4 sug'urta kompaniyalari qatnashgan bo'lsa, hozirgi vaqtda reytingda o'ndan ziyod kompaniyalar ishtirok etmoqda.
"SAIPRO" kompaniyasining sug'urtalovchilarni reyting baholash metodikasi sug'urtalovchilar faoliyatining muhim mezonlarini, ularning kuchli va zaif tomonlarini, kelib chiqqan muammolarni hal qilish yo'llarini aniqlash imkonini beradi, bu esa barcha mahalliy kompaniyalar uchun dolzard ahamiyatga ega.
"SAIPRO" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sug'urta kompaniyalari ishonchliligini reyting baholash metodikasining asosiy prinsipi har bir ko'rib chiqilayotgan omillar bo'yicha uning ko'rsatkichlarini milliy sug'urta bozori bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichlarga taqqoslashga va to'lov imkoniyatiga ham ijobiy, ham salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlashga asoslangan. Bunday yondashuv "ideal" xususiyatlarni inkor etgan holda mavjud sharoitlarda eng ishonchli kompaniyalarni aniqlash imkonini beradi.
Quyidagilar "SAIPRO" kompaniyasi ustuvor tomonlari hisoblanadi:
• komaniya moliya bozori qatnashchilari va davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir, bu esa ko'rsatiladigan xizmatlar sifatida aks etishi shubhasiz;
• kompaniya potensial mijozlar va investorlar bilan o'tkaziladigan muzokaralar jarayonida foydalanishi mumkin bo'lgan har bir emitent uchun batafsil reyting hisobotini tayyorlaydi;
• kompaniya reyting tashkilotlarining ijobiy nufuzi shakllanishiga va reyting xizmatlarini ommalashtirishga ko'maklashgan holda OAVda reytinglar va reyting hisobotlarini chop etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |