Mundarija Kirish. I. Bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi



Download 51,14 Kb.
bet3/6
Sana17.01.2023
Hajmi51,14 Kb.
#899967
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shayboniylar ubaydullaxon

1.2. Shayboniylar davlatining tizimi
Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi hayotiga bog'liq barcha masalalarni hal qiladigan dargox-saroy devonida jamlangan edi. Davlatning oliy darajali amaldorlari a'zo bo'lgan va odatda bosh vazir tomonidan boshqariladigan bu mahkama mamlakatning siyosiy, moliyaviy, harbiy tashkiliy va boshqa masalalarni ko'rib chiqar edi. Bu yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdig'i bilangina kuchga kirar va hayotga joriy etilardi. Ko'kaldosh, otaliq, naqib, vaziri a'zam, vazir, devonbegi va boshqa oliy darajali saroy amaldorlari, nuyon, tug'begi, qutvol, dorug'a, qo'rchiboshi va boshqa harbiy amaldorlarning fikri va manfaatlari ham qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyatga ega edi. Davlat boshqaruvida harbiy-ma'muriy amardorlardan tashqari, ulamolar, din peshvolari, shayxlar va xojalarning, hususan, Shayx ul-islom, Qozi kalon, Mufti kabi diniy mansab egalarining ham ta'siri katta bo'lgan. Bu davrda, ayniqsa Buxoroda yaqindagi Jo'ybor qishlog'idan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketdi.
Mahalliy boshqaruv viloyat hokimlari qo'lida bo'lib, ular o'z boshqaruv tizimiga ega bo'lgan. Unga qo'shinga boshchilik qiladigan, aholidan soliqlar yig'ib oladigan, shariat qonunlarining to'g'ri bajarilishini nazorat qiladigan amaldor (rais)lar kirgan. Viloyatlar o'z, navbatida, kichik ma'muriy birliklar: tuman, kasaba va mavzelarga bo'linib idora qilingan. Mahalliy boshqaruvning eng quyi bo'g'ini oqsoqol (kalontaron) tomonidan boshqariladigan qishloq jamoalari edi.
Ma'muriy tuzulishi Buxoro xonligining bu davrdagi asosiy ma'muriy birligi viloyat (ulus) bulib, manbalarda Samarqand, Qarshi, Shaxrisabz, Xisor, Balx, Termiz, Karmana, Qorako'l, Miyonkol, Shosh, (Toshkent), Turkiston, Farg'ona, Uratepa, Marv kabi viloyatlar tilga olinadi. Poytaxt, shahar va unga tegishli tumanlar xonning o'zi tomonidan boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Odatda bunday yuksak mavqega xonning yaqin va ishonchli kishilari, qarindoshlari, yirik qabila boshliqlari, harbiy yurishlarda o'zini ko'rsatgan o'zbek sultonlari muyasar bo'lgan. Shuni alohida aytib o'tish kerakki, xonlikning davlat chegaralari doimiy bo'lmay tez-tez o'zgarib, kengayib yoki qisqarib turgan. Ba'zi viloyatlar tashqi va ichki siyosiy vaziyatga qarab markaziy hokimiyatga bo'ysunmay qo'ygan va ularni qayta bo'ysundirish uchun harbiy yurishlar olib borgan.
Ijtimoiy tuzum. Jamiyat hayotiga davlat boshqaruvida tutgan o'rniga, mavqeiga qarab quyidagi bir nechta ijtimoiy tabalarni ajratib ko'rsatish mumkin: -

  • Oliy tabaqa. Unga xon va uning yaqinlari, o'zbek sultonlari, yirik saroy amaldorlari ( vaziri vuzaro) kirgan. Davlat boshqaruvini ana shu ijtimoiy tabaqa amalga oshirgan.

  • Umaro harbiy- ma'mariy amaldorlar, yirik sarkardalar, viloyat hokimlari, qo'shni va qabila boshliqlari. Mahalliy boshqaruv ular qo'lida bo'lgan.

  • Ulamolar. Yirik din peshvolari, shayxlar, xojalar. Ular nafaqat diniy, balki dunyoviy boshqaruvda ham faol ishtirok etganlar.

  • Fuzalo. Jamiyat madaniy-ma'naviy hayotni aks ettirgan: olimlar, shoirlar va boshqalar.

  • Raiyat (fuqaro). Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi. moddiy boylik yaratuvchi xazinaga soliq to'lovchi ijtimoiy tabaqa bo'lib, ularga do'kondorlar, hunarmandlar, o'rta hol dehqonlar va chorvadorlar, yollanib ishlaydigan aholi kirgan

  • Qullar. Bu davrda qulchilik saqlanib qolingan bo'lib, qullarni asosan harbiy talonchilik yurishlari paytida asirga tushirilgan, o'lja qilib olingan kishilar tashkil etgan. Ma'lum xaq evaziga ular ozod bo'lishi mumkin bo'lgan. Qullar mehnatidan saroyda, yirik amaldorlar va ullamolar xujaliklarida foydalanishgan.

Harbiy soha. Mamlakat siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida yirik sarkardalar, qo'shin boshliqlarining o'rni katta edi. Ichki va tashqi xavfni bartaraf etishda yangi yerlarni bosib olish uchun qilinadigan istilochilik yurishlarida qo'shinlarining soni, harbiy tayyorgarligi, qo'shin boshliqlarining qo'mondonlik mahorati katta ahamiyat kasb etardi.
Shayboniylar qo'shini asosan otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan. Qo'shin urushda o'q-yoy, uzun nayza, qilich, gurzi, uzun dastali jang boltasi (tabarzin), changak kabi asosiy xujum qurollaridan foydalangan. Abdullaxon ikkinchi davrida qo'shin xorijdan keltirilgan pilta miltiqlar bilan ham qurollantirildi. Shayboniylar qo'shinida navkarlar himoya uchun qalqon (sipar) dan foydalanganlar, hamda temir simdan mayda qilib tuqilib, usti ipak va baxmal mato bilan yopilgan sovut-jovshan (forscha baxtar) yoki jiba (jeva)-temir yoki po'latdan ishlangan mahsus kiyim kiyib jang qilganlar. Abdullaxon ikkinchi davrida Yevropada keltirilgan farangi jovshan (sovut) ham bo'lgan. Urushda yaroq va o'q- o'tmasligi uchun otlar ustiga ham mahsus yopinchiq-gejm (kejim) yopishgan.
Qo'shin tarkibida naftandozlar, manjanliqchilar va tosh otuvchilar ham bo'lib, ular shahar va mudofaa qo'rg'onlarini egallashda katta o'rin tutgan. xuI asrning 2-yarmidan boshlab Abdullaxon Ikkinchi qo'shinida chet ellardan keltirilgan kichik zambaraklar paydo bo'ldi.
Qo'shin tarkibi, uning jagovor saflanishi, jang qilish tartibi Chingizxon va Amir Temur qo'shinlari harbiy tuzilishi, urush taktikasishga asoslangan bo'lib, unga Shaybonixon davrida ko'chmanchi o'zbeklarga hos bo'lgan bir qancha yangi jang usullari kiritildi. Hususan, Bobir Mirzo, Shaybonixon qo'shini «Tulg'ama» jang usulini mukammal o'zlashtirganliklari xaqida ma'lumot beradi.
Shayboniylar qo'shini asosan qalb (kavl) deb ataluvchi markaziy qism, barong'or (o'ng qanoti) va javongor (so'l qanot) qismlarida hamda xirovul (qo'shinining orqa qismi) dan tashkil topgan. Ular xonning o'zi va tajribali o'zbek sarkardalari boshchilik qilgan. Qo'shinning qanotlariga boshchilik qilgan sarkarda o'g'lon deb yuritilgan. Qo'shin oldida manglay (avangard) deb ataluvchi harbiy qism yarim doira shaklida saf tortib borgan. Uning oldida esa tez harakatlanuvchi kichik jangovor kism ilg'or bo'lgan. Shayboniylar qo'shinida umumiy qism oldida boruvchi «Qorovul» deb atalgan mahsus qism, kushinning o'ng va so'l qismlari oldida boruvchi kichik gul deb yuritilgan bo'linmalar va ortidan boruvchi mahsus yordamchi bulinma chanox bo'lgan.
Qo'shin tarkibida tugchi qism, ya'ni bayroq ostida ehtiyotda turuvchi (tugni qo'riqlovchi) 20-30 ming kishilik jangovor harbiy bo'linma hamda zabongiri, ya'ni dushman tomonidan yashirin ravishda «til» tutib keluvchi mahsus bo'linma va xabargiri dushman to'g'risida umumiy ma'lumot keltiruvchi bo'linmalar ham bo'lgan.
Manbalarda, favqulodda vaziyatlarda eng qaltis harbiy vazifalarni bajarishga mo'ljallangan, saralangan uzbek jangchilaridan tashkil topgan jangovor qismlar bo'ganligi ham ta'kidlanadi.
Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari o'tkaziladigan mahsus joy bargoh xozirlangan. Qo'shinda saralangan o'zbek navkarlaridan tuzilgan xonning qo'riqchilari ham katta rol o'ynagan.
Shayboniylar qo'shini ham Chingizxon va Amir Temur qo'shinlaridek, 10 ming korpuslar-tumanlarga bo'lingan. Unga No'yon deb ataluvchi harbiy sarkarda boshchilik qilgan. Tumanlar o'z navbatida minglik, yuzlik, o'nliklarga bo'lingan.
Qo'shinni jangga xozirlash, ularning maoshini tulash va boshqa tashkiliy ishlar bilan mahsus amaldor-tavochi shug'ullangan. Qo'shinni qurol-yarog' bilan ta'minlashga mas'ul bo'lgan amaldor-jevachi bo'lib, u xonning qurol-aslahatlariga ham javobgar bo'lgan.
Harbiy amaldorlar va navkarlarga xazinadan beriladigan yillik maoshdan tashqari harbiy yurishlar paytida qo'lga kiritiladigan o'ljadan ham berib turilgan.
Sud ishlari. Xonlikda jinoyatni aniqlovchi va jazo beruvchi asosiy mahkama islomiy shariat qonun-qoidalarga asoslanib ish tutuvchi qozilik idoralari edi. Davlatdagi oliy sudya Qozi kalon bo'lib, viloyatlardagi jinoyatlarni jazolash viloyat qozilari qo'lida bo'lgan. Oliy jazo-o'lim hukmini faqat xonning mahsus farmoni bilan amalga oshirganlar. Aybdorni aniqlashda, shariat qonunlariga asosan, ikki kishining guvohligi yetarli bo'lgan. Viloyatlarda, tumanlarda jinoyat ishlarini viloyat hokimi nazoratida mahalliy qozilar olib borgan. Jinoyatchilarga gunohiga qarab o'lim jazosi, mav'lum muddatga (ko'p hollarda umurbod) zindonga tashlashdan tortib, tan jazosi berish (durra urish barmoq larni kesib tashlash va boshqalar), sazoyi qilish, qoziqqa o'tkazish kabi jazo choralari ham qo'llanilgan. Aybdorlarga jazo berish ko'pincha bozor oldidagi mahsus maydonda-aholi ko'z o'ngida amalga oshirilgan.
Harbiylar sodir etgan jinoyatlar va jazo turlari mahsus harbiy sudyalar Qozi askar va mufti askar tomonidan ko'rib chiqilgan.
Mol-mulk bilan bog'lik jinoyatlar, o'g'irlik, shariat qonunlariga rioya qilmaganlik (ichish, chekish, qimor o'ynash, zino bilan shug'ullanish va boshqalar) uchun beriladigan jazolar turi ko'pincha amldorlarning hoxish irodasiga bog'lik bo'lib, ma'lum jinoyatlar uchun aniq jazo oldindan belgilab qo'yilmaganligi, sud ishlarida poraxurlik, mansabni suiiste'mol qilishga yo'l ochib berdi.
Bu davrga oid xujjatlar (Jo'ybor shayxlari arxivi, Samarqand qozilik idorasi xujjatlari va boshkalar) turli fuqorolik ishlari, huquqiy-ma'muriy jinoyatlar, tartibbuzarlik va ularga nisbattan qo'llaniladigan jazo choralari xaqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Masalan, Buxorodagi Katta G'oziyon va Kichik G'oziyon madrasasiga tegishli xujjatlarda (1535) madrasada o'qish va xujrada yashash tartib-qoidalarini buzgan talabalariga qo'yiladigan jazo choralarini ko'rilishi qayd etilgan. Agar talaba darsga bir oy sababsiz qatnashmasa, uni xujradan mahrum qilishgan, agar talaba dangasaligi sababli darslarni yaxshi o'zlashtira olmasa va bir bosqichdan ikkinchi boskichga o'ta olmasa, unga nafaqa to'lash bekor qilinib, xujra tortib olingan.
Iktisodiy hayot. Xonlikda qishloq xo'jaligi (dehqonchilik va chorvachilik) savdo-sotiq va hunarmandchilik iqtisodning asosiy tarmoqlari hisoblanardi. Mamlakatning asosiy boyligi yer bo'lib, Shayboniylar davrida yer egalarining quyidagi asosiy tarmoqlari mavjud edi.

  1. Mulki sultoniy-davlatga qarashli yerlar.

  2. Mulki xolis-hususiy shaxslarga tegishli yerlar.

  3. Vaqf-diniy mahkamalarga, madrasa va masjidlarga, qabristonlarga qarashli yerlar.

  4. Qishloq jamoalari egalik qilaigan yerlar.

Dehqonchilik asosan sug'oriladigan hosildor yerlarda va lalmi dehqonchilik uchun qulay bo'lgan adirlar, tog' va tog' oldi hududlarida rivojlangan edi. Yerda mehnat qiladigan kishilarning asosiy qismi kambag'allar qishloq aholisi bo'lib, ular o'z yer maydoniga ega bo'lmasdan, ijaraga olingan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan.
Manbalarda keltirilishicha, bu davrda bug'doyning o'n xil navi, arpa, ko'noq, juhori, no'xat, makkajuxori, loviya, kunjut, beda, sabzavot va poliz ekinlari yetishtirilgan. Texnik ekinlardan sholi, paxta va boshqalar ekilgan. Sabzavotchilik, polizchidlik, bog'dorchilik va ipakchilik yuksak taraqiy etgan.
Dehqonchilik uchun qulay bo'lgan hosildor yer maydonlari, bepoyon yaylovlar xon va uning yaqinlari yirik harbiy-ma'muriy amaldorlarga qarashli edi. Bu davrda hususiy yer egaligining o'rta asrlarda mavjud bo'lgan iqto', suyurg'ol va tanxo kabi shakllari ham keng tarqalgan. Harbiy-ma'muriy amaldorlarga va yirik din peshvolariga davlat oldidagi xizmatlari uchun beriladigan bunday yerlarda asosan yersiz kambagal dehqonlar yollanib ishlangan.
Shayboniylar davlati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida Buxoro yaqinidagi Jo'ybor qishlog'idan chiqqan. Jo'ybor xojalari katta ta'sirga ega edi. Shayx Muhammad Islom (1493-1563) va uning avlodlaridan xoji Sa'd (1531-1585), xoja Tojiddin Xasan (1574-1646), xoja Abdurahim (1575-1629), kabi yirik Jo'ybor xojalarining Buxoro, Samarqand, Nasaf (Qarshi), Marv va boshqa viloyatlarida katta yer maydonlari bo'lib, bu mulklar meros tariqasida avloddan avlodga o'tgan va barcha soliqlardan ozod etilgan. Xonlar va boshqa yirik amaldorlar tomonidan ularga hadya etilgan yer mulkalaridan tashqari ular Movarounnahr va xurosonning serunum yaylovlariga, behisob podalarga, katta shaharlarda joylashgan o'z hunarmandchilik do'konlariga, savdo rastalariga, tegirmonlar, hammom va karvonsaroylardan keladigan davromadlarga ham ega bo'lganlar.
Katta boylikka ega bo'lgan Jo'ybor xojalari o'z hususiy yerlaridan tashqari vaqf yerlardan keladigan daromadni ham nazorat qilganlar. Bu xojalarning davlat ishlaridagi mavqei shunchalik kuchli ediki, xatto ular amaldorlarni yuqori mansablarga tayinlash yoki chetlatishda ham katta ta'sirga ega bo'lganlar.
Shayboniylar davrida dehqonchilikni rivojlantirishga yordam beruvchi islohotlar o'tkazildi, davlat xazinasiga dehqonchilikdan tushadigan daromadni yaxshilashga xizmat qiluvchi ilg'or tartiblar joriy qilindi. xususan, qarovsiz yerlarni davlat mulkiga kiritib, bu yerlar dehqonchilikni rivojloantirish, bunday yerlardan dehqonchilik qilishni xoxlaganlarga har tomonlama yordam berish, ma'lum muddat soliqlardan ozod qilish, yerdan olinadigan soliqlarni yig'ishda mahalliy amaldorlarning o'z mansablarini suiiste'mol qilishlariga yo'l qo'ymaslik uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Chorvachilik qishloq xo'jaligida yetakchi tarmoq sifatida katta ahamiyatga ega edi. Yirik va mayda tuyoqli xayvonlarni boqish, yilqichilik, tuyachilik ancha rivojlandi. Yarim ko'chmanchi xayot kechiruvchi o'zbek qabilalari boshliqlari, yirik chorvador boylar, shuningdek, xon va saroy amaldorlari, harbiy- ma'muriy mansabdorlar, din peshvolari tog' va tog' oldi tumanlarida, dashtlarda katta-katta yaylovlarga ega bo'lib, bu yerlarda ularga tegishli bir necha minglab qo'ylar, yilqilar, tuyalar boqilgan. Chorvadorlar ichki va tashqi bozorda chorva mollari, turli mahsulotlar, xom-ashyo (teri, jun) yetkazib berganlar. O'troq dehqonchilik tumanlarida uy chorvachiligi rivojlangan bo'lib, dehqonchilikda yer xaydashda yirik shohli xayvonlar (xo'kiz, sigirlar)dan foydalanilgan.
Hunarmandchilik XVI asrda o'z taraqiyotining yuksak cho'qqilariga chiqdi. Hunarmandchilikning asosiy turlari bulgan to'qimachilik, kulolchilik, metalga ishlov berish bilan bog'liq hunarlar (qurolsozlik, temirchilik, digrizlik, misgarlik), duradgorlik va boshqa sohalarda mehnat qilgan xunarmand ustalar mahsuloti ko'p hollarda yuksak san'at asari darajasiga ko'tarila oldi. Hunarmandchilikning asosiy markazlari Samarqand, Toshkent, Buxoro, Qarshi, Balx kabi yirik shaharlar edi. Samarqand va Buxoroda hunarmandchilik turlarining soni 60 dan ortiq bo'lganligi manbalarda qayd etilgan. Bu davrda xalq xunarmandchiligida butun o'rta asrlar hunarmandchiligiga xos bo'lgan ilg'or an'analar yangi shakl va ko'rinishda davom ettirildi.
Hunarmandlar ijtimoiy jihatdan o'z uyushmalariga ega bo'lib, ular odaticha arabcha «kasaba» (olmoq, ishlab topmoq) termini bilan ataldi. Xonlikdagi barcha shaharlarda hunarmandlar o'z uyushmalariga ega bo'lib, ular saylab qo'yiladigan rais yoki oq soqol tomonidan boshqarilgan. Manbalarda xon saroyi extiyoji uchun ishlaydigan mahsus saroy hunarmandlari bo'lganligi to'g'risida ham ma'lumotlar mavjud.
Savdo-sotiq. Shaybaniylar davrida savdo-sotiq mamlakat iqtisotining muhim tarmog'i edi. Asosiy savdo markazlari bo'lgan yirik shaharlar (Buxoro, Samarqand, Qarshi, Balx, Toshkent, Andijon) dan tashqari ko'pgina katta qishloqlarda ham bozorlar mavjud edi. Savdo bilan shug'ullanadigan kishilar asosan ikki toifaga bo'lingan: savdogarlar-yirik mablag'a ega va tashqi savdoda ishtirok etuvchi boy-badavlat kishilar hamda do'kondorlar-o'z do'konlariga ega bo'lgan kichik toifadagi savdo ahli.
Tashqi savdo katta foyda ketirganligi uchun xon va yirik saroy amaldarlari, viloyat hokimlari, yirik ulamolar va qabilalar boshliqlari o'z mablag'larini savdo sotiqqa ham sarflaganlar. Manbalarda ularga tegishli savdo karvonlari xorijiy mamlakatlar bilan bo'ladigan tashqi savdoda faol ishtirok etganligini ko'rsatuvchi ma'lumotlar bor. Shayboniylar davrida Turkiya, Eron, Hindiston, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar bilan iqtisodiy savdo aloqalari olib borildi.
558 yilda O'rta Osiyoda bo'lgan ingiliz sayohi Antoni Jenkinson Buxoro shahrida har yili yirik savdogarlar qurultoyi bo'lishi, bu erga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakatlardan katta-katta sovdo karvonlar kelishi xaqida ma'lumot beradi.
Katta hududga ega bo'lgan xonlikning turli viloyatlari o'rtasidagi yaqin iqtisodiy savdo aloqalari ham mavjud edi. Ayniqsa Abdullaxon ikkinchi hukmronligi davrida Buxoro xonligida ichki va tashqi savdo keng rivojlandi. Karvon yo'llari bo'yida ko'plab inshootlar, karvonsaroylar, rabotla, sardobalar barpo etildi, savdo karvonlari havfsizligini ta'minlash choralari ko'rildi.
Soliqlar. Tarixiy manbalarni, xujjatlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, Shayboniylar davrida 40 dan ortiq turli soliqlar va jarimalar mavjud bo'lgan. Soliq to'lovchi aholi fuqaro (raiyat) deb yuritilgan va ulardan turli soliqlardan tashqari jarimalar ham undirib olingan.
Yerdan olinadigan asosiy soliq xiroj bo'lib, u ishlab chiqarilgan mahsulotning 51 mikdorda pul yoki mahsulot bilan olingan.
Zakot soliqi savdogarlar va chorvadorlardan olinib, uning jami 41 miqdorida bo'lgan.
Shahar aholisi: hunarmandlar va do'kondorlar mahsus soliq-tamg'a to'laganlar. Undan tashqari, yirik boylar va sudxo'rlarga tegishli savdo rastasida do'konlarni ma'lum xaq evaziga ijaraga olib, o'z mahsulotini sotganligi uchun taxti joy (tagjoy) deb ataluvchi soliq to'langan.
Boshqa dinga mansub (xristian, yaxudiy, buddiy)savdogarlar o'z mahsulotining 87 51 qismini juz'ya solig'i tarzida to'laganlar.
Manbalarga ko'ra, bu davrda yana ixrojat, tog'ar, ulufa, qo'nalg'a, begar, madadi lashkar, boj, tansukot, tuxfa va boshqa soliqlar mavjud bo'lib, ularning ko'pchiligi butun o'rta asrlar davriga xos edi. Raiyat soliqlar to'lashdan tashqari turli ishlarga (mudofaa inshootlarini, sug'orish tarmoqlarini tiklash kabilarga) majburan jalb etilgan.
Madaniyat. Ilm-fan. Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va xurosonda rivojlangan yuksak madaniyat an'analarini Shayboniylar davom ettiradilar hamda ma'lum ma'noda ularni yanada boyitadidlar. Bu davrda adabiyotning turli janrlarida, tarixnavislik hattotlik san'ati, epigrafiya, me'morchilik va madaniyatning boshqa bir qator sohalarida katta yutuqlar qo'lga kiritilgan.
Butun o'rta asrlar davrida bo'lganidek, bu davrda ham boshlang'ich ta'lim beriladigan maktablar hamda diniy va dunyoviy bilimlar beriladigan, jamiyatga o'qimishli, bilimli kishilarni tayyorlab beradigan madrasalar asosiy madaniyat dargohlari bo'lgan. Xonlikning barcha katta-kichik shaharlarida oliy ta'lim beruvchi madrasalar mavjud bo'lib, ularga o'qish uch bosqichda bo'lgan va 21 yil davom etgan.
Adabiyot. Shayboniylar davri adabiy hayotida yuksalish, adabiyotning turli janrlarining rivojlanishi davom etdi. Adabiyot maydonida dastlab Muhammad Solix, Xoja, Afsadiy, Vosifiy, Majlisiy, Ubaydiy, Baqoiy, Shaydo, Oshiq, Aziziy, Nisoriy, Mushfiqiy, Naxliy, Mutrifiy va boshqa ko'p so'z san'atkorlari o'z ijodi bilan nom qozondilar. O'zbek va tojik mumtoz adabiyotini rivojlantirishga katta hissa qo'shgan bu adabiyot vakillari bilan boburiylar hukmronlik qilayotgan Hindiston, shuningdek, Eron, Turkiya, Ozarbayjon va Sharqiy Turkistondagi so'z san'atkorlari orasida ijodiy aloqalar mavjud edi. Bu davrda yaratilgan adabiy asarlar ichida Buxorolik adabiyotshunos olim, shoir, saroyda «Malik ush-shuaro» deb ulug'langan Xasanxoja Nisoriy (1516-1597)ning «Muzakkiri axbob» (Dustlar yodnomasi) asari muhim ahamiyatga ega. (Bu asarni o'zbek tilidagi tarjimasi 1993 yilda «Meros» nashriyotida chop etildi).
Bu asar qomusiy harakterga ega bo'lib, unda xuI asrda Movarounnaxr, Xuroson, Hindiston, Eron, Turkiya, Sharqiy Turkistonda ijod kilgan 288ta shoirlar xaqida, Jomiy, Navoiy, xusayn Barqaro, xusayn Voiz Koshifiy singari ustozlar to'g'risida, Arslonobod, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Zangi ota, Shayx xudoydot kabi tasavvuf namoyandalari hayot, karomatlari xaqida, shuningdek, tarixiy voqealar, ilmu-fan rivoji, san'at sohasidagi ixtirolar, sharqning turli shaharlaridagi me'morchilik mo'jizalari, tabiatdagi ajoyib hodisalar to'g'risida hikoya qilinadi. Shayboniy Abdullaxon ikkinchiga bag'ishlab yozilgan bu asar Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkiratush-shuaro» va Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asarlaridan keyingi «Uchinchi teakira» hisoblanadi va xuI asrda O'rta Osiyo, Eron va Hindistondagi adabiy muhitni, adabiyotning boshqa masalalarini yoritishda muhim o'rin tutadi.
Hukmron sulola vakillari adabiyot rivojiga homiylikqilishdan tashqari, o'zlari ham ijod bilan shug'ullanganlar. Hususan, Shaybonixon garchi bolalik va yoshligi doimo quvg'in, ta'qib ostida va hayoti jang maydonida kechgan bo'lsada, yaxshi ta'lim-tarbiya olishga ulguradi, iste'dodli shoir, musavvir, musiqachi va xushovoz qiroatxon bo'lib yetishdi. Undan bir necha o'zbekcha g'azal, ruboiy va «Baxr-ul xudo» nomli doston yetib kelgan. Shayboniyxonning o'g'li valiaxd Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (1507-1508) ham mavjud bo'lib, uning yagona nushasi xozir Turkiyada saqlanadi. 4



Download 51,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish