2.2.Ubaydullaxon davrida ijtimoiy tizim.
Shayboniylar davrida Movarounnahr va xuroson tarixiga oid fors tilidagi tarixiy asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilish ishlari ham olib borildi. xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari Kuchkunchixonning topshirig'i bilan o'zbek tiliga tarjima qilinganligi ham Shayboniy hukmdorlar milliy til ravnaqi uchun qayg'urganliklaridan dalolat beradi.
Shayboniylar davrida, shuningdek, musavvirlik, xattotlik va musiqa san'atida, fikx, tibbiyot, mantiq, riyoziyot (matematika), xandasa (geometriya) ilm va nujum (astronomiya) hamda ilm- fan, madaniyatning boshqa sohalarida rivojlanish ko'zga tashlanadi. Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo'minboyning «Xisobi amali shabaka»(1550), Bobokalon mufti Samarqandiyning «Risola dar ilmixisob», «Vasiyat bar chaxar qism», Muhammad xusayn Munajjim Buxoriyning «Ma'rifati samti qibla» va boshka asarlari bu davrda ko'pgina aniq fanlar sohasidagi yuksalishlardan dalolat beradi.
Tibbiyot sohasida yozilgan asarlar ichida Sultonali Samarqandiyning «Dastur-ul iloj» (1596), Muhammad Yusuf Kaxxolning «Taxqiq-al xumayyot», «Zubdar-ul Kaxxoliy» asarlarini, Ubaydullox Kaxxol ibn Muxammad Yusufning «Shifo-ul ilal» (Kasalliklar davosi) va «Um dat-ul kuxliya fil-amrodul bosariya» (Ko'z kasalligiga doir asosiy kitob) asarlarini aytib o'tish mumkin. Bu asarlarda ilgari surilgan davo uslublari, tashxis qo'yish, dorilar tayyorlash va boshqa fikrlar o'rta asr musulmon sharq tibbiyotiga xos ilg'or an'analar xuI asrda ham davom ettirganligidan dalolatdir.
Me'morchilik. Shayboniy hukmdorlar ham me'moriy inshootlar barpo etishga o'z kuch-qudratlarining ifodasi sifatida qaradilar. Sifatli pishiq g'ishtlardan baland poydevor ustiga qurilgan ko'plab inshootlar bu davr shaharsozligi va me'morchiligi yuksak taraqiy etganligidan dalolat beradi. Samarqand, Toshkent, Qarshi, Marv, Balx, Xiva va ayniqsa, xonlik poytaxti Buxoroda ko'pgina muxtasham inshootlar barpo etildi. Movarounnahr shaharsozligida temuriylar davri me'moriy an'analari davom ettirildi va boyitildi. Shaharlarda ko'plab madrasalar, masjidlar, xonkoxlar, yopiq bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar qurilgan bo'lsa, yirik daryolarda mustahkam ko'priklar, karvon yo'llari bo'yida karvonsaroylar, robotlar, sardobalar barpo etildi. Me'moriy inshootlarni qurishda davlat xazinasidan tashqari, hususiy kishilar ham o'z mablag'larini sarflaganliklarini aytib o'tish kerak.
Bu davr inshootlari ichida Samarqand yaqinida Shaybonixon tomonidan Zarafshon daryosi ustida qurilgan ko'prik-suv ayrgichni, shahardagi Shaybonixon madrasasi (1515-1516) va masjidini, Abduraxm sadr madrasasini, Toshkentda Navro'z Ahmadxon qurdirgan Barokxon madrasasini (Xozirgi Xasti Imom) va Abdullaxon ikkinchi davriga mansub Ko'kaldosh madrasasini, Qarshi shahridagi Abdullaxon madrasasi va Nomozgoh (Ko'k Gumbaz) machitini, Boqibiy madrasasini, hammom va sardobani, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustidagi ko'prikni (1582), bu shaharda barpo etilgan bir nechta madrasa, xonaqox, masjidlarini va xonlikning boshqa shaharlaridagi ko'plab binolarni aytib o'tish mumkin.
Ubaydullaxon davridan boshlab poytaxt shahar maqomiga ega bo'lgan Buxoroda ayniqsa ko'plab me'moriy inshootlar barpo etildi. Bu shaharda Ubaydulaxon tomonidan Mir Arab madarsasi (1535-1536), Abdulazizxon davrida koshinli xonaqox, Masjidi kalon (1540-1541) va boshqa imoratlar barpo etildi. Ayniqsa, Abdullaxon II davrida shaharda ko'plab binolar : mavdrasalar, (Modarixon, Oyposhsho oyim, Govkushon, Fatxulla Qushbegi, Dustim, Abdullaxon kabilar), masjidlar, yopiq bozor va savdo rastalari (Toki Zargaron, Toki Sarrafon, Toki Kitobfurushon), xonaqoxlar, hammomlar qurildi.
Xonlikda shaharlar taraqqiyoti va me'morchilik ayniqsa Abdullaxon II davrida juda yuksaldi. Xozirgi O'zbekiston, Tojikiston, Kirg'iziston, Janubiy Qozog'iston, Turkmaniston va Shimoliy Afg'oniston hududlarini o'z ichiga olgan qudratli saltanat barpo etgan Abdullaxon II o'z umrini ot ustida, jangu-jadalda o'tkazgan bo'lsada, iqtisodiyot, madaniyat, hususan, me'morchilikka homiy yirik davlat rahbari sifatida xalqimiz xotirasida, tariximizda qoldi. Xozirgi paytda O'rta Osiyodagi xuI asrga mansub me'moriy obidalarining asosiy ko'pchiligi bu hukmdor davrida qurilgan bo'lib, manbalarning guvohlik berishicha ularning soni mingdan ortib ketadi.
Shayboniyxan hukmronligi davriga xulosa tarzini shuni aytish kerakki, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ijodiy siljishlar yuz berdi. So'nggi temuriy hukmdorlar davrida kichik-kichik mustaqil boshqariladigan viloyatlarga bo'linib ketgan Movarounnahr yana yagona davlatga birlashtirildi. Ilm-fanda, madaniyatda temuriylar davri an'analari davom ettirildi va yanada boyitildi. Shaharsozlik, me'morchilik, hunarmandchilikda katta yutuqlar qo'lga kiritildi, tashqi va ichki savdo yuksak rivojlandi. Bularning barchasi Shayboniylar hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega davrlardan biri ekanligini ko'rsatib turibdi. 6
Xulosa.
Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy va qizilboshlarning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi har tomonlama oʻsdi. Ubaydullaxon oʻz davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishgʻol etgan, qizilboshlarni bir necha marta magʻlubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda u mamlakat ichkarisidagi oʻzaro kurash va tarqoqlikka barham berdi. Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar yana kuchaydi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga koʻchirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton Ubaydullaxonning otasiga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan boʻldi.Ubaydulla Xon juda o’qimishli, mohirona Qur’on o’qigan va turkiy tilda sharhlar bergan, iste’dodli qo’shiqchi va sozanda edi. XVI asrning birinchi yarmida Maverannaxrda eng muhim saroy adabiy doirasining shakllanishi Ubaydullaxon nomi bilan bog’liq. Ubaydullaning o’zi Ubaydiy adabiy taxallusi bilan turkiy, fors va arab tillarida she’rlar yozgan. Uning she'rlari to’plami bizgacha etib kelgan. Ubaydullaxon "Sabrnoma", "Shavknoma" va "G’ayratnoma" singari didaktik she'rlarning muallifi edi. U turkiy tilda Qur’onga sharh yozgan. U Buxoroda miniatyurada o’ziga xos Buxoro uslubi yaratilgan birinchi haqiqiy kitobxonaning asoschisi hisoblanadi. Ubaydullaxon vorislari davrida ishlab chiqilgan va Buxoro maktabi deb nomlangan. Uning "Devon-i Ubaydi" (qo’lyozma Londonda, Britaniya muzeyida saqlanadi) she’riy t’oplami bor. Ubaydullaxon arab, fors va turkiy tillarda ijod qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |