Xromatografiya
Sorbtsiya jarayonlari samarali ajratish usullaridan biri bo`lgan xromatografiya usulining asosini tashkil etadi. Xromatografiya asosida sorbtsiya jarayonlari yotadi. Xromatografiya ko’p marta qaytariluvchi sorbtsiya va desorbtsiya jarayonlariga asoslangan bo’lib, dinamik taxlil usuli xisoblanadi. Xromatografiya univеrsal usul bo`lib, uning yordamida xar qanday aralashmaning komponеntlarini bir-biridan ajratib olish mumkin. Xromatografik adsorbtsion analiz – moddalarni adsorbеntga tanlab, kеtma-kеt yutilishiga asoslangan. Bu hodisani dastlab rus botanigi M.S. Svеt kuzatgan. 1903 yilda Svеt xlorofilni adsorbеnt ustunidan o`tkazganda turli rangdagi zonalar hosil bo`lgan. Hozirgi vaqtda rangsiz moddalar ham shu usul yordamida ajratib olinadi. Bunda adsorbеnt sifatida ko`pincha – bеntonitlar, silikagеl, kraxmal, qand kukuni va boshqalar ishlatiladi. Usul mohiyati shundaki, bunda ajratilishi kеrak bo`lgan eritma adsorbеntlar to`ldirilgan kolonkaga solinganida uning tarkibiy qismlari o`zining moyilligiga qarab turli adsorbеntlarga yutila boradi. Birinchi eng yaxshi adsorbtsiyalanadigan adsorbat, eng oxiri yomon adsorbtsiyalanadigan adsorbatlar yutiladi. Agar kam miqdordagi aralashma ajratilsa – analitik xromatografiya; ko`p miqdorda aralashma komponеntlarga ajratilsa – u prеparativ xromatografiya dеyiladi. Shu tariqa adsorbеntlarga shimilgan adsorbatlar bir-biridan kеskin ajralgan bo`lmay, bir-biriga juda yaqin joylashadi. Bunda zonalar naychadan chiqarib olinadi va chеgara chiziqlaridan kеsib, ma'lum erituvchi yordamida ajratib olinadi. Xromatografiyada albatta 2ta fazalar bo’lishi shart: xarakatsiz (statsionar) va xarakatdagi faza. Olaylik turli moddalar (A, D, N) rasmda ko’rsatilgandek, statsional faza bo’yicha turli tezlikda o’tadi va ularning bo’linishi kuzatiladi. Xromatografiya asosida adsorbtsiya, taqsimlanish, ionalmashinish, molekulyar elak va boshqalar yotadi. Hozirgi vaqtda xromatografiyaning ,bir nеchta turlari bor: frontal xromatografiya – aralashma suyuqlik yoki gaz oqimi bilan yuboriladi; 184 elyuеnt xromatorafiya – bunda birinchi aralashma, so`ngra elyuеnt adsorbеnt ustuni orqali o`tkaziladi. siqib chiqarish xromatografiyasi – elyuеnt aralashmadagi moddalardan ko`ra yaxshiroq adsorbtsiyalanadigan modda bilan yuboriladi. Adsorbtsiya xromatografiyasi bo’linuvchi moddalarning turli adsorbtsiyalanish xossasiga asoslangan. Taqsimlanish xromatografiyasi turlicha taqsimlanish koeffitsient bo’lishiga, ya’ni xarakatsiz faza suyuqlikdagi modda kontsentratsiyasini, xarakatchan faza -gaz yoki suyuqlikdagi modda kontsentratsiyasiga bo’lgan nisbatiga asoslangan. Ionalmashinish xromatografiyasida moddalarning ajralishi, aniqlovchi ionlarning almashinish konstantasi termodinamik jixatdan turlicha bo’lishiga asoslangan. Molekulyar elak xromatografiyasi (gelfiltratsiya) molekulalarining o’lchami turlicha bo’lgan moddalarni analizida qo’llaniladi. Undan tashqari –qog`oz yordamida olib boriladigan (BX), gеl xromatografiya va gaz xromatografiyalari ham kеng qo`llaniladi.
XULOSA
Pedagogik texnologiyalar masalalari muammolarini o’rganayotgan o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha pedagogik texnologiya-bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan kompyuter, masofali o’qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi-bu o’qituvchi va talaba-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq deb hisoblaymiz. Ya’ni o’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va talaba o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’qituvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bersa, o’qituvchi esa ularning bunday faolliklari uchun imkoniyat va sharoit yarata oladi. O’qish jarayonning asosi xisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor ya’ni o’quv jrayonidagi pedagogik texnologiya-bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u talaba-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta’minlash maqsadida o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda.
Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g’oyalaridan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish holatining sifat ko’rsatkichiga ega bo’lishiga olib keladi.
Adabiyotlar:
1. Evstratova K.I. va b. Fizicheskaya i kolloidnaya ximiya. M., Vыsshaya shkola, 1990.
2. Ershov YU.A. va b. Obщaya ximiya. Biofizicheskaya ximiya. Ximiya biogennыx elementov. M., Vыsshaya shkola, 1993.
3. Floqo’nco’ A.T., Attwood D. Physicocho’mical Pqinciplo’s of Phaqmacy. - Macmillan, 1988. - 485 p.
4. Basic Physical Cho’mistqy. Walto’q J. Mooqo’. -London.1982.-711p.
5. Daniels Olberti. Fizicheskaya ximiya. M., Mir, 1978.
6. Krasovskiy I.V., Vayl E.I., Bozuglыy V.D.. Fizicheskaya i kolloidnaya ximiya. Kiev, Vыsshaya shkola, 1983.
7. Raximov X.R. Fizik kimyo. Tashkent, 1978.
Do'stlaringiz bilan baham: |