MUNDARIJA Kirish I BOB.Sathni o'lchash va nazorat qilish 1.1.Sath haqida tushuncha
1.2.Sath o'lchagichlar ish rejimi bo'yicha tasnifi
1.3.Sathni o'lchash usullari va avtomatik boshqaruvi
II BOB.Buyekli sath o‘lchash vositalari 2.1.Buyekli sath o‘lchash usuli
2.2.Qalqovichli sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi
III BOB.O'lchash texnikasi 3.1.O’lchash texnikasidagi yangi va avtomatlashtirilgan tizimlar
3.2.O’lchash texnikasining hozirgi kundagi holati va rivojlanish istiqbollari
Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
KIRISH
Respublikamizda keyingi yillarda elektronika,avtomatika,asbobsozlik hamda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi uning iqtisodiy yuksalishi va xalq farovonligini oshishining asosiy faktorlaridan biri bo`lib qoldi.SHuning uchun ushbu sohalarni rivojlantirish O`zbekistonning davlat miqyosidagi ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lib,bu borada amalga oshirilishi lozim bo`lgan asosiy vazifalar belgilab berilgan.
Shuning uchun ushbu sohalarni rivojlantirishda ta`lim muassasalarida texnik fanlarning uzviyligi va uzluksizligi inobatga olgan holda mashgulotlarni tashkil etish muhim axamiyat kasb etadi.Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat`iy nazar, o`z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi, zamonaviy texnolgiyalarni kasbiy faoliyatida qo`llay olishi va axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko`nikmasiga ega bo`lishi zarur.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish mamlakatimizdagi sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, moddiy texnika bazasini yaratish hamda texnikani taraqqiy ettirishda asosiy yo‘nalish hisoblanadi.Avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqarishda qo‘llash mehnat unumdorligini oshirib,ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini,mehnat sharoitini yaxshilaydi.Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi.Zamonaviy texnika hamda o‘lchash,rostlash va boshqarish elementlari bilan jihozlangan texnologik tizimlarni ishlatish yuqori saviyali muhandislar zimmasiga yuklanadi.Ta'lim sistemasini tubdan o‘zgartirishni ko‘zda tutgan «Milliy dastur»ga ko‘ra mualliflar oldiga o‘quvchi-talabalar uchun fanlarning turli sohalari bo‘yicha zamon talabiga javob beradigan darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish vazifalari qo‘yilgan.Mazkur «Soxaning texnologik o’lchashlari va asoslari» fanidan tayyorlangan kurs ishi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘l-jallangan bo‘lib, undan ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan muhandislar,nazorat o‘lchov asboblari hamda avtomatlashtirish vosita-lariga xizmat ko‘rsatadigan kichik mutaxassislar qandardir bir kichik qo’llanma sifatida ham yordam ko’rsatishi mumkin.Har qanday texnologik jarayonda ma’lum bir yoki bir necha texnologik parametr ishtirok etib,ular jarayonning borishida hamda mahsulot sifatini o‘zgarishida asosiy o‘rin egallaydi. Bu parametrlarni esa nazorat o‘lchov asboblari yordamida nazorat qilinadi, rostlagichlar yordamida rostlanadi va ijrochi mexanizmlar yordamida boshqariladi. «Soxaning texnologik o’lchashlari va asoslari » fani bu asboblarning ishlashi,tuzilishi hamda turlarini o‘rganib,ularni ishlab chiqarishda qo‘llanish yo‘llarini o‘rgatadi.